46
o‘qning yonga surilishi oshib boradi. Yuk avtomobili tirkama yoki
yarim tirkama bilan ishlatilganda, turumlangan shinalar, birinchi
navbatda, tirkamaga o‘rnatilishi kerak.
Hozirgi zamon pnevmatik shinalarga sirpanishning oldini olish
uchun turum o‘rnatiladi. U korpus va o‘zakdan iborat. Korpus po‘lat
va qo‘rg‘oshin qorishmasidan tayyorlanadi, korroziyaga chidamli
bo‘lishi uchun oksidlanadi. Ayrim hollarda plastmassadan yasalishi
mumkin. O‘zak qattiq qotishmadan aylanishga chidamli qilib yasaladi.
Turumning diametri yengil avtomobillar shinalarida 8
–
9 mm, yuk
avtomobillarining yuk ko‘tarish qobiliyatiga qarab 15 mm gacha
bo‘lishi mumkin. Uzunligi protektor qalinligiga qarab 10 – 30 mm.
Yo‘l bilan kontaktda bo‘lgan shina qismida 8 – 12 dona turum bo‘lishi
kerak. Turumning chiqib turgan qismi yengil avtomobillarda 1 – 1,5
mm, yuk avtomobillarida 3 – 5 mm bo‘lsa, yaxshi foyda beradi.
Dostları ilə paylaş: