121
bemorga tushuntiradi. Bemorni
chalqanchasiga boshi ostiga
yostiq qo‘ymasdan yotqiziladi yoki o‘tkazib boshini orqaga
tashlashi so‘raladi. Burun yo‘llari shilliq bilan to‘la bo‘lsa, dori
tomizishdan oldin bemorning burun yo‘llari tozalanadi va
qoqishga yordam beriladi. Bolalarda esa burun steril paxta tam-
ponlar bilan tozalanadi. Tibbiy-ijtimoiy xodim chap qo‘lning
bosh barmog‘i bilan bemor burnining uchini biroz ko‘tarib,
tomizgichdagi dorini burun qanotlariga tekkizmasdan (bolalarda
har bir katagiga 4, kattalarda 6 – 7
tomchidan, yog‘li dori
moddalardan 15 – 20 tomchidan) tomiziladi, so‘ng bemor
boshini tomchi tomizilgan katagi tarafiga engashtirishi lozim.
Dori yaxshi ta’sir etishi uchun tomizib bo‘lgach,
burun
qanotlarini burun to‘sig‘i tomon bosib, boshini oldidan orqaga
va oldinga qilishi so‘raladi. Bir-ikki daqiqadan so‘ng burunning
ikkinchi katagiga dori tomiziladi.
Dostları ilə paylaş: