Ko‘rinish masofasining harakat xavfsizligiga ta’siri
Ko‘rinish masofasi harakat xavfsizligiga va tezligiga ta’sir
etuvchi eng asosiy omillardan biri sanaladi.
Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, eng ko‘p YTH reja dagi
va bo‘ylama kesimdagi egriliklarda quvib o‘tish manyovri jarayo-
nida sodir etilar ekan. Tahlillardan yana shu narsa aniqlangan ki,
ko‘rinish masofasi kichik bo‘lgan yo‘l qismlarining qaytarilish soni,
ya’ni yo‘lning ma’lum bir qismida qancha ko‘p ko‘rish masofasi
cheklangan joylar qaytarilsa, shuncha kam YTH sodir etilar ekan.
Ko‘rinish masofasi cheklangan joylar harakat tezligiga ham ta’sir
etadi. Bunday joylarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida haydovchi
tezlikni kamaytiradi, natijada transport oqimining tezligi ham
kamayadi.
Tadqiqotlar yana shuni ko‘rsatadiki, rejadagi ko‘rish masofasi-
dan ko‘ra, bo‘ylama kesimdagi ko‘rish masofasi ko‘proq YTH sodir
bo‘lishiga ta’sir etar ekan.
QMQ 2.05.02-95 ga ko‘ra, hisobiy tezlikdan kelib chiqqan holda,
ko‘rish masofalari 12-jadvalda keltirilgan me’yor talablariga javob
berishi kerak.
12-jadval
Hisobiy tezlik
Eng kichik ko‘rish masofasi,
m
to‘xtash uchun
qarama-qarshi avtomobil
150
300
–
120
250
450
100
200
350
80
150
250
60
85
170
50
75
130
40
55
110
30
45
90
139
Yo‘llarning kesishishi, qo‘shilishi va ularning harakat
xavfsizligiga ta’siri
Statistika ma’lumotlari shuni ko‘rsatdiki, 27 % gacha YTH
yo‘llarning kesishish va qo‘shilish joylarida sodir etilar ekan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘llar-
ning kesishish va qo‘shilish joylarida 10 % dan 40 % gacha YTH
sodir etilar ekan.
Avtomobil yo‘llari bir-biri bilan bir sathda yoki bir necha sathda
kesishishi yoki qo‘shilishi mumkin.
Asosiy yo‘ldagi harakat jadalligi, avt/kun
< 1600 1600 – 3500 3500 – 5000 5000 – 7000
Hodisalarning nisbiy miqdori
1,0
1,7
2,5
3,2
Bir sathda yo‘llarning kesishishing yoki qo‘shilishi yo‘l harakati
qoidalarida «Chorraha» deb ataladi.
Yo‘llarning kesishish va qo‘shilish joylarida transport oqimining
harakat tartibi (режим движения) boshqa haydovchilarning xatti-
hara katlari noma’lum bo‘lgani uchun to‘g‘ri yo‘nalishda harakatla-
nayotgan avtomobillar uchun ham o‘zgaradi.
Tadqiqotlar yana shuni ko‘rsatadiki, agar asosiy yo‘lda harakatla-
nayotgan transport vositalari soni ikkinchi darajali yo‘ldagi dan ancha
katta bo‘lsa, YTH ham shuncha ko‘p sodir etilishi mumkin:
YTHning ortib borishini harakat jadalligining ortishi, kesishish
va qo‘shilishlarning noto‘g‘ri joylashuvi va jihozlanishi, haydovchi-
larning intizomsizligi bilan ham tushuntirish mumkin.
Bir sathda kesishgan yo‘llarda chorrahaga yaqinlashib kelayot-
gan avtomobillarning ko‘rinish masofasi harakat xavfsizli
giga
juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun chorrahalarda asosiy va
ikkinchi darajali yo‘llarda harakatlanayotgan avtomobillar uchun
zarur ko‘rinish masofasi ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Chorrahadagi jami harakat jadalligi, avt/kun
100 3000 5000
Eng kichik ko‘rish masofasi,
m
:
asosiy yo‘lda, L
as
ikkinchi darajali yo‘lda, L
ik
140
75
150
75
175
100
Chorrahalarda harakat xavfsizligini ta’minlashda eng yuqori
samara beradi gan usullardan biri, bu – yo‘naltiruvchi yo‘l chiziqlari
va qurilmalardan foydalanish, aylanma harakatni hamda har xil
sathlarda yo‘llarning kesishishi va qo‘shilishini tashkil etish hisob-
140
lanadi. Angliya transport va yo‘l tadqiqot laboratoriyasining
tadqiqotla riga ko‘ra, aylanma harakat tashkil etilganda ichki halqa-
ning diametri 30
m
qilib olinsa, YTHning soni 70 % gacha kamayar
ekan.
QMQ 2.05.02-95 ga asosan yo‘llarning bir sathda kesishishi yoki
qo‘shi lishini to‘g‘ri to‘rtburchak yoki unga yaqin burchak ostida
bajarish tavsiya etiladi.
Bir sathda kesishayotgan va qo‘shilayotgan yo‘llarning tutashma-
laridagi egrilikning eng kichik radiusi, kesishish va qo‘shilish
burchagiga bog‘lanmagan holda, yo‘l darajasiga qarab quyidagicha
qabul qilinadi:
I – II darajali yo‘llardan tushishda kamida – 25
m
, III dara
jali
yo‘llardan tushishda – 20
m
va IV – V darajali yo‘llardan tushishda – 15.
Avtopoyezdlarning (oqim tarkibida 25
% dan ortiq bo‘lsa)
muntazam harakat hisoblangan tushish yo‘llarida egrilik radiu sini
30
m
ga oshirish kerak.
Avtomobil yo‘llarining turli sathda kesishishi va qo‘shilishini
(transport harakati yechimida) asosan quyidagi holatlarda qabul
qilish zarur (QMQ 2.05.02-95):
I a darajali yo‘llarda – barcha darajali yo‘llar bilan; I b va II a
darajali yo‘llarda; II a va III a darajali yo‘llar bilan;
III a darajali yo‘llarning o‘zaro kesishish joylarida kelajakdagi
jami harakat miqdori (ikkala kesishuvchi yoki qo‘shiluvchi
yo‘llarda) 8000 keltirilgan avt/sut. dan oshsa.
Dala yo‘llari va chorva haydab o‘tiladigan yo‘llar I – III darajali
yo‘llar bilan kesishishganda, yaqin joylashgan sun’iy inshootlar
tagiga burib, ularni mos ravishda jihozlash kerak.
Yo‘lning 2
km
dan ortiq uzunlikdagi qismida, bunday inshootlar
bo‘lmagan taqdirda, zarurat tug‘ilganda, ularni ko‘rishni ko‘zda
tutish lozim.
Turli sathlardagi kesishish va qo‘shilishlardagi chapga buri-
lib tushish yo‘llarining butun uzunligida qatnov kengligini
5,5
m
, o‘ngga burilib, tushish yo‘llarida esa egrida qo‘shimcha
kengaytirishsiz 5,0
m
. qabul qilish lozim.
Burilishda ichki tomondagi yo‘l chetining kengligi kamida –
1,5
m
, tashqi tomondagisi – 3,0
m
bo‘lishi kerak.
|