O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova


Shahar poliklinikasi (grekcha polis – shahar, klinike – da-



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102
Shahar poliklinikasi (grekcha polis – shahar, klinike – da-
volash san’ati)
– ko‘p tarmoqli DPM bo‘lib, bemorlarga umu-
miy va maxsus tibbiy yordam ko‘rsatish, zaruriyat bo‘lganda, 
ularni ambulatoriya, poliklinika va uy sharoitida tekshirish va 
davolashga mo‘ljallangan. Poliklinikada shifokorlar bemorlarni 
har xil ixtisosliklar bo‘yicha qabul qiladi: terapevt, kardiolog, 
ginekolog, quloq - tomoq - burun shifokori, stomatolog va 
boshqalar. Shuningdek, poliklinikada diagnostika xonalari 
(rentgen, funksional diagnostika, endoskopiya) laboratoriya, 
fizioterapiya bo‘limi, muolaja xonalari mavjud. Poliklinikada 
asosan mahallalar bo‘yicha biriktirilgan shifokor va hamshiralar 
xizmat qiladi. Ular shu mahallada barcha davolash va kasallikni 
oldini olish uchun javobgardir.
Hamshira uydagi bemorga shifokor buyurgan ko‘rsat-
malarni bajaradi (inyeksiya, zuluk solish), uning qarindoshlariga 
parvarish bo‘yicha maslahat beradi, bemor muammolarini hal 
etadi.
Poliklinikada mahalla hamshirasidan tashqari, muolaja xo-
nasining hamshirasi, tor mutaxassisliklar: ko‘z, asab, quloq - 
tomoq – burun kasalliklari, bog‘lov xonasi hamshiralari ham 
xizmat qilmoqda. 
Poliklinikada ko‘rish xonalari tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda 
bemor isitmasini, arterial bosimni o‘lchaydi, pulsini sanaydi. 
Hozirgi vaqtda sog‘liqni saqlash sohasida o‘tkazilayotgan 
islohotlar natijasida oilaviy poliklinikalarda oilaviy shifokorlar va 
hamshiralar xizmat qilmoqda. 
Ambulatoriya 
(lotincha ambulatorius so‘zidan olingan bo‘lib – 
harakatlanuvchi degan ma’noni anglatadi) – DPM bo‘lib, xuddi 


47 
poliklinika singari xizmat ko‘rsatadi, faqat xizmat ko‘rsatish 
hajmining kamligi bilan farq qiladi. Ambulatoriyalar ko‘proq 
qishloq joylarda ochilib, unda ko‘pi bilan beshta shifokorlik 
lavozimi bor. Ambulatoriyadagi hamshiralar ishi ham poliklini-
kadagi hamshiralar ishiga o‘xshash, lekin ular bemorlarga bog‘-
liq muammolarni ko‘proq mustaqil ravishda mas’uliyat bilan hal 
qilish zarur. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin