153
– juda og‘ir oqibatlar bilan tugagan (ATX haydovchilari ishtirok
etmagan bo‘lsa ham) yo‘l-transport hodisalari haqida ATXning
barcha jamoasi e’tiboriga yetkazish;
– yo‘l-transport hodisalarining xizmat ekspertizasini o‘tkazishda
qatnashish;
– ATX jamoasi orasida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari
va yo‘l harakati qoidalarining haydovchilar tomonidan buzilishini
muhokama qilishni tashkil etish;
– haydovchilarning reys oldi va reysdan keyin tibbiy ko‘rikdan
o‘tishlarini nazorat qilish;
–
tasarruf xizmati bo‘limi haydovchilariga yo‘riqnoma
berishlarini nazorat qilish;
– yo‘riqchi va murabbiy haydovchilarning ishini nazorat qilish;
– ATX xodimlarining yo‘l harakat qoidalari bo‘yicha mash-
g‘ulot larini tashkil etish;
– harakat xavfsizligi xonasini jihozlash va ishini tashkil etish;
–
haydovchilarning yo‘lda ishlashini va harakatlanuvchi
tarkibdan foydalanishini nazorat qilish;
– haydovchilarning malakasini oshirish bo‘yicha attestatsiya
komissiyasining ishida ishtirok etish;
– yo‘nalishlardagi yo‘llarni tekshirish komissiyalarining ishida
qatnashish;
– avariyasiz ishlaydigan haydovchilarning ish tajribasini targ‘i-
bot qilish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: