. Infeksiya
(lotincha
infectio
– ifloslanish, yuqish degan
ma’noni anglatadi) – bu kasallik tug‘diruvchi mikroorganizm-
larning organizmga kirishi bo‘lib, bunda organizm bilan ular
orasida murakkab jarayonlar majmuyi rivojlanadi.
42
. Infeksion jarayon
– bu ma’lum tashqi muhit sharoit-
larida kasallik qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga javoban organizmda
yuzaga keladigan fiziologik himoya va patologik reaksiyalar
majmuyidir.
43
. Yuqumli kasallik
–
bu biologik, kimyoviy, klinik va epi-
demiologik tartibdagi o‘zgarishlar va turli belgilar shaklida
yuzaga keladigan infeksion jarayon rivojlanishning eng oxirgi
davridir.
44.
Dezinfeksiya
– obyekt, muhit, jihozlardagi yuqumli ka-
sallikni chaqiruvchi mikroorganizmlarni yo‘qotishga qaratilgan
chora-tadbirlardir.
45.
Profilaktik dezinfeksiya
– hali kasallik kelib chiqmagan
joyda olib boriladigan dizenfeksiyaga aytiladi (xonalarni tozalab
turish, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, jamoat joylari,
uy va hovlilar tozaligini saqlash va hokazolar).
46.
O‘choqdagi dezinfeksiya
– yuqoridagi ishlar bajarilma-
ganligi natijasida kasallik kelib chiqqan joyda o‘tkaziladigan
tadbirlarga aytiladi.
47.
Mexanik
usullarga xona va undagi buymlarni ho‘l latta
bilan artish, kiyim-kechak va ko‘rpa - yostiqlarni qoqish, chang
yutqich bilan tozalash, xonani shomollatish, oqlash, bo‘yash,
qo‘lni yuvish va boshqalar kiradi. Bu usulda 50–70% mikroblar
bartaraf etiladi
48.
Fizik usul
– qurutish,
quyosh nuri, ultrabinafsha nurlar
(simob, kvars lampalari), olov (axlat, chiqindilarni yoqish, me-
tall buyumlarni qizdirish), qaynoq suv, zararsizlantirish xonala-
rida maxsus apparat (avtoklav) da suv bug‘i va issiq havoda
foydalanishdir.
Dostları ilə paylaş: |