Avtomobil yo‘llarining temir yo‘llari va boshqa aloqa yo‘llari bilan kesishishi Temir yo‘llarida sodir etiladigan YTHning 20
–
40
% ini
temir yo‘l kesishmalarida avtomobillar bilan to‘qnashuv tashkil
etadi. Shu bilan bir paytda temir yo‘l kesishmalarida 25 – 30 %
YTH poyezdlar ning ishtirokisiz sodir etiladi va ular temir yo‘l
kesishmalariga yaqinlashganda avtomobillarning harakat tartibining
(режим движения) o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
QMQ 2.05.02-95 ga asosan avtomobil yo‘llarining temir yo‘llar
bilan kesishishini asosan bekatlar va harakat manyovri chegarasidan
tashqarida, ko‘pincha yo‘llarning to‘g‘ri qismlarida loyihalash kerak.
Bir sathda kesishuvchi yo‘llar orasidagi o‘tkir burchaklar 60° dan
kam bo‘lmasligi kerak.
I – III darajali avtomobil yo‘llarining temir yo‘llar bilan kesishi-
shini turli sathlarda loyihalash lozim. IV – V darajali avtomobil
yo‘llarining temir yo‘llar bilan turli sath da kesishishini, harakat
xavfsizligini ta’minlash sharoitidan kelib chiqqan holda loyihalash
shartlari QMQ 2.05.02-95 da belgilab berilgan.
Avtomobil yo‘llarining temir yo‘llar bilan bir sathda qo‘riqlan-
maydigan kesishmalarda ko‘rinishi ta’minlangan bo‘lishi kerak,
bunda kesib o‘tish joyida to‘xtash uchun ko‘rinish masofasidan
kam bo‘lmagan masofada turgan avtomobil haydovchisi o‘tish
joyiga yaqinlashib kelayotgan poyezdni kamida 400
m masofadan,
yaqinlashayotgan poyezd haydovchisi esa o‘tish joyi o‘rtasini
kamida 1000
m masofadan ko‘ra olsin.
Avtombil yo‘llari quvurli o‘tkazgichlar (suv o‘tkazgich, gaz
o‘tkazgich, kanalizatsiya, neft o‘tkazgich va boshqalar), aloqa va
elektr o‘tkazgich kabellari bilan kesishganida ularni tegishli sohaga
taalluqli me’yoriy hujjatlar talablariga asosan loyihalash lozim.
Avtomobil yo‘llari havodan o‘tgan telefon va telegraf tarmoqlari
bilan kesishgan joyda, ularning simlaridan yo‘l qatnov qismigacha
bo‘lgan tik masofa (yilning iliq vaqtida) kamida 5,5
m bo‘lishi kerak.
Elektr uzatish tarmoqlari bilan kesishganda, simlarning baland-
ligi yo‘lning qatnov qismidan kamida quyidagicha bo‘lishi lozim:
– 6,0
m – kuchlanish 1
kV gacha bo‘lganda;
– 7,0
m – kuchlanish 110
kV gacha bo‘lganda;
– 8,0
m – kuchlanish 220
kV gacha bo‘lganda;
142
– 8,5
m – kuchlanish 330
kV gacha bo‘lganda;
– 9,5
m – kuchlanish 500
kV gacha bo‘lganda;
– 16,0
m – kuchlanish 750
kV gacha bo‘lganda.