52
yaxshi natija beradi. Tovushli ishoraning ustunligi shundaki, uni
haydovchi ko‘rish informatsiyasidan ajralmagan holda, ya’ni boshqa
tomonga burmasdan qabul qilishi mumkin. Tovushli informatsiyani
shakllantirishda, shovqin uning qabul qilish imkoniyatini pasaytiri-
shini hisobga olish zarur. Shovqin darajasidan tovush darajasi o‘rta-
cha 20 dB va absolut chegaradan 40
–
60 dB yuqori bo‘lishi kerak.
Taktik informativlik – bosim, tebranish kabi holatlar ta’sirida
teri yuzasida sezishning shakllanish xususiyati. Transport vositasini
boshqa
rishda bunday xususiyatlar boshqarish organlari orqali
beriladi. Boshqarish organlari informatsiya
ni doimiy ravishda
(rul chamba ragi) yoki vaqt-vaqti bilan (tormoz tepkisi, burilish
ko‘rsatkichini ulash dastasi) beradi.
Boshqarish organlarining vazifasidan qat’i nazar, ularning kabi-
nada joylashuvi quyidagi prinsiplarga asosan amalga oshirilishi kerak:
harakatni tejash, ya’ni harakatlar soni va masofasi imkoni boricha ka-
mroq; harakatning oddiyligi; harakatning tugashi keyingi harakatni
boshlashga qulay bo‘lishi; oyoq va qo‘llar orasida yuklarning optimal
taqsimlanishi; bosh qarish organlarining joylashuvi oyoq va qo‘llar ha-
rakatlanishi zonasida bo‘lishi. Ikkinchi darajali boshqarish organlari-
ning o‘rnatilishi, yo‘l qo‘yiladigan uzoqlikda bo‘lishi; harakatning ste-
reotipligini ta’minlanish va tasodifan ulanishning imkoni bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: