O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova


Bemorga va uning oilasiga 24 soat, 365 kun yordam ko‘rsatish



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   102
 
Bemorga va uning oilasiga 24 soat, 365 kun yordam ko‘rsatish 
uchun jamoaviy parvarish tizimini yaratish. 
 
Uy sharoitidagi parvarishning afzalliklari: 
1. Agar oila bemorni uy sharoitida parvarish qilish imkoniga 
ega bo‘lsa, kasalxonada ruhiy va ijtimoiy bosim, oila uchun 
davolash qiymati borasida iqtisodiy bosim qisqaradi. 


14 
2. Oila a’zolari uylarida o‘zlarini bexavotir sezadilar va 
shuning uchun o‘qitish ishlari osonroq kechadi. 
3. Tibbiy ijtimoiy xodim bemor va uning oila a’zolari 
salomatligiga ta’sir etuvchi omillarni kuzatishi va aniqlashi 
mumkin. 
4. Oila bilan aloqa shifoxonadagiga qaraganda uzoqroq 
bo‘lgani sababli bemor salomatligidagi har qanday o‘zga-
rishlarni aniqlashi mumkin. 
5. Ma’qul paytni tanlab o‘z vaqtida va to‘g‘ri harakat qilish 
mumkin. 
6. Oila a’zolari bemorni qarab turishlari ruhiy va jismoniy 
charchoqni his qilganlarida o‘rin almashishlari mumkin. 
Uy sharoitidagi parvarishning kamchiliklari: 
1. Klinikaga nisbatan ko‘p vaqt sarflanadi. 
2. Oila a’zolarining bemorga qarab o‘tirish vaqtida charchab 
qolishlari. 
3. Shoshilinch yordam ko‘rsatishdagi qiyinchiliklar. 
 
 Uyga tashrif vaqtida tibbiy-ijtimoiy xodim parvarishini qo‘llash 
Tibbiy - ijtimoiy xodim alohida kishi yoki oilaga ko‘rsati-
layotgan qo‘llab-quvvatlashga asoslangan holda turli obyektlarga 
ko‘mak ko‘rsatadi. Bu jarayon uyga tashrif davomida odatda
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1. Obyekt va oila ma’lumotlarini yig‘ish va olingan ma’lu-
motlarni tahlil qilish. 
2. Yordam ko‘rsatish rejasi. 
3. Rejani amalga oshirish. 
4. Baholash jarayoni. 
1.Ma’lumot yig‘ish. 
Tibbiy ijtimoiy xodim uydaligida obyekt haqidagi ma’lumot-
larini tizimli ravishda yig‘ib boradi. Ma’lumotlar nafaqat bemor 
va uning oilasidan bevosita olinadi, balki bemor bilan 
shug‘ullanuvchi shifokordan va a’zolaridan olinadi. Shuningdek, 
tashriflar vaqtida tibbiy-ijtimoiy xodim tomonidan yig‘iladi. 


15 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin