125
TERMINAL DAVRIDAGI BEMORLARNI PARVARISH
QILISH
Og‘ir va umidsiz bemorlar bilan muloqotda qayg‘urayotgan
qarindoshlarga ruhiy dalda sifatida tibbiy-ijtimoiy xodim
yordami talab etiladi. Bemorga yetkazilganidek, oila a’zolariga
ham o‘z vaqtida ularni kutayotgan yo‘qotish haqida
xabar
beriladi, chunki ular kasallikni tushunib yetishlari, undan so‘ng
kutilayotgan yo‘qotishni anglab
olishlari uchun vaqt talab
etiladi. Ko‘pincha qarindoshlarda bemor olida aybdorlik hissi
paydo bo‘ladi, kasallik shu darajaga yetib, shu darajada o‘ta-
yotganligiga o‘zlarini aybdordek hisoblaydilar. Kasalxonalarda
davolash faqat bemorlarga qaratilgan bo‘lmaydi.
Har qanday
holda ham, qarindoshlarga ham tibbiy xodimlarning ruhiy
ko‘magi zarur bo‘ladi. Agar bemor o‘zida ikki tomonlama
yaxshi munosibatni sezsa, o‘zini
shaxs sifatida qadrlanayot-
ganligini his qilsa, og‘riqsizlantirish choralari foydali bo‘ladi,
bemorning umidi uzilmay turadi.
Qarindoshlar shifokordan kasallik haqida ma’lumotni ol-
gach, tibbiy xodim bemorni parvarish qilish va qolgan hayotini
osuda o‘tkazish bo‘yicha barcha savollarga javob beradi.
Davolash muassasalarida yotgan bemorlarning qarindoshlari o‘zi
his qilayotgan aybni, majburiy vidolashuv kuchini yengil-
lashtirishga harakat qilishi kerak. Bemorni ko‘rgani, xabar
olgani borib, gaplashib o‘tirish shart emas, balki yostig‘ini to‘g‘-
rilab qo‘yib, yuz-qo‘lini yuvib, ovqatlantira turib o‘z mehrini
berish mumkin. Ba’zi qarindoshlarga bemor oldiga qanday
tashrif buyurishni ham o‘rgatish lozim bo‘ladi. Qarindoshlari
xuddi tibbiy xodimlar yaratganidek
osuda hayot darajasini
yaratishlari lozim. O‘layotgan yoki o‘lgan odam qarindoshlari
bilan suhbat o‘tkazilayotganda o‘ta xushmuomala bo‘lish kerak.
Bemorga ham uning yaqinlariga ham qayg‘urish bilan bog‘liq
narsalarini ma’lum qilmaslik kerak.
Davolashning barcha usullari yordam bermasa, bemor
o‘limga
roziman desa, barcha ichki a’zolar ishi buzilib bo‘l-
126
ganda palliativ davolash mumkin bo‘ladi. Bunday davolash
usulini qo‘llashdan maqsad bemorga va uning oila a’zolariga
yashashning eng yaxshi sifatlari, imkonlarini yaratib berishdan
iborat. Palliativ davoning vazifalari:
• bemorga qulay va xavfsiz sharoitni yaratib, uni ta’minlab
turish;
• bemor o‘z mustaqilligini
maksimal darajada his qila
olishi;
• bemorni og‘riq bezovta qilmasligi;
• ruhiy, ijtimoiy va ma’naviy muammolar yechilib borib,
bemor o‘z o‘limiga iloji boricha ko‘nikib borishi;
• hayot bilan vidolashuvga qaramay, hayotning oxirigacha
bemorga ko‘rsatilayotgan qo‘llab
- quvvatlash tizimi faol va
unumli ishlashga imkon berishi;
• bemor qayg‘usini yengishga berilgan yordam bekor bo‘l-
masligi;
• o‘limi yaqinlashayotganda yaqinlari yonida tursa, ular-
ning birdamligini his etishi.
O‘layotganlarda umid iloji boricha so‘nib borib, yakka
qoldirmasliklarini iltimos qiladilar. O‘layotgan bemorlarni
parvarish
qila turib, ular oila a’zolari yo‘qotish kechinmalarini
yengillashtira turib, ularga dalda berishni to‘xtatmaslik kerak.
Dostları ilə paylaş: