O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   86
True

4.8. Yo‘lning normal reaksiyalari
Gorizontal yo‘lda turgan avtomobilning g‘ildiraklariga ta’sir 
etuvchi normal reaksiyalarni aniqlaymiz. Avtomobil og‘irligining 
vektori og‘irlik markazidan o‘tadi. Undagi ko‘p 
riklarning 
o‘qlarigacha bo‘lgan masofa 
l
1
, l

bilan belgilanadi. G‘ildiraklarga 
ta’sir etuvchi, 
R
z
1
,
 
R
z
2
normal reaksiyalar mos ravishda orqa va 
oldingi ko‘priklardagi avtomobil og‘irligining tashkil etuvchilari 
G
1
,
 
G
2
larga teng bo‘ladi.

z 1

z 2
l
2
l
1
L G
29-rasm.
Harakatsiz avtomobilga ta’sir etuvchi kuchlar.

– avtomobil og‘irligi;
 R
z1
,
 
R
z2
 – 
orqa va oldingi ko‘priklar g‘ildiraklariga ta’sir etuvchi normal 
reaksiyalar; 
L
– avtomobilning bazasi;
 l
1
, l
2
– orqa va oldingi ko‘priklarning o‘qlaridan og‘irlik 
markazigacha bo‘lgan masofalar.


41
4.9. Avtomobilning tormozlash xususiyati
Avtomobilning tormozlash xususiyatlari deganda, haydovchi 
xohishi bilan avtomobilning harakatlanish tezligini pasaytirish 
zarur bo‘lganda tezda to‘xtatish va nishablik joylarida to‘xtatib 
turish xususiyatiga aytiladi. Tormozlash xususiyatlari bir necha 
tormoz tizimlari bilan ta’minlanadi.
Ishchi tormoz tizimi avtomobilning harakatlanish vaqtida 
doimiy foydalanish uchun mo‘ljallangan, uning yordamida haydov-
chi avtomobil tezligini u yoki bu darajada sekinlatishi yoki to‘xta ti-
shi mumkin. Barcha turdagi avtomobil va mototsikl lar ishchi tormoz 
tizimi bilan jihozlanadi. Ishchi tormoz tizimining boshqa rish organi, 
odatda, tormoz pedali hisoblanadi. Nogironlarga mo‘ljallan 
gan 
avtomobillarda pedal dasta bilan almashtirilishi mumkin.
Ehtiyot tormoz tizimi, ishchi tormoz tizimi ishdan chiqqanda 
avtomobilni sekinlatish va to‘xtatish uchun mo‘ljallangan. KamAZ 
avtomobillaridagi ehtiyot tormoz tizimi to‘xtab turish tormozi bilan 
konstruktiv birlashtirilgan.
Yordamchi tormoz tizimi uzoq muddatga kichik tormoz kuchi 
hosil qilish uchun mo‘ljallangan. Bunday tormoz tizimi bilan 
shaharlararo yo‘nalishda qatnashga mo‘ljallangan ba’zi bir yuk 
avtomobillari va avtobuslar jihozlanadi.
Yordamchi tormoz tizimining ish prinsipi, u ulanganda dviga-
telda yonilg‘i uzatish to‘xtatiladi va gazlarni chiqarish quvurlarida 
to‘sgich (zaslonka) yopilib, tirsakli valning aylanishiga to‘sqinlikni 
vujudga keltirishga asoslangan. Shunday qilib, bunday holatda 
dviga tel bilan tormozlash bo‘ladi. Odatda, yordam chi tormoz tizimi-
dan surunkali nishabliklarda, ishchi tormoz mexaniz mining qizishi 
va yeyilishining oldini olish uchun foydalaniladi. Yordamchi tormoz 
tizimi avtomobilni to‘satdan to‘xtatish imkonini bermaydi.
To‘xtab turish tormoz tizimi to‘xtab turgan avtomobilning o‘z-
o‘zidan yurib ketishi oldini olishga mo‘ljallangan. Odatda, bu tizim 
ishchi tormoz mexanizmlariga ta’sir qiladi va mexanikaviy po‘lat 
arqon yuritmali yoki prujinali energoakkumulatorli bo‘ladi. To‘xtab 
turish tormoz tizimi bilan barcha avtomobillar jihozlanadi. Oxirgi 
paytlarda yon aravachali mototsikllar ham to‘xtab turish tormozi 
bilan jihozlanmoqda.


42
Ayrim hollarda avtomobilni to‘xtab turish joylarida to‘xtatganda, 
to‘xtab turish tormozi o‘rniga past uzatmalardan biri ulab qo‘yiladi. 
Bu – yo‘llarda harakatlanish qoidalariga ziddir. Istisno tariqasida, 
boshqa iloj qolmaganda karburatorli avtomobillarda bu usulni qo‘l-
lash mumkin, chunki o‘t oldirish tizimi o‘chirib qo‘yilganda, biror 
sababga ko‘ra, harakatga kelgan avtomobil dvigateli o‘t olmay di. 
Dizel dvigatelli avtomobillarda bunday usulni qo‘llash qat’iyan man 
etiladi. Bundan tashqari, to‘xtab turish tormozi bilan birga uzatmani 
ulab qo‘yish dizel dvigatelli avtomobillarda qat’iy taqiqlangan.
Tormozning ikki turi mavjud: xizmat yuzasidan va tasodifan 
(favqulodda).
Xizmat yuzasidan tormozlash deb, avtomobilning tezligini pasay-
tirish yoki haydovchi oldindan ko‘zlagan joyda to‘xtatishiga aytiladi.
Tasodifan tormozlash deb, kutilmaganda qatnov qismida paydo 
bo‘lgan yoki kech aniqlangan to‘siqni bosmaslik uchun yuqori 
intensivlik bilan tormozlashga aytiladi.
Tormozlash xususiyatlari bir necha ko‘rsatkichlar bilan 
baholanadi. Bulardan asosiysi: eng katta sekinlashuv va to‘xtash 
yo‘li hisoblanadi.
Tormoz yo‘lining qiymati, ayrim hollarda eng katta sekinlashuv 
qiymati, avtomobilning texnik tavsifnomasida ko‘rsatiladi.
Tormoz xususiyatining ko‘rsatkichlari, ularni aniqlash sharoitiga 
bog‘liq bo‘ladi. Masalan, sirpanchiq yo‘lda, quruq asfaltga 
qaraganda avtomobilning tormoz yo‘li ko‘p bo‘ladi. Shuning 
uchun avtomobilning texnik tavsifnomasida u yoki bu tormoz 
xususiyati ko‘rsatkichini ko‘rsatganda, odatda, uni aniqlagan 
sharoit ko‘rsatiladi. Avtomobilning tormoz yo‘li, uning yonilg‘i to‘la 
quyilgan, birga yo‘lovchisi bo‘lganda qattiq qoplamali gorizontal 
yo‘lda soatiga 60 yoki 40 km boshlang‘ich tezlikda aniqlanadi. 
Avtomobilning tormozlashda sekinlashuvini aniqlash uchun maxsus 
pribor-desslerometr qo‘llaniladi.
Tormoz yo‘li deb, avtomobilni tormozlashni boshlagandan to u 
to‘la to‘xtaguncha bosib o‘tgan masofaga aytiladi.
To‘xtash yo‘li deb, to‘siqni ko‘rgandan to avtomobil to‘xta-
guncha, avtomobil bosib o‘tgan yo‘lga aytiladi.
Tasodifan tormozlash jarayonini ko‘rib chiqamiz.


43

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin