O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   86
True

4.17. Xavfsizlik tasmasi
Yo‘l-transport hodisasi natijasida ishtirok etgan transport vositasi 
shikastlanadi, haydovchi va yo‘lovchilar esa xavfsizlik tasmasini 
qo‘llamaganda sezilarli tan jarohati oladi, ayrim hollarda, hayotdan 
ko‘z yumadi. Soatiga 50
 – 
80 
km
tezlik bilan harakatlanayotgan 
avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchrasa, to‘qnashuv jarayoni 
0,1
 – 
0,15 s davomida sodir bo‘ladi.
Mutaxassislarning fikricha, yo‘l-transport hodisasi va avtomobil 
tezligi orasidagi bog‘lanish aniqlangan. Agar avtomobilning 
tezligi soatiga 65 km bo‘lganda, insonning o‘lish xavflilik 
darajasini 1,0 deb qabul qilinsa, tezlik soatiga 80 km bo‘lganda 
u – 1,5; 96 km bo‘lganda – 2,5; 112 km bo‘lganda – 6,0 va 128 km 
bo‘lganda
– 
20,0 ga teng. Odamlarning o‘lish ehtimoli tezlik 
soatiga 80 km dan 128 km ga yetganda keskin oshadi.
Avtomobillar to‘qnashganda, to‘siqqa urilganda, ag‘darilib 
ketganda, haydovchi va yo‘lovchilar rul chambaragi, priborlar 
paneli, peshoynalarga urilib, xavfsizlik tasmasini qo‘llamaganla-
rining har ikkisidan birida jarohatlanadi, qo‘llaganlarining 
esa har beshtasidan to‘rttasi omon qoladi. Masalan, Yaponiya 
mutaxassislarining fikricha, har 100 falokatga uchragan odamning 
76 tasining hayotini xavfsizlik tasmasi asrab qoladi.
Amerika olimlarining fikricha, xavfsizlik tasmasi to‘qnashuv-
larda 77 foiz, ag‘darilish larda 91 foiz inson hayotini saqlab qolishga 
imkon beradi.
Xavfsizlik tasmasini qo‘llash qonunga kiritilgandan keyin 
Shvetsariyada yo‘l-transport hodisalaridan og‘ir tan jarohati olish 5 
baravarga, yengil jarohat olish esa 3 baravariga kamaygan.


56
V. AVTOMOBILNI CHORRAHALARDA VA PIYODALAR 
O‘TISH JOYIDA BOSHQARISH

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin