12
• mijozlarga ijtimoiy-maishiy va uy-joy muammolarida yor-
dam berish;
• oila bo‘yicha maslahatlar berish.
Aralash yordam:
• mijozlarni sog‘lom turmush
tarzi qoidalari bilan ya-
shashga o‘rgatish;
• oilani rejalashtirish;
• tibbiy-ijtimoiy ekspertizalar o‘tkazish;
• nogironlarni tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiyasini tashkil etish;
• klinik tibbiyot amaliyotining psixiatriya, narkologiya, onko-
logiya, geriatriya va boshqa sohalarida
ijtimoiy izlanishlar olib
borish;
• OIV infitsirlanganlar va ularning oilalarining ijtimoiy
himoyasini ta’minlash;
• ijtimoiy - huquqiy maslahatlar berish.
Tibbiy
-
ijtimoiy yordam sog‘liqni
saqlash va aholini ijtimoiy
himoya qilish muassasalari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
TIBBIY-IJTIMOIY PATRONAJ
Patronaj
–
fransuzcha (patron – homiy, homiylik) tibbiy
ijtimoiy yordam turi bo‘lib, uyda amalga oshiriladi.
Uydagi patronaj
– shaxs va uning oilasiga uyda bevosita va
maishiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha asosiy faoliyatdir.
Uydagi
patronaj vaqtida ko‘rsatiladigan yordam: tibbiy ijtimoiy xodim
parvarishi, sog‘liq bo‘yicha
maslahatlar berish, sanitariya oqar-
tuv ishlari, oila bilan munosibatlarni nazorat qilish, ijtimoiy xiz-
matlarni yuritish, yolg‘iz yashovchi bemorlarga uy yumushlarida
yordam berish, jamiyat bilan
munosibatlarni nazorat qilish,
qo‘llab - quvvatlovchi guruh a’zolarini boshqarishdir. Tibbiy –
ijtimoiy patronajni ijtimoiy xodimlar,
mahalla tibbiyot hamshi-
ralari, Qizil Yarim Oy jamiyati xodimlari va turli xil jamiyat va
fond a’zolari amalga oshiradilar.
Dostları ilə paylaş: