O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102
Nazorat savollari: 
 
1. Bemorning holatiga qarab ovqatlanish necha xil bo‘ladi? 
2. Qanday bemorlar sust ovqatlantiriladi? 
3. Og‘ir bemorlarni qoshiqda va choynaksimon idishda 
qanday ovqatlantiriladi? 
4. Ovqatlantirishdan oldin bemor yotgan xonani tayyorlang. 
5. Dietoterapiya – qanday davolash turi? 
6. Davolovchi ovqatlanish tayinlaganda nimalarga ahamiyat 
beriladi? 
7. Tasdiqlangan nomenkulatura bo‘yicha necha xil parhez 
turi bor? 


110 
ME’DA - ICHAK VA SIYDIK YO‘LI MUAMMOLARINI 
YECHISH 
 
ME’DA - ICHAK YO‘LI MUAMMOLARI 
 
Hazm a’zolari organizmga tushadigan murakkab ovqat 
moddalarini maydalash va ularni assimilatsiyalanishiga layoqatli 
oddiy kimyoviy birikmalarga maydalab, ovqat luqmasini hazm 
yo‘llari bo‘ylab surish, hazm bo‘lgan taomning so‘rilishi va 
organizmda shlaklarning chiqarilishi uchun xizmat qiladi. 
Qusish 
– murakkab reflektor akt bo‘lib, qusish markazining 
qo‘zg‘alishidan yuzaga keladi va me’dadagi ovqatning qizilo‘n-
gach, halqum, og‘iz, ba’zan burun yo‘llari orqali beixtiyor otilib 
chiqishi bilan o‘tadi.
Qusish me’da-ichak yo‘llari kasalliklari, til ildizi va yum-
shoq tanglayini ta’sirlantirish oqibatida bo‘lishi mumkin. Bu 
periferik qusish
deyiladi. Qusish shuningdek, kalla suyagi ichi-
dagi bosim oshganda paydo bo‘lishi mumkin, bu 
markaziy 
qusish
deyiladi. Markaziy va periferik qusish o‘rtasidagi farq 
shundaki, periferik yoki me’dadan qayt qilish ko‘ngil aynashi, 
so‘lak oqishidan keyin boshlanadi, qusuq massasida hazm bo‘l-
magan ovqat qoldiqlari topiladi. U nordon hidli bo‘ladi. Me’da 
bo‘shatilgandan so‘ng bemorning ahvoli ancha yaxshilanadi. 
Markaziy qusish hech qanday belgisiz to‘satdan boshlanadi va 
bemor ahvolini yengillashtirmaydi. Ayrim hollarda atayin qus-
dirish zarur bo‘lib qoladi, uning uchun til ildizi shpatel bilan 
ta’sirlantirib reflektor ta’siridan foydalaniladi. Nahorda qusuq 
massasiga o‘t suyuqligi qo‘shiladi va unga sarg‘imtir, och sariq 
ko‘kimtir tus beradi. Og‘iz bo‘shlig‘idan, qizilo‘ngachning 
yuqori bo‘limlaridan yangi qon aralashib kelishi qusuq massasini 
pushti rangga bo‘yaydi, me’dadan qon oqayotganida u me’da 
shirasini xlorid kislota ta’siri ostida rangini o‘zgartiradi va qusuq 
massasi qo‘ng‘ir, deyarli qora tusga (kofe quyqasi rangiga) 
kiradi. 


111 
Tibbiy-ijtimoiy xodim bunday hollarda qusuq massasini shi-
fokor kelguncha qoldiradi, so‘ngra uni bo‘g‘zi keng va qopqoqli 
darajalangan toza bankada laboratoriyaga jo‘natiladi. Yo‘llan-
maga bemor va tekshirishning maqsadi haqida ma’lumotlar 
yozilgan bo‘ladi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin