23
o‘rtasidagi munosibat andozasi quyidagicha bo‘lgani ma’quldir:
bemor barcha ma’lumotni
bilishga haqli, tibbiy yordam
ko‘rinishini tanlashi va uni nazorat qilishi lozimdir. Shifokor
bunda mas’ul ekspert rolida faoliyat ko‘rsatadi.
Fan va texnikaning jadal rivojlanishi tibbiyotning ancha
oldinlab ketishiga sabab bo‘ldi. Natijada, yangi dori moddalari,
yangi diagnostik davolash asbob - uskunalari paydo bo‘ldi.
Organ va to‘qimalarni ko‘chirib o‘tkazish, bepushtlikdan aziyat
chekayotgan ayollarni sun’iy urug‘lantirish, genetik kasalliklarni
davolash, insonni jonlantirish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Bu
tibbiy etika qarashlarini qayta ko‘rib chiqishga sabab bo‘ldi.
Natijada, etikaning yangi yo‘nalishi bioetika (tiriklar etikasi)
rivojlana boshladi. Bioetika bu tirik
qolish va yashash uchun
sharoitlarni yaxshilash haqidagi fandir. Bioetika – davolash
usullarini tanlash va ilmiy imkoniyatlarni amaliyotda qo‘llash
javobgarligini oshirishdir.
1991-yilda tashkil etilgan Bioetiklar Xalqaro uyushmasi
quyidagi ta’rifni bergan:
«
Bioetika – yangi biotibbiy texnolo-
giyalarni qo‘llaganda kelib chiqadigan ijtimoiy, huquqiy va etnik
oqibatlarni o‘rganuvchi fandir
»
.
Bioetika umuminsoniy qadri-
yatlarni va axloqiy normalarni inkor etmaydi, balki ular asosida
inson huquqi, har qanday tuzalmas kasallikka chalingan bemor-
larga lozim davolanish huquqi masalalarini ko‘tarib kelmoqda.
U yangi texnologiyalarni qo‘llash natijasida bemorlarga yetka-
zilishi mumkin bo‘lgan zarardan himoya qiladi.
«
Zarar
yetkazma
»
qonuni adolat va haqiqat tamoyillariga rioya qilishni
talab qiladi. Shu bilan birga, bioetika inson salomatligini tashqi
dunyo bilan bevosita bog‘liqligini ta’kidlab, shifokorni, tibbiyot
hamshirasini, tibbiy - ijtimoiy xodimni dunyo bilan hamohang
yashashni o‘rgatishi va kelajak avlodga
uni avaylab saqlangan
holda qoldirilishini o‘rgatishi kerak. Yangidan yangi tibbiyot
texnologiyalar zamonida bioetika yangi texnologiyalarni
insoniyatga xizmat qilishini ta’minlab, uni insoniyatga, uning
nasliga, tashqi atrof - muhitga salbiy ta’sirini
oldini olishi
lozimdir.
Dostları ilə paylaş: