O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   102
Nazorat savollari: 
 
1.
Me’da - ichak yo‘li muammolariga nimalar kiradi? 
2.
Me’da - ichak yo‘li muammolarida bemorlar qanday 
parvarish qilinadi? 
3.
Siydik yo‘li muammolariga nimalar kiradi? 
4.
Siydigi tutilib qolgan va siydigini tutib turolmaydigan 
bemorlar qanday parvarish qilinadi? 


118 
DORI VOSITALARNI SAQLASH VA QO‘LLASH 
Bemorlarni dori - darmonlar bilan davolashga katta e’tibor 
berish zarur. Tibbiy - ijtimoiy xodim dorilarni qanday saqlash 
va ularni qaysi vaqtda qabul qilishni bilishi talab qilinadi. Doza 
va dorilarni qabul qilish oralig‘idagi vaqtga qat’iy rioya qilish 
lozim.
 
DORI VOSITALARNI SAQLASH 
Dorilar shkafchada yoki qutida ma’lum bir tartibda saq-
lanadi. Bog‘lov materiali, shpritslar va bemorlarga qarash uchun 
ishlatiladigan boshqa vositalar dorilardan alohida saqlanishi 
kerak. Dorilarning saqlanishi ko‘p sabablarga, shakliga (poro-
shoklar, tabletkalar, miksturalar), xona harorati va namligiga
yorug‘lik tushishiga, og‘zining qanday mahkamlanganligiga 
bog‘liq. Damlamalar va qaynatmalar tez buziladi, shu sababli 
ularni salqin joyda, yaxshisi sovutkichlarda saqlash maqsadga 
muvofiq, foydalanishdan avval isitish zarur. Spirtli va efirli 
eritmalarni saqlashda ular bug‘lanib, dori moddasi birmuncha 
quyuqlashib qolishi va dozasi oshib, organizmni zaharlashi 
mumkinligini unutmaslik kerak. Malham va turli xil yog‘lardan 
tayyorlangan dorilar birmuncha tez ayniydi, shu bois ular salqin 
joyda saqlanishi kerak. Yorug‘likda parchalanadigan moddalar 
(kumush nitrat, yod, brom) to‘q rangli shishalarda beriladi va 
qorong‘i joyda saqlanadi. O‘tkir hidli dorilar va oson alang-
lanadigan, moddalar alohida saqlanishi kerak. 
Davolash profilaktika muassasalarida dorilar shkafda guruh-
lar bo‘yicha (steril, ichki, tashqi dorilar) alohida javonlarda 
joylashtiriladi. Har bir javonda tegishli yozuv bo‘lishi kerak. 
Javonlardagi dorilarni ularning turiga qarab joylashtiriladi. Orqa 
tomonda yirikroq idishlar, old tomonda maydaroqlari qo‘yiladi. 
Bu har bir etikani o‘qish va kerakli dorini tezroq topib olishga 
imkon beradi.


119 
Davolash profilaktika muassasalarida zaharli va kuchli ta’sir 
etuvchi dori moddalar alohida sharoitda saqlanadi. Ularni 
saqlash uchun katta bo‘lmagan seyflar bo‘lib, ularning ichki 
devorida saqlanishi lozim bo‘lgan dorilar ro‘yxati osib qo‘yiladi. 
A shkafda zaharli moddalar (narkotiklar, strixnin, mishyak), B 
shkafda esa kuchli ta’sir qiladigan (kodein, adrenalin) va 
uxlatadigan moddalar turadi. Zaharli va kuchli ta’sir etadigan 
dorilar sarfini hisoblash uchun 2 ta daftar bo‘ladi. Bu daftarlar 
nomerlangan, ip o‘tkazilgan va shu davolash muassasasining 
muhri bilan muhrlangan bo‘lishi kerak. Zaharli va kuchli do-
rilar, shuningdek, ularni hisoblash daftari, ularning saqlanishiga 
kafil bo‘la oladigan sharoitlarda saqlanishi kerak.
Zaharli va kuchli ta’sir etadigan dorilarni noto‘g‘ri saq-
langan va talon-toroj qilgan tibbiy xodimlar jinoiy javobgarlikka 
tortiladi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin