41
• Emotsional holat (xavotirlik, shaxsiy ziddiyat va boshqa-
lar).
• Eshitish davomidagi e’tiborsizlik (yaxshi eshitmaslik, e’ti-
bor bermaslik).
Tashqi faktorlar:
• Tashqi muhit (shovqin, xona harorati, yorug‘ligi).
• So‘zlovchining nuqsonlari (til, jismoniy muammolar).
Faol eshitish strategiyalari:
Eshitishga tayyorlaning:
1. Sabrli bo‘ling, o‘qitilayotganlarga savolini to‘g‘ri
tuzib
olishiga imkon bering.
• Emotsional va shaxsiy achchiqlanishni qaytaring va ustun
keling.
• Ifodalayotgan asosiy fikrni eshiting.
• Diqqatingizni qatnashchi nima deyayotganiga qarating.
2.Aytilayotgan hamma narsani eshiting:
• Qatnashchi gapini aytib bo‘lguncha kutib turing.
• O‘z fikringizni bildirishga qulay fursat kelmaguncha kuting.
3. O‘qitilayotgan nima demoqchiligini aytib bering:
• Xulosa qiling.
• Aniqlashtiring.
4. Qatnashchilarning savollari, izohlari va takliflariga tayyor
turing.
42
Savol berish qobiliyati.
Savol berish quyidagi vazifalarni bajaradi:
• O‘qitilayotganlarni berilgan mavzu yuzasidan bilimlarini
bilishga yordam beradi.
• O‘qitilayotganlarni o‘rgatish jarayoniga qatnashishiga
chorlaydi.
• O‘qitilayotganlarni o‘quv jarayonini
qanday qabul qila-
yotganlari haqidagi munosabatlarini bilishga yordam beradi.
• O‘qitilayotganlarga o‘quv jarayonini baholash
va kerakli
joylarga qo‘shimcha kiritish imkoniyatini beradi.
Taqdimotdan oldin tarqatma materiallarini tayyorlash va
ko‘rib chiqish, taqdimotni mashq qilib ko‘rish,
ulardan foyda-
lanadigan joyni hozirlash kattalarni o‘qitishga tayyorgarlikning
samaradorligini oshiradi.
Tarqatma materiallarini tayyorlashda va tanlashda qatnash-
chilar ehtiyoji va xarakteriga e’tibor berish tavsiya etiladi. Pla-
katlarni hammaga ko‘rinadigan
joyga osish, flipchart tayyor-
laganda rangli markerlardan foydalanish,
yozuvlarni oson
o‘qilishiga erishishga alohida harakat qilish lozim. Tarqatma
material tayyorlaganda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan qism-
larni qizil rangda yoziladi. Bitta flipchartga ko‘pi bilan bitta
asosiy fikrni va to‘rtta kichik punktni yozish mumkin. Ma’lu-
motlarni 6 yoki undan kam qatorga joylashtiriladi. Ma’ruza
vaqtida e’tiborni chalg‘itmasligi uchun boshqa mavzular haqida
gapirganda plakatlarni o‘girib qo‘ying.
Qatnashuvchilar plakat-
43
larni ko‘rishga qiynalganda ularni qo‘lda ko‘tarib, qatnashuv-
chilar oldiga yaqin olib borish mumkin. Qatnashuvchilarga orqa
bilan turish tavsiya etilmaydi. To‘sib qo‘ymaslik uchun
plakatlarni yon tarafida turiladi. Iloji bo‘lsa
bir tibbiy xodim
o‘qitish ishlarini olib borayotganda yordamchi kerakli flipchart
va plakatlarni osib turgani ma’qul. Transporantlarni almash-
tirishdan oldin qatnashchilarni ularni o‘qishlari va kerakli
joylarini yozib olishlariga imkon beriladi. Kichik tarqatma va
bukletlarni qatnashuvchilar qo‘llariga tarqatib, iloji bo‘lsa
o‘zlarida qolishiga harakat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: