O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   102
Nazorat savollari: 
 
1.
DPM lar vazifasiga ko‘ra nechta turga bo‘linadi? 
2.
Shifoxonaning asosiy tarkibiy qismiga nimalar kiradi? 
3.
Ambulatoriya qanday ma’noni anglatadi va u qanday 
xizmat ko‘rsatadi? 
4.
Tibbiyot-sanitariya qismi kimlarga tibbiy yordam ko‘rsa-
tishga mo‘ljallangan? 
5.
Sog‘liqni saqlash punkti kimlarga tibbiy xizmat ko‘rsa-
tishga mo‘ljallangan? 
6.
Onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalariga 
nimalar kiradi? 
7.
Sanator-kurort muassasalarining ish faoliyatini ayting. 
8.
Poliklinik xizmat muassasalarining qanday asosiy huj-
jatlarini bilasiz?
9.
Statsionarda yuritiladigan asosiy hujjatlarni sanab bering. 


52 
 
INSON EHTIYOJLARI HAQIDA TUSHUNCHA 
Inson organizmi normal faoliyat ko‘rsatishi va sog‘lom 
bo‘lishi uchun uning hayotiy ehtiyojlari doimiy ravishda 
qondirilishi lozim. Ushbu ehtiyojlarning birortasini qondirilmay 
qolishi turli muammolarni keltirib chiqarishiga, bu esa o‘z 
navbatida biron organ va sistema ishidagi buzilishlarga olib 
keladi. Natijada inson xastalanadi. Demak, inson kasal bo‘l-
masligi uchun uning barcha ehtiyojlari o‘z vaqtida qondirilishi 
lozim. Bemorlarning ehtiyojlarining qondirilishi esa ularning 
tezda sog‘ayib ketishlariga yordam beradi.
Inson ehtiyojlari asosan quyidagilarga bo‘linadi:
1. Asosiy insoniy ehtiyojlar
– insonning tirikligini ta’minlab 
beruvchi va salomatligini saqlashga qaratilgan omillarga bo‘lgan 
ehtiyojlari bo‘lib, fiziologik va psixologik (ruhiy) ehtiyojlarni 
birlashtiradi;
a) asosiy fiziologik ehtiyojlar
 
– deganda yashash uchun 
zarur bo‘lgan – nafas olish, ovqatlanish, uyqu, dam olish, 
harakatlanish, fiziologik ajratmalarni chiqarish, tana haroratini 
normal saqlash, jinsiy faoliyat va boshqalar ko‘zda tutiladi; 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin