50
Kasallik varaqasi maxsus daftarda qayd qilinadi,
uni olgan
bemor tomonidan imzolangan qismi saqlab qolinadi, kasallik
varaqasi raqami esa kasallik tarixiga yoki ambulatoriya daftariga
yoziladi. Shifokor kasallik varaqalarini tilxat berib oladi.
Ularning qirqib olingan qismlari ko‘rsatib
sarflangan varaqalar
hisobini beradi. Kasallik varaqalari seyfda saqlanadi.
4. Yuqumli kasallik va o‘tkir zaharlanish aniqlanganda yoki
bunga shubha qilinganda –
12 soatdan kechiktirmay sanitariya-
epidemiologiya stansiyasiga xabar berish karak. Xabarnomada
bemorning manzilgohi, ish yoki o‘qish joyi batafsil ko‘rsatiladi,
bu zarur hollarda o‘sha joylarda epidemiyaga qarshi tadbirlar
o‘tkazish uchun kerak bo‘ladi.
5. Shifokorlik-mehnat ekspert komissiyasiga jo‘natiladigan
varaqa, sanatoriy-kurort kartasi
juda muhim hujjat bo‘lib,
passport qismi va tibbiy tahlil natijalarini yozib qo‘yadi.
6. Patronaj daftari
– unga bajargan ishlarini yozib boradi.
Tibbiy ko‘rsatmalarni bajarish bilan birga kvartira, yotoqxo-
nalarning sanitariya holatiga ahamiyat beradi va sanitariya qoi-
dalari buzilganligi aniqlanganda aholi
bilan tegishlicha suhbat
o‘tkazadi.
Kasallik tarixi statsionar arxivida 25 yil, poliklinikalarda esa
bemorlar umrining oxirigacha saqlanishi kerak. Hujjatlar quruq
xonalarda, maxsus jovonlarda, yili aniq ko‘rsatilgan holda joyla-
nishi lozim. Bu kerakli kasallik tarixini tezda topish imkonini
beradi.
Statsionarda yuritiladigan asosiy hujjatlar
– ular yuridik
ahamiyatga ega bo‘lib, unga o‘zgartirishlar kiritish also mumkin
emas.
Tibbiy ijtimoiy xodim statsionarda yuritiladigan asosiy
hujjatlarni bilishi lozim.
1. Bemorning kasallik tarixi.
2. Bemorlarni qabul qilish va gospitalizatsiyadan
bosh tor-
tish kitobi.
3. Bemorning kasalxonaga kelganligi va ketganligi to‘g‘ri-
sidagi daftar.
a) dori-darmonlar, zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi modda-
larni sarflash daftari;
b) inventarlar daftari;
51
d) ko‘rsatmalar daftari;
c) porsionniklar daftari;
f) bemorlarning harakati to‘g‘risidagi ma’lumoti.
4. Kasalxonaga tushgan bemorni qayd etish kartasi.
5. Ma’lumotnoma.
6. Hamshiralik kasallik tarixnomasi.
Dostları ilə paylaş: