O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   102
Tibbiy tez yordam stansiyalariga
aholiga kechayu kunduz 
tibbiy tez yordam ko‘rsatuvchi davolash profilaktika muas-
sasalari bo‘lib, bemorlar hayotiga xavf soluvchi holatlarda shifo-
xonagacha bo‘lgan davrda (insult, miokard infarktida, shikast-
lanish, yaralanish, zaharlanishda, qon ketishida va boshqalarda) 
va tug‘ruqni qabul qilishda tibbiy yordam ko‘rsatiladi, shuning-
dek, tibbiy tez yordam stansiyasi xizmatchilari tibbiy xizmat 
transportida homiladorlarni tug‘ruqxonaga olib borishga, shifo-
xonaga yotqizishga muhtoj bemorlarni tashishga ham mas’uldir. 
Tibbiy tez yordam stansiyalarida bitta shifokor, bitta yoki ikkita 
feldsherdan iborat brigada xizmat qiladi. 
Onalik va bolalikni muhofaza qilish
muassasalariga repro-
duksiya markazlari, tug‘ruqxonalar va bolalar uylari kiradi. 
Tug‘ruqni qabul qilish sifatini yaxshilash maqsadida tug‘ruq-
xonalar va ayollar maslahatxonalari bilan bog‘lanib, mahalla 
hududiy usulda ish olib boradi. Ayollar maslahatxonasi tug‘ruq-
xona yoki poliklinikasining bir bo‘limi hisoblanadi. U yerda 
ginekologik kasalligi bor ayollarni aniqlash, dispanser ko‘rigidan 
o‘tkazish, homiladorlarni hisobga olish va zarur bo‘lsa davolash 
ishlari olib boriladi. Hamshira homilador ayollarni patronaj 
qiladi, sanitariya-oqartuv ishlari bilan shug‘ullanadi, ayolning 
shaxsiy gigiyenasini, chaqaloqni parvarish qilishni o‘rgatadi. 
Sanatoriy-kurort 
turidagi muassasalariga sanatoriy-profilak-
toriy, bolalar sanatoriylari kiradi. Ularning ishlash faoliyati 
bemorlarni tabiiy shifo omillari (havo, mineral suvlar, balchiq 
bilan davolash), shuningdek, parhez, fizioterapiya va davolash 
fizkulturasi bilan muolaja qilishga asoslangan.
Sanatoriyda bemorlar ambulatoriya kurslarini ham o‘tadi. 
Profilaktoriy yirik ishlab chiqarish korxonalari qoshida tu-
zilib, xodimlarni ishdan bo‘sh vaqtlarda davolash va kasallik-
larning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshiradi. 
Sanatoriy-profilaktoriy hamshiralarining ish faoliyati ham 
poliklinika, shifoxona hamshiralarining faoliyatiga o‘xshash.


49 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin