O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


Haydovchilarning amaliyotda sinovdan o‘tishini tashkil etish



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/86
tarix19.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#186535
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86
True

Haydovchilarning amaliyotda sinovdan o‘tishini tashkil etish
ATXda yangi ishga qabul qilingan yoki uzoq vaqt o‘z kasbi 
bo‘yicha ishlamagan haydovchilarning amaliyot o‘tashlari uchun 
barcha sharoitlar yaratib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
«D» kategoriya bo‘yicha tayyorlangan avtobus haydovchi-
larining amaliyoti 32 kun qilib belgilangan. Amaliyot tugagandan 
so‘ng haydovchilarga II sinf haydovchisi malakasi beriladi.
«D» kategoriyasiga qayta tayyorlangan haydovchilarning 
amaliyot o‘tash muddati – 15 kun.
Birinchi marta yuk avtomobillarida ishlaydigan haydovchi-
larning amaliyot o‘tash muddati 30 kungacha qilib belgilangan.


158
B, C, D kategoriyasi bor II va I sinf haydovchilari avval 
ishlamagan bo‘lsalar va birinchi marta avtomobil-taksi yoki avto-
busni boshqarishga o‘tkazilsa, ular ATXda maxsus tayyorgarlikdan 
o‘tishlari va avtomobil-taksi haydovchisi uchun 3 kun, avtobus 
haydovchisi uchun – 8 kun amaliyot o‘taydi.
Amaliyot maxsus amaliyot o‘tash varaqasiga belgilab rasmiy-
lash tiriladi.
Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash
Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustda qabul 
qilgan 156-raqamli «O‘zbekiston Respublikasida avtotransport 
vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyor-
lash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi qarori va uning ilovalariga muvofiq tasdiqlangan 
namunaviy dasturlar asosida olib boriladi.
O‘qishni tugatgan haydovchilikka nomzodlar Ichki ishlar 
vazirligining «Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati» bo‘linmasida 
imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng belgilangan tartib 
bo‘yicha haydovchilik guvohnomasini oladilar.
Haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil yetish
Haydovchilarning qayta majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish 
muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 
2013-yil 27-iyunda 2472-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston 
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 
2013-yil 11-iyundagi 16, 14-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga 
muvofiq amalga oshiriladi.
Ko‘pincha haydovchilar o‘z salomatliklariga yaxshi ahamiyat 
bermaydilar. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson salomatligidagi 
ozgina o‘zgarish ham, haydovchining avtomobilni boshqaruvchi 
«operator» sifatida, ayniqsa, ish soati ortishi bilan juda katta sal-
biy oqibatlarga, ya’ni YTHning sodir etilishiga olib kelishi mum-
kin ekan. Bulardan tashqari, haydovchi ish kunidan oldin alkogol 
ichimliklarini tanovul qilgan bo‘lsa, uning bir qismi qonda saqlanib 
qolishi va haydovchining miya faoliyatiga juda katta ta’sir etishi 
mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, haydovchining mijoziga 


159
va sog‘lig‘iga qarab organizmda alkogol qoldig‘i 5 – 8 soatdan to 
24 – 36 soatgacha, miya qonida esa 25 – 30 kungacha saqlanib qoli-
shi mumkin ekan. Shuning uchun barcha ATXlarida haydovchilarni 
reys (qatnov) oldi va reysdan keyin yalpi hamda reys orasida tanlov 
asosida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tashkil etilishi kerak.
Avtotransport vositalari haydovchilarini oldindan tibbiy 
ko‘rikdan o‘tkazish haydovchilar tomonidan sodir etiladigan 
YTHning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlardan bo‘lib, u 
asosan quyidagi tartibda tashkil etiladi.
Haydovchining qatnov oldidan o‘tadigan tibbiy ko‘rikni avtotrans-
port korxonalarida tashkil etilgan va tibbiyot shifoxonasi tarkibiga 
kiruvchi sog‘lomlashtirish punktining tibbiy xodimi (nazoratchi) 
tomonidan olib boriladi. Nazoratchilar qatnov oldi tibbiy ko‘rigini 
o‘tkazishda Sog‘liqni saqlash va Ichki ishlar vazirliklari tomonidan 
birgalikda ishlab chiqilgan dasturga asosan amalga oshiradilar.
Nazoratni o‘tkazuvchi tibbiy xodimlar haydovchilarning yo‘lga 
chiqishdan oldin salomatligini ko‘zdan kechiradi va uning sog‘-
lig‘iga bog‘liq bo‘lgan YTH sabablarini tahlil qilishda harakat 
xavfsizligi xizmati, foydalanish va xodimlar bo‘limlari bilan 
hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadi.
Qatnov oldidan haydovchilar sog‘lig‘ini tekshirish vaqtida 
quyidagi ishlar bajariladi:
– haydovchining o‘zidan sog‘lig‘i haqidagi fikri eshitiladi;
– tana harorati o‘lchanadi;
– qon bosimi o‘lchanadi;
– tomir urishi aniqlanadi.
Tibbiy ko‘rikdan so‘ng haydovchining yo‘l varaqasiga «Qatnovga 
ruxsat berildi» degan shtamp qo‘yiladi va uni tibbiyot xodimi 
imzolaydi.
Quyidagi hollarda haydovchiga transport vositasini boshqa rishga 
ruxsat etilmaydi:
– vaqtincha ishga yaroqsiz belgilari aniqlanganda (tana harorati, 
ko‘tarilganda qon bosimi yuqori bo‘lganda va hokazo);
– nafas chiqarganda alkogol hidi sezilsa.
Haydovchi mehnat qobiliyatini yo‘qotganida tibbiyot xodimi 
shifokor ko‘rigidan o‘tishi uchun yo‘llanma beradi. Haydovchini 


160
qatnovdan oldin ko‘rikdan o‘tkazishda shifokor qabuli bo‘lmasa, 
mehnatga yaroqsiz hisoblangan haydovchiga tibbiyot xodimi ishdan 
ozod qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi va kasalligi haqida 
qisqacha ma’lumot yozilib, shifokor nazoratida bo‘lishi tavsiya etiladi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun ATXlarida maxsus xonalar 
ajratiladi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin