157
– yo‘nalishdagi yo‘l sharoitining tavsiflari;
– ob-havo ma’lumotlari;
– tashilayotgan yuklarning harakat xavfsizligiga ta’sir qiluvchi
xususiyatlari;
– yuklarni tashishdagi xavfsizlik choralari;
–
yuklarni xavfsiz joyga ortib tushirish, joylashtirish va
mahkamlashga qo‘yilgan talablar.
Mavsumiy yo‘riqnoma quyidagilardan iborat bo‘ladi:
– yaqinlashib kelayotgan mavsumning xususiyatlari;
–
murakkab yo‘l va metereologik sharoitlarda avtomobilni
xavfsiz boshqarish texnikasi;
–
ob-havo o‘zgarishi sharoitlarida YTH sodir bo‘lishining
vaziyatli tahlili va boshqalar.
Ba’zi sharoitlarda haydovchilarga rejadan tashqari yo‘riqnomalar
ham berilishi mumkin:
– haydovchilar uzoq muddatga safarga jo‘natilayotganida;
– haydovchiga boshqa turdagi transport vositasi biriktirilganida;
– tashiladigan yuk maxsus xavfsizlik choralarini ko‘rishni talab
etsa.
Hamma o‘tkazilgan yo‘riqnomalar maxsus daftarga yozib
qo‘yiladi. Daftarda yo‘riqnoma o‘tkazilgan sana, uni o‘tkazgan
xodimning va yo‘riqnoma oluvchining ismi sharifi, yo‘riqnoma turi
yozib qo‘yiladi va yo‘riqnoma o‘tkazilganligi haqida imzo chekib,
tasdiqlab qo‘yadi.
Dostları ilə paylaş: