147
bajarilishi lozim bo‘ladigan ishlarning mazmuni tubdan qayta
ko‘rib chiqish zaruriyatini vujudga keltirdi. Shuning uchun harakat
xavfsizligi xizmati xodimlarining sonini
aniqlash uchun ishlab
chiqilgan tavsiyalar ham qisman o‘z kuchini yo‘qotadi, konsernlar
va ATX miqyosida, tashkil etiladigan harakat xavfsizligi xizmati,
xodimlar tarkibining eng kichik miqdori,
ularning majburiyatlari va
olib borish lozim bo‘lgan ishlarini belgilashda hozircha avval ishlab
chiqilgan Nizomdan foydalanish mumkin.
Konsernlarda harakat xavfsizligi xizmati ishlarini tashkil etish
uchun alohida bo‘lim yoki guruh tashkil etish tavsiya etiladi.
Bo‘lim yoki guruh rahbariga Uyushma raisining o‘rinbosari
lavozimi va vakolatlari beriladi.
Xodimlar sonini shu Uyushmada faoliyat ko‘rsatayotgan
haydovchilar sonidan kelib chiqqan holda aniqlash tavsiya etiladi.
1. Uyushma ATXdagi haydovchilar soni 1000 nafargacha bo‘lsa,
bitta shtat.
2. Uyushma ATXdagi haydovchilar soni 1001 nafardan to 3000
nafargacha bo‘lsa, ikkita shtat.
3. Uyushma ATXdagi haydovchilar soni 3001 nafardan to 5000
nafargacha bo‘lsa, uchta shtat.
ATXdagi harakat xavfsizligi xizmati bo‘limlari xodimlarining
soni ham u yerda ishlayotgan haydovchilar soniga qarab aniqlanadi:
1. 51 – 150 nafar haydovchiga bitta shtat.
2. 151 – 300 nafar haydovchiga ikkita shtat.
3. 301 – 500 nafar haydovchiga uchta shtat.
Agar ATX aralash (yuk va yo‘lovchilar tashisa) bo‘lsa, haydov-
chi
larning umumiy soni yo‘lovchilarni tashishda band bo‘lgan
haydovchilar sonini 1,4 koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
Yana shuni ham eslatib o‘tish kerakki, bozor iqtisodiyotiga
o‘tish yangicha ijtimoiy munosabatlarning shakllanishiga, haydov-
chilarning o‘z xatti-harakatlariga avvalgi
tuzumdagiga qaraganda
o‘zgacha munosabatda bo‘lishiga olib keldi. Shuning uchun harakat
xavfsizligi xizmatining shtat bo‘yicha miqdorini aniqlashda bu
jarayonlar hisobga olinishi kerak.
Harakat xavfsizligi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni, me’yoriy
hujjatlarni ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil
148
va daryo transporti agentligiga yuklatilgani uchun konsern va
mahalliy hokimiyatlar miqyosidagi harakat xavfsizligi xizmat
xodimlarining asosiy vazifalari shu yo‘nalishdagi
tashkiliy ishlarni
amalga oshirish bo‘lib qoladi.
Tashkiliy ishlarga misol qilib harakat xavfsizligi bo‘yicha yangi
ishlab chiqilgan qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarni o‘rganishni
tashkil etish, yo‘l-transport hodisalarini bartaraf etishga qaratilgan
tadbirlarni o‘tkazish, har xil ilmiy-amaliy anjumanlarni o‘tkazish,
ATXda fan va texnikaning harakat xavfsizligi bo‘yicha eng ilg‘or
natijalarni amalda qo‘llashni tashkil etish va boshqalarni ko‘rsatish
mumkin.
Ilgarigidek bugungi kunda ham ATXning harakat xavfsizligi
xizmatiga amaliy ishlarni bajarish yuklatiladi. Bunday ishlarga yo‘l-
transport hodisalari va yo‘l harakati qoidalari buzilishining hiso-
bini
olib borish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash (xizmat
eksper tizasi) va bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab
chiqish, harakat xavfsizligi bo‘yicha ATXning barcha bo‘limlari va
ishchi xodimlar ning ishini nazorat qilish, yo‘llarni davriy ko‘rikdan
o‘tka zish, harakat xavfsizligi xonasini jihozlash va ishini tashkil
etish va hokazo.
Konsernlar va ATXda harakat xavfsizligini ta’minlashga
qaratilgan barcha ishlar ko‘p yillarga mo‘ljallangan (kamida 5 yil)
maqsadli dasturlar asosida olib borilishi kerak. Bu das tur asosida
yillik,
chorak yillik, oylik va kunlik ish rejalari ishlab chiqiladi.
Ko‘p yilga mo‘ljallangan maqsadli dastur va boshqa ish rejalarida
konsern va ATXning rahbariyati bo‘lim, sexlarning xodimlarini
harakat xavfsizligi bo‘yicha vazifalaridan kelib chiqqan holda
oshirishlari kerak bo‘lgan tadbirlar o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: