Quloqqa dori tomizgich orqali tomiziladi. Qo‘llarini gigiye-
nik darajada tozalab, qo‘lqoplar kiyiladi va muolaja mohiyati va
maqsadini bemorga tushuntiriladi. Agar bemorning qulog‘idan
yiring oqayotgan bo‘lsa, tashqi eshituv yo‘lini yiringdan toza-
laniladi (chunki yiring tufayli dori moddasi tushishi kerak
bo‘lgan – nog‘ora pardaga yetib bormaydi). Dori moddasini
tomizishdan avval uni xona haroratigacha isitiladi, chunki sovuq
tomchilar ichki quloqda joylashgan labirintni ta’sirlab, bosh
aylanish holatini yuzaga keltirishi mumkin. Bemor boshini yon
tomonga burishini so‘raladi, ya’ni dori tomizilayotgan quloq
tepada bo‘lsin. Tashqi eshituv yo‘lini to‘g‘rilash uchun quloq
pardasini kattalarda orqaga va tepaga, kichik bolalarda pastga
tortiladi. Bolalarga 5–6 tomchidan, kattalarga 6 – 8 tomchidan
dori tomiziladi. Tomizib bo‘lgach, barmoq bilan quloq do‘m-
bog‘ini bosiladi – bu dori tomchisini nog‘ora bo‘shlig‘iga tu-
shishini ta’minlaydi. 10–15 daqiqa yotishini so‘raladi va nazorat
qilinadi.
Ingalatsiya – dori moddalarini nafas yo‘llari orqali kiritish
usulidir. Ingalatsiyalarni dori solinadigan dastagi (cho‘ntak)
ingalatorlar yordamida amalga oshiriladi. Bemorga muolaja ha-
qida axborot beriladi va qulay vaziyat beriladi. Tibbiy - ijtimoiy
xodim qo‘llar yuvib, ingalator qopqog‘ini ochadi. Aerazol ba-
lonchasini tubini yuqoriga qaratib, yaxshilab silkitiladi. Bemor-
dan chuqur nafas olish so‘raladi. Ingalyator mundshtugini
bemor og‘ziga lablari bilan qamrab oladigan holatda qo‘yiladi.
Bemordan og‘iz orqali chuqur nafas olishni va bir vaqtni o‘zida
balloncha tubini bosishni so‘raladi. Bir necha soniya nafasni
ushlab turishini so‘rab, mundshtukni bemor og‘zidan olinadi va
nafas chiqarishini so‘rab, ingalyatorni himoya qopqog‘i yopiladi.