O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102
Natijalarni baholash 
 
Uyga tashrif jarayonida baholash tamoyillari: 
1. Qo‘yilgan maqsadga erishildimi? 
2. Tibbiy -ijtimoiy xodim parvarishi samarali bajarildimi? 
3. Bemor va uning oilasining o‘zini tutishida o‘zgarish 
bormi? 
4. Tibbiy -ijtimoiy xodim parvarishi to‘g‘ri bo‘ldimi? 
5. Bemor va uning oilasi qoniqdimi? 
Natijalarini baholash oxirgi bosqich bo‘lsada, jarayonni bo-
shi ank o‘rib chiqishini ko‘zda tutadi. 
 
Nazorat savollari: 
 
1.
Aholiga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish asoslarini aytib 
bering? 
2.
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti, Qizil Xoch va Qizil 
Yarim Oy tashkilotlarining tarixi va ularning vazifalarini sanab 
bering. 
3.
Tibbiy-ijtimoiy xizmati maqsad va vazifalari nimalardan 
iborat? 
4.
O‘zbekistonda tibbiy ijtimoiy ta’limi tizimidagi islohotlar 
haqida nimalarni bilasiz? 
5.
Tibbiy-ijtimoiy xodim faoliyati nimalardan iborat? 
 
 
 
 


20 
 
TIBBIY - IJTIMOIY XODIM ODOBI, UNING AXLOQIY 
VA MA’NAVIY, HUQUQIY MAS’ULIYATI 
Etika
(grekcha aethos – yurish - turish, axloq) – falsafiy 
fan bo‘lib, axloq va axloqiy muammolarni o‘rganadi. Kasbiy eti-
ka bu kasbiy faoliyat jarayonidagi xulq-atvor tamoyillari hisob-
lanadi. 
«
Tibbiy etika
»
ning ikki yo‘nalishi bo‘lib, birinchisida 
kasbiy tibbiy axloq va tibbiy amaliyotni boshqarib turadigan 
axloqiy munosibatlar aks etsa, ikkinchisida ilmiy fan sifatida 
kasbiy axloqni o‘rganadi. Tibbiyotda axloqiy munosibatlarning 
o‘ziga xos xususiyati shuki – tibbiy xodimlar kasbiy faoliyat-
larida salomatlik va kasallik, insonning og‘riq va azoblariga 
bog‘liq holda faoliyat ko‘rsatadilar. Shuning uchun ular avvalo 
bemor, vaqti kelsa jamiyat uchun beminnat xizmat qiladilar.
Axloq 
– bu odamlarning jamiyatdagi o‘zlarini tuta bilish 
qoidalari bo‘lib, jamoaning hayot tarziga va jamiyatning 
iqtisodiy rivojlanishiga o‘zaro bog‘liqdir. Axloq odamlar orasida 
munosabatlarni va ma’lum ijtimoiy tizimini belgilaydi. Axloqiy 
tushunchalaridan biri burchdir.
Burch 
– odamlarga, jamiyatlarga nisbatan o‘z majburiyat-
larini bajarishdir. O‘rta tibbiy xodimning burchi – uning 
bemorlar, hamkasblari va jamoa bilan tarixan shakllangan 
munosibatlari bo‘lib, bu nafaqat bemorga nisbatan o‘z burch-
larini sidqidildan bajarishi, balki boshqa odamlar salomatligi 
haqida qayg‘urish, profilaktik tadbirlar va sanitariya targ‘ibot 
tadbirlarini o‘tkazish, tibbiy sirni saqlash, millati, irqi, siyosiy 
qarashi va dinidan qat’i nazar bemorga yordam ko‘rsatishidir. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin