O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   102
Tibbiyot-sanitariya qismi
– DPM kompleksi bo‘lib, sanoat 
korxonalari, qurilish yoki transport tashkilotlari xodimlariga va 
ularning oila a’zolariga tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljal-
langan. Ular tibbiy yordamni imkon qadar ish joyiga 
yaqinlashtirishi kerak. Tibbiy-sanitariya qismi tuzilishi bo‘yicha 
har xil bo‘ladi. Ular takibida poliklinika yoki ambulatoriya
sog‘liqni saqlash punkti, kasalxona, sanatoriy-profilaktoriy va 
boshqa davolash profilaktikasi muassasalari bo‘lib, ma’lum 
korxonaning ishchilariga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
Tibbiyot-sanitariya – qismlarni ishining eng muhim yo‘na-
lishi ishchilarining salomatligi ustidan muntazam dispanser 
kuzatuvi olib borish, kasalliklarning oldini olish va bosh-
lang‘ich davrlarini barvaqt aniqlash maqsadida profilaktika va 
vaqtida tibbiy tekshiruv o‘tkazish, shuningdek, og‘ir kasallik 
bilan xastalanib o‘tgan yoki surunkali kasalligi bo‘lgan ishchi-
larning salomatligiga ko‘ra ishga to‘g‘ri joylashtirish bo‘yicha 
choralar ko‘rish hisoblanadi. Shuningdek, ishchilarni sog‘ligiga 
salbiy ta’sir qiladigan barcha omillarni doimiy o‘rganish va 
aniqlash: ma’muriyat kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda, sa-
nitariya-gigiyena mehnat sharoitini, ishchilar va xizmatchilarga 
davolash-profilaktika xizmati ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha 
tadbirlarning to‘liq rejasini ishlab chiqish ham bu qismning 
faoliyat doirasiga kiradi.
Sog‘liqni saqlash punkti – 
poliklinika yoki tibbiyot-sani-
tariya punkti tarkibiga kiradi va alohida davolash -profilaktika 
muassasasi hisoblanmaydi. U sanoat korxonalarida, oliy va o‘rta 
maxsus o‘quv yurtlarida, qurilishlarda tashkil qilinadi. Bu yerda 
shifokor, feldsher, hamshiralar faoliyat ko‘rsatib, shikastlanish, 
zaharlanish, to‘satdan kasallanish hollarida birinchi malakali 
tibbiy yordam ko‘rsatishi bilan birga, davo muolajalarini baja-
radi (yaralarni bog‘laydi, kompress, inyeksiya qiladi va hokazo), 


48 
ishchi va xizmatchilar o‘rtasida dispanser ko‘rigi o‘tkazish, pro-
filaktik emlash, sanitariya, oqartiruv kabi ishlarni olib boradi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin