O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   102
 
Ma’lumotni tahlil qilish 
 
 
Ma’lumotlarni tahlil qilish degani, bu ma’lumotlarni ko‘rib 
chiqish, baholash, muammolarni aniqlashtirish va zarur yor-
damni aniqlashdir.
 


17 
Uyga tashrif davomida parvarish muammolarini aniqlash 
 
Tibbiy-ijtimoiy xodimlarning asosiy vazifasi ijtimoiy himo-
yaga muhtoj kishilar (yolg‘iz qariyalar, kam ta’minlangan oila-
lar, ijtimoiy - maishiy parvarishga muhtojlar va boshqalar) ga 
yordam ko‘rsatish. Buning uchun avval bemorlarning kundalik 
hayotdagi faolligi asosida ularning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsata 
olish imkoniyati aniqlanadi. Baholash varaqasiga kundalik hayot 
uchun ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlanish, yechinish va kiyi-
nish, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish va ovqatlanish faoliyatlari 
bo‘yicha birlamchi o‘z-o‘ziga xizmat darajasi qayd etiladi. Bu 
faoliyatlarning buzilishi turli darajada bo‘lishi mumkin.
Bemorning harakatlanishiga baho berishda uning mustaqil, 
birovning yordamisiz jamoat transportidan foydalana olishi, 
uyida bemalol harakatlana olishi, o‘rnidan tura olishi, o‘rnida 
o‘girila olishi, kerakli mahsulotlarni xarid qila olishi, zinadan 
tushishi va chiqishi kabi faoliyatlari baholanadi.
Kiyinish faoliyatini baholaganda ichki, ustki, bosh 
kiyimlarini va poyafzalini mustaqil kiyishiga ahamiyat beriladi. 
Vannada, dush ostida mustaqil cho‘milishi (butun tanasini 
va sochlarini yuvishi, sovun va mochalkadan foydalana olishi), 
tishlarini mustaqil tozalashi, soqolini olishi, hojatga mustaqil 
bora olishi kabi faoliyatlar shaxsiy gigiyena talablarini bajara 
olishini baholaganda aniqlanadi. 
Ovqatlanishini baholaganda ovqat tayyorlay olishi, tayyor 
ovqatni isita olishi e’tiborga olinadi. 
Har bir faoliyat 0 dan 1 ballgacha baholanadi: 
• 0 ball mustaqil barcha harakatlarni bajara oladi, hamma 
faoliyatni yurita oladi. 
• 0,5 ball yordamchi va texnik vositalar (hassa, invalid 
kreslosi, yurish uchun moslama) yordamida bajara oladi. 
• 1,0 ball faoliyat butunlay buzilgan. 
Shundan so‘ng kundalik hayotdagi boshqa faoliyatlari baho-
lanadi: oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishi va uyga keltirishi, 
uyining tozaligini ta’minlanishi, kirlarini yuvishi kabi faoliyatlar. 
Bemorning ruhiy holatini, kundalik hayot talablarini 
bajarishda undagi sabr-bardosh darajasini aniqlash ham muhim 
ahamiyatga ega. Kishilarning ruhiy holati odatda o‘z - o‘ziga 


18 
xizmat ko‘rsatishdagi jismoniy holati darajasiga bevosita bog‘liq 
bo‘ladi. 
Ma’lumotlarni tahlil qilgan va umumlashtirgan holda 
parvarish muammosi aniqlanadi. Muammolarni hal qilish va 
tibbiy ijtimoiy xodim parvarishini tuzish bo‘yicha muammoning 
ustunlikning muhimligini aniqlash muhimdir.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin