151
harakatlanuvchi tarkibning harakat
grafigini ishlab chiqish va
shunga o‘xshagan ko‘pgina masalalarni yechishi kerak bo‘ladi.
Tasarruf xizmatining harakat xavfsizligi bo‘yicha eng asosiy
funksional vazifalariga quyidagilar kiradi:
– haydovchilar ishlaydigan yo‘llarning
sharoitini, shu jumladan,
avtobus bekatlarini va yuk ortish-tushirish joylarining holatini
ko‘zdan kechirish;
– haydovchilar tomonidan yo‘l sharoitidagi va harakatni tashkil
etishdagi kamchiliklarning hisobini olib
borish va ular haqida ATX
rahbariyatini o‘z vaqtida ogohlantirish;
– haydovchilarning ish soatlari hisobini olib borish va ortiqcha
soat ishlab Mehnat kodeksi buzilishining oldini olish;
– haydovchilarning ishlashi, dam olishini va joyini tashkil etish;
– yo‘l varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilishini,
ularni qabul qilish
chog‘ida yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan biron-bir belgi
qo‘yilgan yoki qo‘yilmaganligini tekshirish;
– xavfli uchastkalar ko‘rsatilgan yo‘nalish pasportini tuzish;
– yo‘nalishlarda harakat tezliklarini me’yorlash;
– har bir yo‘nalish uchun avtobuslar sonini yo‘lovchilar
oqimi va
uning o‘zgarishini hisobga olgan holda aniqlash;
– katta o‘lchamli va xavfli yuklarni yo‘l harakati qoidalari
va ularni tashish uchun ishlab chiqilgan me’yoriy
hujjat talablari
asosida tashishni tashkil etish;
– transport vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanishning
oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish;
– yangi ishga qabul qilingan haydovchilarning amaliyot o‘tashini
tashkil etish;
–
xalqaro yo‘nalishlarda qatnaydigan
transport vositalarida
haydovchilarning qaysi joyda o‘rin almashtirishlarini belgilash;
Bu vazifalardan tashqari, tasarruf xizmati yo‘lovchilarni tashish
bo‘yicha xo‘jalikda bir yilda ikki marta (bahorda va kuzda) barcha
yo‘nalishlardagi yo‘l sharoitini tekshirib chiqadi.
Agar yangi
yo‘nalish ochiladigan bo‘lsa, bu yo‘nalishlarda ham avval yo‘l
sharoitini tekshirib chiqiladi.