154
16-jadval
T/r Xo‘jalikdagi haydovchilar soni, nafar O‘rindiqlar soni,
dona Xonaning yuzasi,
m
2
1.
51 – 150
10 – 15
25 – 38
2.
151 – 300
15 – 20
3850
3.
301 – 500
20 – 25
50 – 62
4.
501 – 600
25 – 30
62 – 75
Harakat xavfsizligi xonasi ATXning harakat xavfsizligini
ta’min lash bo‘yicha metodik markaz vazifasini o‘tashi kerak va
quyidagi vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak:
– harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha fan va texnikaning
yangiliklarini hamda tajribalarni teng targ‘ibot qilish;
– haydovchilar (harakat xavfsizligi bo‘yicha) bilimini va mala_
kasini oshirish;
– xo‘jalik xodimlariga harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha
yo‘riqnomalar berish va hokazo.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish
uchun harakat xavf sizligi
xonasi quyidagi jihozlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak:
– harakat xavfsizligi xonasining ish grafigi;
– harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ish rejasi;
– yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar;
– avtomobilni xavfsiz boshqarish bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar;
– ATXning transport vositalari qatnaydigan yo‘llarning xavfli
joylari, yo‘nalishlarning sxemalari va boshqalar;
– sinf taxtasi (magnitli);
– kinofilmlarni ko‘rsatish uchun apparat;
– fotoapparat va videokamera;
– televizor;
– videomagnitofon;
– stol va stullar;
– shkaf;
– shaxsiy kompyuter va hokazo.
Xonaning devori harakat xavfsizligiga taalluqli materiallar, yo‘l-
transport hodisalari va yo‘l harakati qoidalarining
buzilishi haqidagi
statistik materiallar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
ATX jamoasi orasida olib boriladigan o‘quv-uslubiy ishlarning
samarasini yanada oshirish uchun xona quyidagi ko‘rgazmalar bilan
jihozlanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi:
155
– haydovchining ruhiy fiziologik holatiga qo‘yiladigan talablar;
– foydalanishdagi transport vositalarining konstruktiv xususiyatlari;
– yo‘l sharoiti va unga qo‘yilgan talablar;
– haydovchining ish va dam olish tartibi va uning harakat
xavfsizligiga ta’siri;
– harakat xavfsizligi bo‘yicha asosiy me’yoriy hujjatlar;
– ma’lumotnomalar.
Harakat xavfsizligi xonasining ish grafigi unda bajarilishi lozim
bo‘lgan vazifalardan kelib chiqadi:
– avtomobilni xavfsiz boshqarish bo‘yicha mashg‘ulotlar;
– haydovchilarga va xo‘jalikning boshqa xodimlariga maslahat-
lar berish;
– haydovchilarning bilimini tekshirish;
– avtomobilni tejamli boshqarishni o‘rgatish.
ATX bo‘yicha harakat xavfsizligini ta’minlashning
holatini
tahlil qilish va baholash, ularni bartaraf etishga qaratilgan
tadbirlarni hamda xo‘jalikdagi xodimlar (muhandis-texnik, ishchi-
xizmatchilar, haydovchilar va ta’mirlovchilar) bilan o‘tkaziladigan
mashg‘ulotlarni rejalashtirish uchun xo‘jalik
haydovchilari tomoni-
dan sodir etilgan barcha yo‘l-transport hodisalari va yo‘l harakati
qoidalari buzilishining hisobini olib borish uchun maxsus daftar lar
tuziladi.
Bu daftarlardan tashqari, harakat xavfsizligi
xizmati xodimlari
tutishlari kerak bo‘lgan daftarlar yuqori tashkilot rahba riyatining
buyruqlarida keltirilgan bo‘ladi.
Harakat xavfsizligi xizmatining asosiy vazifalaridan yana biri,
bu – haydovchilar bilan ishlash.
Haydovchilar bilan ishlash quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi
mumkin:
–
harakat xavfsizligi bo‘yicha haydovchilarga yo‘riqnomalar
berish;
– yangi ishga qabul qilingan haydovchilarning
amaliyotda sinov-
dan o‘tishini tashkil etish;
– haydovchilarning ishini yo‘nalishlarda nazorat qilish;
– haydovchilarning malakasini oshirish va transport intizomini
yaxshilash ishlarini tashkil etish va boshqalar.