ETIKAGA XOS TUSHUNCHALAR Bemorlar bilan ish olib borayotgan ijtimoiy tibbiy xodim
bemorda, bemor va bemorlar orasida, tibbiy-ijtimoiy xodim
hamda bemor orasida bo‘ladigan salbiy holatlarga e’tiborni
qaratishi lozimdir. Bu holatlar egogeniya, egroteginiya va
yatrogeniya holatlari deyiladi.
Egogeniya – bemorning o‘ziga salbiy ta’sir ko‘rsatishidir.
Bu kasallik sabablarini bo‘rtirib ko‘rsatish, tushkunlikka tushish
va boshqacha ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu holatlarga
bemorlarning ruhiy emotsional holatidagi tushkunlik, diniy
qarashlar, o‘limdan qo‘rqish va davolash - tashxis muolajalariga
hadiksirab qarash sabab bo‘lishi mumkin. Egogeniyani oldini
olishda tibbiy - ijtimoiy xodimning asosiy vazifasi bemorni
tezda sog‘ayib ketishiga bo‘lgan ishonchini orttirishdir.
Egroteginiya – bemorlarning bir - biriga salbiy ta’siri bo‘lib,
shifoxona sharoitida juda katta ahamiyatga ega. Bemorlar ko‘p
hollarda bir-birlariga tibbiy xodimlarga qaraganda ko‘proq
ishonadilar. Shuning uchun tibbiy - ijtimoiy xodim sharoitni
yaxshi bilishi va bu holatni oldindan ko‘ra olishi kerak.
Yatrogeniya – tibbiyot xodimlarining noto‘g‘ri xatti - hara-
katlari yoki munosibatlaridan keyin kelib chiqadigan holatlar
(natijada kelib chiqadigan kasalliklar yatrogen kasalliklar
deyiladi).
Yatrogen kasalliklarga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: 1.Kasallik tashxisi yoki natijasini shoshma-shosharlik bilan
yoki isbotsiz bemorga ma’lum qilish.
2.Noto‘g‘ri tashxis qo‘yish, davo muolajalarini noto‘g‘ri
bajarish yoki bemorga noto‘g‘ri tushuntirish.
3.Tibbiyot xodimlarining o‘z ishlariga mas’uliyatsiz qarashi.
Bemorlarning qanchalik tez sog‘ayib ketishi tibbiy - xo-
dimlarining, tibbiy ijtimoiy xodimlarining o‘z ishlariga qancha-
lik mas’uliyat bilan yondoshishlariga bevosita bog‘liqdir. Bu esa
26
xodimlarning axloqiy qoidalarga rioya qilishlari va davolash
jarayoniga to‘g‘ri tatbiq etishlarini talab etadi.