120
Teriga malhamni
surtib-singdirish
uchun qo‘llarini gigiyenik
darajada tozalab, qo‘lqoplarini kiyiladi va kerakli jihozlarni
tayyorlab olinadi. Sohani sovun bilan yuvib, quritiladi. Agar teri
sochli bo‘lsa, ustara bilan qiriladi.
Malhamni ozroq qismini
teriga uzunasiga hamda aylanma harakatlar bilan surtiladi va
teri quruq holga kelguncha davom ettiriladi.
Muolaja kichik yoshdagi bolalarda bajarilayotganda ularning
terisining nozikligini, qon tomirga boyligini va surish xususiyati
yuqori ekanligini hisobga olinadi.
Suyuq
dorilarni teriga
surtish
da tibbiy ijtimoiy xodim
qo‘llarini
gigiyenik darajada tozalab, qo‘lqoplarini kiyadi va
kerakli jihozlarni tayyorlab oladi. Steril yog‘och
surtma uchiga
paxta o‘rab, menzurkaga solingan dori moddasi ho‘llanadi va
kerakli sohaga surtiladi. Kuchli ta’sir etuvchi dorilar terini
ta’sirlamasligi uchun dori moddasini teriga chiziq - chiziq qilib
surtiladi. Ishlatib bo‘lgach menzurkadagi dori moddasi to‘kib
tashlanadi, jihozlarni zarasizlantiruvchi eritmaga solinadi.
Dostları ilə paylaş: