O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o. Suyunov, D. Norboyeva, A. Shonazarov, O‘. Zubaydullayev



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə135/171
tarix22.09.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#147413
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   171
psixologiya -fayllar.org

Ballar yig’indisi toping.

100 – 150 ballar.


Siz o’z hayotingizning xo’jayinisiz. Sodir bo’layotgan sizga tegishli xar bir
voqyea uchun o’zingizda ma’suliyatni xis qilasiz: yelkangizga ko’p narsalarni
olasiz, qiyinchiliklarni bo’rtirmasdan, boricha qabo’l qilib yengib o’tasiz.
Hayotiy qiyinchiliklarni yechib bo’lmaydigan muammo deb bilmaysiz.
Qarshingizda biron muammo ko’rsangiz, darhol uni qanday yechish
mumkinligi haqida o’ylaymiz. Shu biln birga qalbingizda nimani his
qilayotganingizni bilasiz, ammo bu boshqalar uchun sir bo’lib qoladi.

50 – 99 ballar.


Siz o’z hayotingizni o’zingiz bajonidil boshqarasiz, lekin agar zarur
bo’lib qolsa «chambarak»ni ishonchli qo’llarga topshirishingiz mumkin.
Shaxsiy qiyinchiliklar sababini baholashda siz realistsiz. Yon beruvchanlik,
mulohazalik va sezgirlik doimo sizning hamrohingizdir. Sizga taaluqli
bo’lmagan shunday vaziyatlar bo’ladiki, siz ular uchun ma’suliyatni his
qilmaysiz, ammo shunga qaramay lozim bo’lib qolsa, siz ma’suliyatni o’z
yelkangizga ola olasiz. Siz buni qaysi vaqtda qilish kerakligini ham bilasiz. Siz
o’zingizga qarshi chiqmagan holda, boshqalar bilan kelishib yashashni bilasiz.
49 balgacha.
Siz ko’pincha hayot oqimiga qarshi suzmaysiz, tashqi kuchlarga
onsonlikcha bo’ysunasiz va o’zingizga: sharoit shunaqa, taqdir yoki shunga
o’xshash so’zlar bilan taskin berasiz. O’z muammolaringizda siz butun dunyoni
aybdor qilishingiz mumkin, faqat o’zingizni emas. Haqiqiy mustaqillik siz
uchun Hech qachon erishib bo’lmaydigan va mumkin bo’lmagan holatdek
ko’rinadi. Siz atrofdagilar qanday kishilar va sizga munosabatlari qanaqa
bo’lishidan qa’tiy nazar, ular bilan tinch va xotirjamdikda kelishib yashay
olasiz.

Murakkab hayotiy vaziyatlardan chiqish usulini aniqlash testi.
Kishilar murakkab vaziyatlardan turlicha chiqib ketadilar. Kimlardir
muammo bilan kelishib, shunga moslashib, muammoni hal qilmay



188
tinchlanishga harakat qiladi. Ba’zilar esa taqdirdan nolib, emosional jazavaga


tushib va so’ngra Hech qanday yechimni topmay tinchlanadi. Uchinchi xil
kishilar o’z qobig’iga o’ralib olib, muammoni «ko’rmaslikka» harakat qilishadi.
To’rtinchi xildagi kishilar yana bir boshqacha yo’l to’tishadi. Ushbu
so’rovnoma kishida hayotiy muammolarni yechishning qaysi usuli dominantlik
qilishini belgilab beradi. Savollar bilan tanishib chiqib. o’zingizga ma’qul
bo’lgan javob variantini tanlang.
1. O’z muammo va ko’ngilsizliklaringiz haqida boshqalarga aytasizmi:
a) yuq, buning Hech qanday yordami tegmasligini bilaman;
b) ha, agar buning uchun mos keladigan suhbatdosh bo’lsa;
v) ba’zida, chunki bo’lgan voqyea haqida yana o’ylash boshqalarga aytishdan
ham o’zimga qiyinroq.
2. Ko’ngilsizliklarni qanchalik kuchli boshdan o’tkazasiz:
a) doimo juda qiyin;
b) bu vaziyatga bog’liq;
v) sabr qilishga harakat qilaman, chunki har qanday ko’ngilsizlikning ham
oxiri borligiga shubha qilmayman.
3. Agar siz spirtli ichimliklar iste’mol qilmasangiz bu savolni qoldirib,
keyingisiga o’ting. Agar iste’mol kilsangiz, sababini ayting:
a) o’z muammolarimni «cho’ktirish» uchun;
b) muammolardan chalg’ish uchun;
v) shunchaki, menga goh-gohida xursandchilik qilish va o’zimni erkin his
qilish yoqadi.
4. Agar sizni kimdir qattiq «yaralasa» nima qilasiz:
a) o’zingizni tinchlantirishga harakat qilasiz va anchadan beri o’zingiz uchun
taqiqlab kelgan ishni qilasiz;
b) do’stlaringiznikiga mehmonga borasiz;
v) o’zingizga achinib uyda o’tirasiz.
5. Agar yaqin kishingiz sizni hafa qilsa, siz:
a) o’z qobig’ingizga o’ralib olasiz va Hech kim bilan gaplashmaysiz;
b) undan tushuntirish talab qilasiz;
v) sizni eshitadigan kishi bo’lsa, barchasiga bu haqda gapirib berasiz.
6. Baxt onlari siz:
a) o’tib ketgan baxtsizlik haqida o’ylamaysiz;
b) bu onlar juda tez o’tib ketishidan qo’rqasiz;
v) hayotda ko’ngilsizliklar ko’p ekanligini unutmaysiz.
Psixiatrlar haqida nima deb uylaysiz:
a) siz ularning bemori bo’lib qolishni xohlamagan Bulardingiz;
b) ko’p insonlarga ular real yordam ko’rsata oladi;
v) inson o’ziga psixiatrsiz ham yordam ko’rsata olishi kerak.
8. Taqdir sizning fikringizcha:
a) sizni kuzatib yuribdi;
b) sizga nohaklik qilyapti;
v) sizga kulib boqadi.



189
9. Umr yo’ldoshingiz yoki sevimli kishingiz bilan janjaldan so’ng , jahlingiz


bosilgandan keyin nimalar haqida o’ylaysiz:
a) o’tmiщda u bilan o’tgan yoqimli vaziyatlar haqida o’ylaysiz;
b) undan yashirincha o’ch olish haqida o’ylaysiz;
v) undan qancha ko’rguliklar ko’rganingiz haqida o’ylaysiz.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin