112
digan choralar ko‘rishni talab etadi. Tibbiy-ijtimoiy xodim
zudlik bilan shifokorni chaqirishi va bemorga u yetib kelgunicha
bo‘lgan yordamni ko‘rsatish lozim. Me’dasidan
qon oqayotgan
bemor tezlik bilan gorizantal holatda yotqizilishi va me’da soha-
siga muzli xaltacha qo‘yilishi lozim. Muz erigan sari almashtirib
turiladi. Tibbiy-ijtimoiy xodim bemorni tinchlantirishi unga
ruhiy osoyishtalik yaratishi va shifokor kelguncha uni yolg‘iz
qoldirmasligi, shifokorning barcha ko‘rsatmalarini shoshilmas-
dan, puxtalik bilan bajarishi zarur.
Dastlabki
kunlari bemorga ovqat berish, suyuqlik ichirish
mumkin emas, keyinroq sovuq yoki sal iliq suyuq ovqatlar
beriladi.
Dostları ilə paylaş: