161
YTH xizmat ekspertizasining
asosiy maqsadi haydovchilar
va ATXning boshqa xodimlari va bo‘limlari tomonidan harakat
xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha me’yorlar va qoidalar buzilishini
aniqlashdan iborat.
Avval aytib o‘tilganidek, xizmat ekpertizasida ATXning rahbari
qatnashadi, ammo barcha amaliy ishlarni harakat xavfsizligi
xizmatining xodimlari bajaradi.
Xizmat ekspertizasi quyidagi tartibda o‘tkaziladi.
ATX bo‘yicha navbatchidan YTH sodir etilganligi haqidagi
xabarni olgan rahbar o‘zi yoki uning ko‘rsatmasiga
binoan harakat
xavfsizligi xizmatining xodimi hodisa sodir bo‘lgan joyga darhol
yo‘l oladi.
Agar YTH to‘g‘risida yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi
(YHXB) xabarsiz bo‘lsa, ularga xabar yetkaziladi.
Hodisa sodir bo‘lgan joyga yetib kelgan YHXB xodimlari bilan
xizmat ekspertizasi hamkorlikda o‘tkaziladi. Xizmat eks pertizasi
bevosita quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
– agar YTH oqibatida jabrlanganlar bo‘lsa,
ularga birinchi
tibbiy yordam ko‘rsatiladi, so‘ng ularni shifoxonaga jo‘natiladi;
– agar tez buziluvchi yuklar bor bo‘lsa, ularning buzilishini
bartaraf etish choralari ko‘riladi;
– agar harakat to‘xtab qolgan bo‘lsa, uni qayta tiklash masalasi
hal etiladi.
Buning uchun guvohlar ishtirokida transport vositasining
hodisadan keyingi holati, tormoz izlari
va boshqa ashyoviy dalillar
va ularning joylari belgilab olinadi va ularni saqlash choralari
ko‘rilgandan so‘ng transport vositalarini chetga olib, harakatni qayta
tiklashga imkoniyat yaratiladi. YTHning sxemasi ma’lum bir tanlab
olingan masshtabda chiziladi;
– agar YTH yo‘l sharoiti va undagi kamchiliklar
oqibatida sodir
etilgan bo‘lsa, ekspertizani o‘tkazish uchun yo‘lning shu qismiga
xizmat ko‘rsatuvchi yo‘l xo‘jaligining vakillari taklif etiladi.
YTH bilan bog‘liq bo‘lgan barcha vaziyatlar o‘rganilib
chiqilgandan so‘ng barcha qilingan ishlar va xulosalar YTHning
xizmat ekspertizasi dalolatnomasini (akt) rasmiylashtirish bilan
tugallanadi.
162
Aktda quyidagilar qayd etilgan bo‘lishi kerak:
– xizmat ekspertizasini o‘tkazgan komissiya tartibi;
– YTH haqida to‘liq ma’lumot;
– yo‘l sharoiti haqidagi ma’lumotlar (yo‘lning geometrik o‘l-
cham
lari, yo‘l qoplamasining holati, ko‘rinish masofalari va
hokazo);
– haydovchilar haqida ma’lumotlar;
– transport vositalari haqida ma’lumotlar;
– YTH sodir bo‘lishiga olib kelgan omillar;
– xulosa.
Aktga ilova tariqasida hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan
kechirish bayoni, YTHning sxemasi,
guvohlarning va ATX
xodimlarining tushuntirish xatlari va ko‘rsatmalari kabilar ilova
qilinadi.
Bu akt asosida ATX rahbari har bitta YTHni jamoa orasida
muhokama qiladi va kelgusida shunday YTHni bartaraf etish chora-
tadbirlarini ishlab chiqadi.
Dostları ilə paylaş: