115
tayinlaganda ba’zi mahsulotlar bolalarga yoqishini hisobga olgan
holda ularni butunlay cheklanmaydi, ya’ni ozroq miqdorda
beriladi. Sun’iy shakar o‘rinbosari – sorbitol saqlovchi modda-
lar iste’moli cheklanadi. Dukkakli o‘simliklardan taom tayyorla-
yotganda bir necha soat suvga bo‘ktirib qo‘yiladi – bu gaz hosil
qilishni kamaytiradi va shu bilan birga ular tarkibidagi oqsillar
kamayib qolmaydi. Jismoniy mashqlar tayinlanadi. Faol tur-
mush tarzi organizmdagi barcha a’zolarni shu jumladan ichak-
larni to‘la quvvatda ishlashga sabab bo‘ladi. Tozalovchi huqna
gazlarni chiqarishga imkon berib, bemorning ahvolini birmun-
cha yengillashtiradi. Huqnaga ruxsat etilmaganda yoki huqna-
dan keyin ham qorinning dam bo‘lishi yo‘qolmaganda gazlarni
chiqarish uchun gaz chiqaruv naychadan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: