127
2 - bosqich jaholat, alam xuruji bosqichidir. Bemor bu
bosqichda nega uning boshiga
tushganligidan aziyat chekib,
barcha alamlarini tibbiyot xodimlaridan olishi mumkin.
3 - bosqich qayg‘urish. Ba’zida qayg‘urish bilan bog‘liq
qayg‘urish depressiya bilan almashishi mumkin. Lekin bir
tomondan qayg‘urish odamga yo‘qotishga moslashishga imkon
beradi.
4 - bosqich depressiya bosqichi. Odam sarosimaga tushushi,
o‘zini yo‘qotib qo‘yishi mumkin.
5 - bosqich yo‘qotishni qabul qilish – eng ijobiy reaksiya
hisoblanadi.
O‘limga yaqin holatlar statsionarda ham turmushda ham
tez-tez uchrab turadigan hodisadir.
Terminal holat quyidagi
bosqichlarda kechadi:
• Predagonal davr.
Bu davrda gemodinamikaning va nafas-
ning buzilishi qayd etiladi. Arterial bosim pasayib, barcha
to‘qimalarning kislorodga bo‘lgan tanqisligi oshib boradi.
Miyaning elektr faolligi pasayadi.
• Terminal pauza
bir necha sekunddan uch daqiqagacha
davom etadi. U nafasning to‘xtashi va mugoz parda reflekslarini
so‘nishi bilan xarakterlanadi.
• Agonal davrning
asosiy belgisi nafas olishning buzilishidir.
Yurak qisqarishlari sustlashadi. Uning soni minutiga 20 – 40 ta
bo‘lib, arterial bosim 20 – 10 mm simob ustuniga to‘g‘ri keladi.
• Klinik o‘lim davri.
Bu davrda 4 – 6
daqiqagacha bemor
organizmi yashashga layoqatli bo‘lib qoladi. O‘z vaqtida
ko‘rilgan jonlantirish tadbirlari bemorni hayotga qaytarishi
mumkin.
• Biologik o‘lim.
Jonlantirish tadbirlari bosh miya faoliyati,
qon aylanish va nafas funksiyasini tiklashga olib kelmaganda
yuz beradi.
O‘limga olib keluvchi sabablardan biri nafas yo‘li obstruksi-
yasidir. Bunday hollarda nafas yo‘llariga
biror jism, shilliq
tiqilib, erkin nafas olishga xalaqit beradi. Nafas yo‘li to‘liq
tiqilganda bemor bo‘yin sohasini qo‘llari bilan ushlab oladi,
gapira olmaydi, yo‘tala olmaydi, nafas ola olmaydi. Qisman
tiqilganda nafas olish qiyinlashadi,
samarasiz, xushtaksimon
yo‘taladi. Bunday holda bemorni Xeymlix usulida yordam beri-
128
ladi. Agar bemor hushsiz bo‘lsa, chap kaftni bemor epigastral
sohasiga qo‘uyib, o‘ng qo‘l bilan bemor og‘iz bo‘shlig‘ini
tekshiriladi va yot jismni olib tashlashga harakat qilinadi. Iloji
bo‘lmasa Xeymlix usuli qo‘llaniladi.
Shoshilinch yordam deganda hayot uchun xavf tug‘di-
radigan holatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar maj-
muyi tushuniladi. O‘ta shoshilinch holat deb klinik o‘lim
holatini tushunish mumkin. Bunday holatlarda jonlantirish tad-
birlarini samarali o‘tishi tibbiy xodimlarning xatti - harakatlariga
bevosita bog‘liqir. Bunday holatlarda uning harakatlari maq-
sadga muvofiq, puxta o‘ylangan, vazmin, qat’iy va tez bo‘lishi
kerak va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1.
Eng avvalo, shoshilinch holatga tushib qolgan kishining
ushbu holatga olib keluvchi sababi aniqlanadi va ushbu holatdan
chiqish choralari ko‘riladi.
2. Shoshilinch yordamga muhtoj odamning ahvoliga tez va
to‘g‘ri baho berish zarur. Buning uchun holat sababini, joyini,
vaqtini aniqlash zarur.
3. Shoshilinch yordam nimadan boshlanish kerakligi aniq-
lanadi.
4. Shoshilinch yordam ko‘rsatilayotganda bemorga ortiqcha
shikast yetkazmaslikning ahamiyati kattadir.
5. Dori-darmonlarni to‘g‘ri tanlash,
ular ketma-ketligiga
e’tibor berish.
6. Har qanday shoshilinch holatlarga tayyor turish.
7. Shifokor ko‘rsatmalarini aniq va so‘zsiz bajarish.
Dostları ilə paylaş: