O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova


PROFESSIONAL NUQSONLAR VA ULARNING OLDINI



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   102
PROFESSIONAL NUQSONLAR VA ULARNING OLDINI 
OLISH 
 
Uzoq vaqt yatrogen kasalliklar deb, tibbiy xodimlarning 
noto‘g‘ri qilgan harakatlari, aytgan so‘zlari natijasida bemorda 
yuzaga keladigan noxush holatlar hisoblangan. Hozirgi kunda 
yatrogen kasalliklar 3 guruhga bo‘linadi:

yatropsixogeniya
– bemorning ruhiy holatiga ta’sir etuvchi 
noxush holatlar;

yatrofarmokogeniya
– dorilar bilan davolash davomida 
ularning bemor organizmiga salbiy ta’sir etishi;

yatrofiziogeniya 
– davolash tadbirlarini bemor salomatli-
giga noxush ta’sir qilishi. 
Davlatimiz qonunchiligida fuqarolar salomaligini himoya 
qilish qonun tomonidan belgilab qo‘yilgan. Tibbiy xodimlar o‘z 
faoliyat davrlarida bemorga yatrogen ta’sir ko‘rsatishlari mum-
kin. Bu holatlar uchga bo‘linadi: baxtsiz hodisalar, shifokor 
xatolari va jinoiy javobgarlikka tortiladigan professional xato-
liklar yoki jinoyatlar.
Tibbiyot amaliyotida baxtsiz hodisalar deb, tibbiy yordam-
ning tasodif tufayli bemor organizmiga noxush ta’siriga aytiladi. 
Bunday natijani oldindan ko‘ra olish mumkin emas. Bunday 
holatlarga tekshirish vaqtida aniqlanmagan ba’zi dori preparat-
lariga bo‘lgan allergiya holati misol bo‘lishi mumkin.
Shifokor yoki tibbiy xodim xatolari ma’lum holat va 
sharoitga bog‘liq bo‘lib, bu holatlar tibbiy xodim aybini biroz 
yumshatishi mumkin. Bu xatoliklarga kerakli bilimlar va 
tajribaning yetishmasligi, tashxis va davolash usullarining yetarli 
darajada mukammal emasligi, kerakli tashxis apparatlarining 
yo‘qligi, kasallikni tekshirish va aniqlash uchun vaqtning ozligi 
va mazkur kasallikning bemorda noodatiy kechishi misol bo‘la 
oladi. 
Tibbiy xodim xatoliklari quyidagicha tasniflanadi:
• tashxislash vaqtidagi xatoliklar; 
• davolash jarayonidagi xatoliklar; 


27 
• davolashda texnik vositalardan foydalangandagi xatoliklar; 
• davolashni tashkil qilishdagi xatoliklar; 
• tibbiy hujjatlarni yuritishdagi xatoliklar; 
• tibbiy xodim faoliyatidagi xatoliklar. 
Tibbiy xodim xatoliklarini oldini olish maqsadida shunday 
holatlar yuz berganda uni boshqa tibbiy xodimlar orasida 
muhokama qilish maqsadga muvofiqdir. Xatoliklarni kelib 
chiqishiga sabab bo‘luvchi holatlarni o‘rganib, keyinchalik 
ularni oldini olish har bir tibbiy xodimlarning muhim 
vazifasidir. O‘z xatosini tan olish tibbiy xodimlardan mardlikni, 
sofdillikni, o‘z ishiga vijdonan qarashni talab qiladi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin