O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   102
Ko‘z kasalliklarni davolashda
turli xil eritmalar va malham-
lar qo‘llaniladi. Ulardan maqsad mahalliy ta’sir qilishdir.
Ko‘zga tomiziladigan tomchi dorilarning steril saqlanishiga 
tibbiy-ijtimoiy xodim alohida e’tibor berishi zarur. Dorilar 
ko‘zga tomizgich
orqali tomiziladi. Bemorga muolaja mohiyati 
va maqsadini tushuntiradi. Qo‘llarini gigiyenik darajada tozalab, 
qo‘lqoplar kiyiladi va dori moddasini xona haroratigacha isitadi. 
Bemorga stulga o‘tirishini taklif qilib, boshini orqaga tashlab 
yuqoriga qarashini so‘raladi. Chap qo‘lining bosh barmog‘i 
ostiga steril paxta sharcha qo‘yib, yuqori qovoqni tepaga 
tortiladi. O‘ng qo‘ldagi tomizgichga dori olib, ko‘z olmasini 
yuqori qismiga (ko‘z olmasini soat siferblati deb tasavvur 
qilinsa, bu 12 raqamga to‘g‘ri keladi) 1–2 tomchi tomiziladi. 
Qovoq chetlarini qo‘ldagi paxta sharcha yordamida quritiladi.
Ko‘zga malham
surtish uchun dori moddasini xona haro-
ratigacha isitiladi. Pastki qovoqni pastga tortib, malham tyubigi-
ning toraytirilgan uchini ko‘zning ichki burchagidan tashqarisiga 
yo‘naltirilib, malhamni sekin chiqariladi, so‘ng ko‘zni yumishni 
so‘raladi. Ko‘zni yengil uqalaniladi – bunda malham ko‘z 
bo‘ylab bir xil tarqaladi. Tibbiy - ijtimoiy xodim malhamni 
shisha tayoqcha bilan qo‘ymoqchi bo‘lsa, aseptika qoidalariga 
rioya qilish maqsadida har bir bemor uchun alohida shisha 
tayoqchadan foydalanish kerakligini bilishi lozim. Steril shisha 


122 
tayoqchaga malhamni siqib chiqarib, dorili tarafini burunga 
qaratib, gorizontal yo‘naltiradi. Pastki qovoqni tortib, malhamli 
tayoqchani dorili tarafini ko‘z olmasiga bo‘sh tarafini qovoqqa 
qaratib joylashtiradi. Pastki qovoqni qo‘yib yuborib, bemordan 
kuch ishlatmasdan ko‘zlarini yumishini so‘raladi. Shisha tayoq-
chani chakkaga yo‘naltirib yumilgan qovoqlar orasidan chiqa-
riladi, malhamni ortiqchasini doka bo‘lagi yordamida olib 
tashlanadi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin