13
2. Oilaga yordam berish va sog‘lig‘ini
yaxshilash,
kasalliklarni oldini olishga alohida e’tibor berish.
3. Yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni tekshirish,
oila salomatligini kuzatish.
4. Yordam ko‘rsatish rejasini tuzish (patronaj maqsadi, rejasi
va vazifalarini ishlab chiqish).
5. Shaxs va oilaga yordam
berishda olgan bilimlari va
tajribasini aholi guruhiga va butun jamiyatga o‘tkazish.
Uydagi patronaj parvarish qilinadigan bemorlarning va
ularning oilalarining xilma - xilligini
hisobga oluvchi tibbiy-
ijtimoiy xodim xizmatidir. Bundan tashqari tibbiy ijtimoiy
xodim uzluksiz parvarishni ta’minlashi, turli mutaxassislar bilan
o‘zaro aloqa o‘rnatishi, aholining kam ta’minlangan qatlami va
nogironlarga ijtimoiy yordam berish to‘g‘risida bilishi kerak.
Patronaj vaqtida uy sharoitida og‘ir
kasallarga va yakuniy
davrdagi bemorlarga parvarish ko‘rsatiladi.
Uy sharoitida og‘ir kasallarga tibbiy ijtimoiy xodim parvari-
shi ko‘rsatishining asosiy jihatlari quyidagilardir:
1. To‘g‘ri tibbiy yordam va parvarishni taqdim qiluvchi,
shuningdek, insonni shaxs sifatida qo‘llab - quvvatlovchi tizimni
yaratish.
2. Mutaxassis va inson sifatada
chindildan hamdardlik
bildirgan holda ruhan yordam ko‘rsatish.
3. Ilmiy asosga ega to‘g‘ri bilim va ko‘nikmalarni taqdim
etgan holda qulay hayotni ta’minlash.
4. Shoshilinch holatlarda choralar
yuzasidan tushuntirishlar
berish va bemorning roziligini olish.
5. Bemor va uning oilasini fikrlarini hurmat qilgan holda par-
varish qilish va xizmatlarni qo‘llash imkoniyatlarini baholash.
Dostları ilə paylaş: