O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   86
True

4.15. Gidrosirpanish
Avtomobillar burilishlarda harakatlanganida qatnov qismida 
5
 – 

mm 
qalinlikda suv bo‘lsa, avtomobil harakatlanish 
trayektoriyasidan chiqib, boshqarilmaydigan bo‘lishi mumkin. 
Harakatlanish tezligi oshganda suvning g‘ildirak ostidan siqib 
chiqarishga qarshiligi oshadi. Suv yetaklovchi g‘ildirak oldiga 
to‘lqin shaklida to‘planib, uni yo‘l qoplamasi sathidan ko‘tarishga 
intiladi. Kritik tezlikda harakat 
langanda suvni siqib chiqarish 
qarshiligi shinaning vertikal yuklani 
shiga teng bo‘ladi va u 
yo‘l qoplamasida uzilib, suv chang‘isi kabi suzadi. Bu vaqtda 
orqa g‘ildirak suvni to‘la siqib chiqaradi va yo‘l qoplamasidan 
harakatlanadi. Bu holatda, avtomobil boshqaril maydigan bo‘ladi. 
Ishchi tormoz tizimining effektivligi 2 baravar ga kamayadi, tormoz 
yo‘li esa 1,5 baravarga oshadi, shuning uchun gidrosirpanish deb 
qattiq silliq yo‘l qoplamasidan oldingi yetaklov chi g‘ildirakning 
yupqa suv qatlamida sirpanishiga aytiladi.
Avtomobilning boshqariluvchanligi tezlik kamayganda tiklanadi. 
Hozirgi zamon yengil avtomobillarida bu holatning tezligi soatiga 
65 dan 85 km gacha bo‘lganda kuzatiladi. Yuk avtomobillari, egarli 
tyagach, avtobuslarda gidrosirpanish vujudga kelmaydi. Gidrosir-
panish shuning uchun xavfliki, u cheklangan past tezlikda harakat-
langanda va avtomobil harakat yo‘nalishini o‘zgartirganda vujudga 
keladi. Yo‘l qoplamasi g‘adir-budur bo‘lganda vujudga kelmaydi.
4.16. Transport vositasida shovqin
Avtomobil, traktor, mototsikllardan chiqadigan shovqin 
asabni taranglaydi, ish unumdorligini pasaytiradi, kasalliklarni 
keltirib chiqaradi, dam olishga to‘sqinlik qiladi, ko‘rish faoliyatini 
yomonlashtiradi, e’tiborni susaytiradi. Bu holatlarning harakatlanish 
xavfsizligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasi bor.
Avtotransport vositalarida shovqinning asosiy manbayi dvigatel 
va u ishlab chiqaradigan gazlar. Ammo umumiy shovqinni hosil 


55
qilishda g‘ildiraklarning ishi, dvigatel, mexanizm va tizimlari
transmissiya, yuk, avtomobildagi yuk va boshqalar qatnashadi.
Alohida bir avtomobilning ishlab chiqaradigan shovqini 7,5 
m masofada 88 DB dan oshmasligi kerak. Davlat standarti yo‘l 
qo‘yadigan shovqin darajasi, transport vositasi elementlarini 
loyihalashda o‘z yechimini topadi. Ammo undan foydalanish 
jarayonida texnik holatning o‘zgarishi natijasida shovqin miqdori 
me’yoridan oshib ketishi mumkin, bunday paytlarda avtomobilga 
texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash zarur.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin