60
35-rasm
. «T» simon chorrahada
haydovchi ko‘ra oladigan chegara.
36-rasm.
Chorrahadagi
avtomobillarni
boshqa avtomobillar uchun ko‘rinish
chegarasining cheklab qo‘yilishi.
37-rasm
. Chorrahadagi
ko‘rinish masofasini aniqlash
sxemasi:
L
a
– asosiy yo‘ldagi ko‘rinish
masofasi; L
ik
– ikkinchi darajali
yo‘ldagi ko‘rinish masofasi.
Agar svetofor kunning ma’lum bir davrida o‘chirib qo‘yilib,
faqat sariq chirog‘i lipillab (yonib-o‘chib)
tursa yoki harakatni
tartibga soluvchi tomonidan boshqarib turilsa, chorrahada
harakatlanish vaqtincha tartibga solingan deb ataladi.
Tartibga solingan chorrahalarda (svetofor yoki tartibga soluvchi
tomonidan) harakatlanish tartibga solinmagan chorrahalarga
qaraganda yengil bo‘ladi. Bunday chorrahalarda haydovchidan yo‘l
harakatlari qoidalariga to‘liq amal qilish talab etiladi, xolos.
Haydovchilar yo‘l harakati qoidalarida svetoforning chiroqlariga
mos ravishda qanday harakat qilishlari har
tomonlama aniq va
tushunarli bayon qilingan.
Yo‘l harakati qoidalari va boshqa me’yoriy hujjatlarga asosan
piyodalarning o‘tish joyi asosan chorrahalarda rejalashtirilgan
bo‘ladi. Ikki chorraha orasidagi masofa (peregon) katta
bo‘lgandagina piyodalarning o‘tish joyi chorrahalar oralig‘ida ham
qurilishi mumkin.