163
Yo‘l sharoitini ko‘zdan kechirish va tekshirish
Harakat xavfsizligi va tasarruf xizmati bo‘limlarining
xodimlari
bajarishi shart bo‘lgan ishlardan biri, bu
–
ATXning transport
vositalari qatnaydigan yo‘llarning sharoitini ko‘zdan kechirish va
tekshirishdan iborat.
Yo‘l sharoitini ko‘zdan kechirish va tekshirish yo‘l
sharoitidagi
xavfli uchastkalarni, eng ko‘p YTH sodir bo‘ladigan joylarni va
ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash imkonini beradi.
Asosan, bu tadbir har yili ikki marta – bahorda (1-apreldan
boshlab) va kuzda (1-sentabrdan boshlab) o‘tkaziladi.
Yangi ochiladigan avtobus yo‘nalishlarida esa, yo‘nalishni ochish -
dan avval yo‘l sharoiti ko‘zdan kechirilib va tekshirib chiqiladi.
Yo‘l sharoitini ko‘zdan kechirish
va tekshirish uchun komis-
siya tuziladi. Komissiya transport boshqarmasi, yo‘l xo‘jaligi
(obodonlashtirish boshqarmasi), ATX, yo‘l harakati xavfsizligini
nazorat qilish boshqarmalari va mahalliy davlat organlari
vakillaridan tashkil topgan bo‘ladi. Komissiya ishiga O‘zbekiston
Respublikasi avtomobil va daryo transporti agentligi bo‘limlarining
xodimlari raislik qiladi.
Yo‘nalishlarni ko‘zdan kechirish va tekshirish ishlari to‘rt davrga
bo‘linadi: tayyorlash, tekshirish, tekshirish aktini rasmiylashtirish va
materiallarni tegishli tashkilotlarga taqdim etish.
Tayyorgarlik davrida komissiya a’zolari o‘z mutaxassisligidan
kelib chiqqan holda yo‘nalishni tekshirish uchun zarur bo‘lgan
materiallarni
tayyorlaydi, masalan, ATX xodimlari yo‘nalish
chizmasini, YTH sodir bo‘lgan joylarni (YTHning chiziqli
grafigini), yo‘nalishdagi xavfli uchastkalarni, chorrahalarni va
hokazo. Bu ko‘rsatkichlarning hammasi «Yo‘nalish pasporti»da
ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Yo‘l harakati xavfsizligini nazorat qilish
boshqarmasi vakillari yo‘nalishdagi harakatni boshqarish postlari,
o‘rnatilgan yo‘l belgilari va yo‘l
chiziqlari, YTH sodir bo‘lgan
joylar va ularning yo‘nalish o‘tgan yo‘l qismining pasportini, yo‘lni
ta’mirlash ish rejasini tuzadilar.
Yo‘l sharoitini ko‘zdan kechirish va tekshirish, yo‘nalishdagi
bosh bekatdan to oxirgi bekatgacha avtomobillarda sekin
harakatlanib (tezlik 10 – 15
km/s
), zarur joylarda to‘xtab, xavfli
uchast kalarni suratga tushirib borish bilan tugatiladi.
164
Komissiya yo‘l sharoitini bevosita tekshirish davrida yo‘l
sharoitini
shu yo‘l pasportiga to‘g‘ri kelishini, yo‘llarni yoritilganlik darajasini,
trotuar va velosiped yo‘lakchalarining mavjudligini, temir yo‘l
kesishmalarini, ularda harakatning
qanday tashkil etilganligini, yo‘l
harakatini tavsiflovchi boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlaydi.
Tekshirish ishlarining aktini rasmiylashtirish davrida
aniqlangan kamchiliklar, ularni bartaraf etish choralari va kim
tarafidan bartaraf etish kerakligi va muddatlari, mavjud yoki yangi
ochilayotgan yo‘nalishda tashishni
boshlash mumkin yoki mumkin
emasligi ko‘rsatib o‘tiladi. Agar komissiya tekshirilgan yo‘nalishda
transport vositalarining harakatini taqiqlashni lozim topsa, bu qaror
to‘g‘risida tegishli tashkilotlarni ogohlantiradi.
Dostları ilə paylaş: