O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova


DORI MODDALARNI YUBORISH USULLARI



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   102
DORI MODDALARNI YUBORISH USULLARI 
 
Dori moddalar rezorbtiv (qon orqali) va mahalliy ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin

Dori moddalarini yuborish yo‘llari ularning 
ta’sir mexanizmiga bog‘liq. 
 
1. Tashqi usul – teri qoplamlari, shilliq pardalar yoki nafas 
yo‘llari orqali. 
2. Ichki (enteral) – og‘iz yoki to‘g‘ri ichak orqali. 
3. Parenteral – me’da- ichak yo‘llarini chetlab. 
Dori moddalarini sirtdan qo‘llash – 
teriga dorini bostirib 
turish (primochkalar), dori moddasini bog‘lab qo‘yish (komp-
resslar), teriga surtib sindirish, sepish, malhamli bog‘lam qo‘-
yish, suyuq dorilarni teriga surtish, tomchi tomizish, ingalatsi-
yalar – bu turli xil dori shakllarining (maz, emulsiya, eritma, 
kukun, nastoyka) ning sirtga nafaqat teriga qo‘llash usullaridir, 
balki ko‘z, quloq, burun shilliq qavatlariga va boshqa joylarga 
ta’sir qilish mumkin. Dorivor moddalardan sirtga foydalanish 
ularning mahalliy ta’siriga asoslangan.
Teriga malhamlar qo‘llash
ular teriga surtib-singdirish
suyuq dorilarni teriga surtish va bog‘lamlar holida qo‘yilishi 
mumkin. 


120 
Teriga malhamni 
surtib-singdirish
uchun qo‘llarini gigiyenik 
darajada tozalab, qo‘lqoplarini kiyiladi va kerakli jihozlarni 
tayyorlab olinadi. Sohani sovun bilan yuvib, quritiladi. Agar teri 
sochli bo‘lsa, ustara bilan qiriladi. Malhamni ozroq qismini 
teriga uzunasiga hamda aylanma harakatlar bilan surtiladi va 
teri quruq holga kelguncha davom ettiriladi.
Muolaja kichik yoshdagi bolalarda bajarilayotganda ularning 
terisining nozikligini, qon tomirga boyligini va surish xususiyati 
yuqori ekanligini hisobga olinadi. 
Suyuq dorilarni teriga 
surtish
da tibbiy ijtimoiy xodim 
qo‘llarini gigiyenik darajada tozalab, qo‘lqoplarini kiyadi va 
kerakli jihozlarni tayyorlab oladi. Steril yog‘och surtma uchiga 
paxta o‘rab, menzurkaga solingan dori moddasi ho‘llanadi va 
kerakli sohaga surtiladi. Kuchli ta’sir etuvchi dorilar terini 
ta’sirlamasligi uchun dori moddasini teriga chiziq - chiziq qilib 
surtiladi. Ishlatib bo‘lgach menzurkadagi dori moddasi to‘kib 
tashlanadi, jihozlarni zarasizlantiruvchi eritmaga solinadi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin