10
TIBBIY - IJTIMOIY XIZMATLARINING ASOSIY TURLARI
Uydagi patronaj – ijtimoiy himoyaga muhtoj inson va
uning oilasiga uyda bevosita va texnik yordam ko‘rsatish
bo‘yicha asosiy faoliyatdir.
Sog‘liq bo‘yicha maslahatlar berish – faqatgina sog‘liq
sohasida emas, ijtimoiy
va iqtisodiy muammolar, o‘qitish va
parvarish muammolari bo‘yicha maslahat berishdir. Maslahatlar
telefon orqali, mahallada, tibbiy ko‘rik xonasida va uyda
patronaj vaqtida beriladi.
Sanitariya oqartuv ishlari – aholi o‘rtasida sog‘liqqa bo‘l-
gan munosabatni yaxshilash maqsadida o‘tkaziladi.
Ijtimoiy muassasalarining faoliyati –
jamoa aholisi ora-
sida faol ishtirok etish va fuqarolarning ruhiy birdamligini
mustahkamlash yordamida ushbu jamoaning maqsadiga erishishi
bilan uning muammolarini hal qilishdir.
AHOLIGA TIBBIY - IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISHNI
TASHKIL ETISH
Tibbiy - ijtimoiy xodimlar aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish-
da ishtirok etadilar. Aholiga tibbiy-ijtimoiy xizmat – kasalliklar-
ni oldini olish,
davolash, tashxislash kabi tibbiy va bemorlarni
parvarish qilish, ishlash qobiliyatini yo‘qotgan va nogironlarga
11
shoshilinch yordam ko‘rsatish bilan birga ularga nafaqa to‘lash
kabi ijtimoiy yordamni o‘z ichiga oladi.
Birlamchi tibbiy
yordam olish asosiy tibbiy xizmat turlariga kiradi. U o‘z ichiga
ko‘p tarqalgan kasalliklarni davolash va muhim kasallar profi-
laktikasi, shikastlanish, zaharlanish va boshqa shoshilinch holat-
larda birinchi yordam ko‘rsatish, sanitariya - gigiyenik va epide-
miyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazish, onalik va bolalikni himoya
qilish kabi tadbirlarni o‘tkazish va aholiga yashash joyiga qarab
tibbiy - ijtimoiy yordam berishni oladi. Tibbiy - ijtimoiy yordam –
bu salomatlikni tiklash, saqlash, mustahkamlash va tutib turish-
ga qaratilgan kasbiy faoliyatdir.
Bu sog‘liqni saqlash va aholini
ijtimoiy himoya qilish xiz-
matlari tutashgan qismlaridan shakllanib, tibbiy xodimlar faoliyati
bilan o‘zaro bog‘langandir. Tibbiy - ijtimoiy yordamni kerakli
tibbiy bilimlari bor ijtimoiy xodim amalga oshiradi. Tibbiy -
ijtimoiy yordam ijtimoiy xodim vazifasining
katta qismini tashkil
etadi. Uning asosiy maqsadi – jismoniy va ruhiy nuqsoni bor
shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismining
salomatligini saqlashdir. Tibbiy - ijtimoiy
yordamning parvarish
obyektlari nogironlar, yoshi o‘tgan va qari kishilar, yetim bolalar,
yosh onalar, ko‘p bolali oilalar, qochoqlar, ishsizlar kabi tibbiy va
ijtimoiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha alohida guruhlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: