Qo‘zg‘aluvchanlik o‘lchovi — qo'zg'alishni ta’minlash uchun sarf
bo'lgan eng kam energiya tok kuchidir. Bunga ta’sirot bo'sag'asi yoki
reobaza deyiladi. Odatda to'qim alarning qo'zg'aluvchanligi qanchalik
yuqori bo'lsa, unga sarflanadigan tok kuchi shunchalik kam bo'ladi. Shu
www.ziyouz.com kutubxonasi
bilan birga qo'zg'alishni keltirib chiqaradigan ta’sirot (tok) qo'zg'alishni
qancha vaqt ichida keltirib chiqarishi ahamiyatga ega. Q o'zg'alish vujud
ga kelishi uchun bir reobaza tok kuchida ta’sirot ta’sir etishining eng
kam vaqtiga foydali vaqt deyiladi. Ikki reobaza tok kuchi esa xronaksiya
deb ataladi. Xronaksiya bilan reobaza to'qim alarning fiziologik holatini
aniqlaydi. Q o'zg'aluvchanlik charchagan to'qim alarda pasayadi, o'rtacha
faoliyat jarayonida esa ortadi. To'qimalar qo'zg'algan vaqtda, ularga ta’sirot
berganda to'qim alar javob berish xususiyatini yo'qotadi. Bunga absolut
qo'zg'aluvchanlik (refrakterlik) deyiladi. To'qimalarning absolut q o 'zg 'al-
maslik holati bir oz vaqt o'tgach, asli holatiga keladi. Bu vaqtda ta’sirot
sust bo'lsa-da, qo'zg'alish paydo bo'lib, so'ngra normaga keladi. Masa
lan, yurak qisqargan (sistola) vaqtda esa ta’sirot berilsa ham qo'zg'alish
bo'lmaydi. Bo'shashgan (diastola) paytda esa ta’sirot yurakda navbatdan
tashqari qisqarish (ekstrasistola)ni vujudga keltiradi. Bunday hodisa yurak-
dagi qo'zg'aluvchanlikning normal holatga kelganini ko'rsatadi.
Odam organizmida, odatda, uch xil muskul tafovut etiladi: 1) skelet,
ko'ndalang-targ'il yoki ixtiyoriy qisqaruvchan muskullar;
2
) yurak muskuli
garchand ko'ndalan g -targ 'il muskuldan tuzilgan bo'lsa-da, ixtiyorsiz
qisqaruvchandir; 3) silliq yoki ixtiyorsiz qisqaruvchan muskullar. Mus-
kullarning asosiy vazifasi qisqaruvchanlik bo'lib, qisqargan vaqtda muskul
tolalari taranglashadi va harakat vazifasini bajaradi. Natijada odam o 'z
gavdasini fazoda
saqlaydi, harakatlanib bir joydan ikkinchi joyg a
q o'zg 'alad i yoki biror mehnatni bajaradi. Yurak muskullari qisqarib-
bo'shashib, qon aylanishini doimiy ta’minlaydi. Silliq muskullar qisqar-
Muskullar fiziologiyasi
Yuqori Voltli
ganda esa ichki a ’zolar o 'z va
z ifa sin i m uay y an b a ja ra d i.
Muskul tolalari bu xilma-xil va
zifalarni nerv-muskul sistema
si orqali bosh miya ta’sirida ba
jaradi.
94-rasm. A - Harakat polensialining sxemasi.
В - harakat potensialining turli fazalarida nerv
tolasi qo'zg'aluvchanligining o'zgarishi.
О
с
CO (0
■cc
о
Supernormal davr
Vaqt, m s e k
Muskul to'qim alarida, shu
jum ladan, k o 'n d a la n g -ta rg 'il
muskullarda ham ta ’sirlanish-
qo'zg'alish bilan javob berish
(qo'zg'aluvchanlik), qisqaruv
chanlik va qo'zg'aluvchanlik-
ni o'tkazish (o'tkazuvchanlik)
kabi uchta fiziologik xususiyat
mavjud (94-rasm).
nerv
K o'ndalang-targ'il muskul
lar muskul tolalaridan iborat
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo'lib, ular muskul tolali parda — sarkolemma bilan o'ralgan, qisqarish
xususiyatiga ega bo'lgan miofibrillardan iborat. Miofibrillar o 'z navbatida
ikki xil (yo 'g 'o n va ingichka) iplardan tuzilgan. Y o 'g 'o n iplar (protofib-
rillar) miozin oqsil moddalardan, ingichkasi esa faol oqsil molekuladan
tashkil topgan. Sarkolemma sitoplazmasi (sarkoplazma) juda k o 'p sar-
koplazmatik kanalchalardan tashkil topgan to'rcha (retikulum) lardan tu
zilgan. Kanalchalar devori (membrana) moddalarni tanlab-tanlab o'tkaza
di. Jumladan, muskullar tinch turgan paytda sarkoplazmadagi kalsiy kationi
konsentratsiyasi sarkoplazmatik to'rchalardagiga qaraganda bir qancha
past bo'ladi. M uskullar qo'zg'alganda esa, aksincha, kalsiy kationi zudlik
bilan sarkoplazmaga o'tib, miozin oqsilini faollashtirib, ATFni parcha-
laydi. Shunday qilib, muskulning qisqarishi uchun zarur bo'lgan energiya
vujudga keladi.
Odatda, skelet muskullari harakatlantiruvchi (motor) nerv tolalarining
impulslari orqali qisqaradi. Odamda hajmi katta bo'lgan muskullaming
100
ga yaqin muskul tolalarini bitta nerv tolasi (akson) impulsi bilan
ta’minlasa, kichik muskullarda esa taxminan besh-o'nta muskul tolalariga
bitta nerv tolasi tarqaladi. Shuning uchun har bir aksonni tarqaladigan
muskul tolalari bilan birga motor birligi deb ataladi.
Nerv to'qim asiga qaraganda muskul to'qim alari birmuncha sekinroq
qisqaradi. Muskul tolasining biror qismida paydo bo'lgan qisqarish darhol
muskul bo'ylab tarqaladi.
Izotonik qisqarishda, asosan, muskul tolasining uzunligi o'zgarsa-da,
uning taranglik darajasi unchalik o'zgarmaydi.
Izometrik qisqarishda esa muskul tolasining uzunligi o'zgarm aydi.
Lekin unga ancha z o 'r keladi. Izotonik va izometrik qisqarishlami alohi
da m uskullarda k o 'rish mumkin. Lekin odam organizm ida bunday
qisqarishlar bo'lm aydi, chunki muskullar bo 'g'im ining bukilishi orqali
qisqarganda o'zining taranglashish darajasini o'zgartiradi.
Muskullar qisqarganda o'zining og'irligidan bir necha bor ortiq yukni
ko'tara oladi. Muskul kuchi uning ko'tara oladigan yuki miqdori bilan
o'lchanadi va ko'ndalang kesimi miqdoriga qarab aniqlanadi. M uskulning
1 sm li 2 ko'ndalang kesimi o'rtacha 10 kg gacha yuk ko'taradi. Bu
muskul kuchi absolut muskul kuchi deb ataladi.
Odam muskullarining absolut kuchini aniqlashda yuk uning yelkasiga
qo'yilib, oyoq uchida (barmoqlarda) turish bilan aniqlanadi. Bunda boldir
muskullari taranglashib, yukni ko'taradi. Muskulning absolut kuchi yukni
uning ko'ndalang kesimiga bo'lish bilan aniqlanadi. Jismoniy mashqda
muskul tolalari yo'g'onlashib, bir-biridan uzoqlashib, bo'sh holda (ular
orasida biriktiruvchi to 'q im a ko'payadi) joylashadi. Shunday qilib,
muskullar ko'ndalang kesimining hajmi va kuchi oshadi. M uskulda yuk
miqdori o'rtacha bo'lgandagina ko'proq ish bajaradi. Yuk miqdorining
www.ziyouz.com kutubxonasi
oshishi yoki kamayishi tezda charchashga sabab b o iad i. Shu bilan birga
muskullaming ish ritmi bir xil bo'lishi shart. Agar ish ritmi tezlashsa
yoki sekinlashsa, odam tez charchab qoladi. Shuning uchun jismoniy
ishni ham, sport bilan shug'ullanishni ham bir xil ritmda bajarish maqsadga
muvofiq va bajarilgan ish unumli bo'ladi.
O D A M G A V D A S IN IN G S T A T IK A S I V A D IN A M IK A S I
Odam gavdasining biror qismi harakatga kelganda, avvalo shu harakat
qaysi bo'g'im da sodir bo'layotganini, b o 'g'im lar holatini, muskullaming
qay tarzda ish bajarayotganini ko'z oldimizga keltirishimiz kerak. Jumladan,
tik turgan odam gavdasining og'irligi, asosan, tovon suyagiga va oyoq
kaftiga tushadi. Odamning oyoq tayanch sathi panjalar ostidagi sathning
o'zigina bo'lm ay, ana shu panjalar orasidagi sath ham tayanch yuzasiga
kiradi. Shuning uchun oyoq panjalarini bir-biriga jipslashtirib qo'ygandan
k o 'ra bir-biridan uzoqlashtirib (yelka kengligida) tik turish ancha osonroq
va muskullardan kam ish talab qiladi, bir oyoqda turganda esa muskullarga
ancha zo'r keladi.
Umuman odam gavdasining muvozanatda saqlanishi uchun gavdaning
og'irlik markazidan o'tib vertikal chiziq gavda tayanch sathining ichidan
o'tishi kerak. Ana shundagina gavdani vertikal holatda saqlab turish
mumkin.
Odam gavdasining turishi uch turga bo'linadi:
1) Normal tik turish. Bunda gavda bir oz orqaga tashlanadi. Bu holda
gavdaning og'irlik markazidan o'tgan tik chiziq oyoq bo'g'im laridan
o'tgan o 'q chiziqqa to 'g 'ri keladi.
2) Bemalol tik turish. Bunda odam gavdasining tik chizig'i oyoq
bo'g'im laridan o'tgan tik chiziqdan bir oz orqaroqdan o'tadi.
3) Kuch sa rf qilib («sm irno» holatida) tik turish. Bunda odam
gavdasining og'irlik markazidan o'tgan tik chiziq chanoq-son bo'g'im i-
dan o'tgan frontal o'qdan oldinroqdan o'tadi. Bu vaziyatda son va boldir
ning orqa tomonidagi muskullar qisqargan, oldingi tomondagi muskullar
esa bo'shashgan holatda bo'ladi.
Odam tik turganda oyoq panjasiga tayanadi, bunda tayanch nuqtasi
oshiq-boldir bo'g'im iga tushadi. Bu holatda boldirning oldingi va orqa
tomonida joylashgan muskullar baravar qisqargan bo'ladi.
Odam bir oyoqda turganda gavdaning o g 'irlik markazidan o'tgan tik
chiziq tayanch oyoq kafti tegib turgan sathning o'rtasidan o'tadi. Bunda
tayanib turgan oyoq muskullarining hammasi qisqargan holatda bo'ladi.
Yurish murakkab harakat bo'lib, u muskullar bilan birga tomirlar,
xususan nerv sistemasining faol ishtirokida amalga oshadi. Yurish muskullar
orqali vujudga keladi. Qon tomirlar ulami oziqlantirsa, nerv sistemasi
qisqarishini tartibga solib turadi. Tik turgan odam yurishga boshlaganda
www.ziyouz.com kutubxonasi
tana muvozanati o'zgarib, oyoq tomonga sal engashadi, aks holda yiqiladi.
Keyingi bosqichda ikkinchi oyoqni oldinga chiqarib, navbatdagi qadamni
tashlaydi. Odam yurganda og'irlik markazidan o'tgan tik chiziq tayanch
yuzasining oldingi chegarasiga yetadi va undan ham chiqib ketadi. Bu
holda odam muvozanatini dumba muskullarining qisqarishi ta’minlab turadi.
Oldinga tashlangan ikkinchi oyoq yerga oldin tovoni bilan, keyin esa
butun panjasi bilan tayanadi. Shunday qilib, oldinma-ketin oyoqlar o'rni
almashadi. Oldinga qadam tashlash soni to 'rt boshli va boshqa muskul
laming chanoq-son bo'g'im ida qisqarishidan yuzaga keladi. Bu vaqtda
orqada qolgan oyoq boldir muskullarining qisqarishi bilan yerdan itarila-
di. Nihoyat, oyoq fazoda qolib, son muskullarining qisqarishi bilan u
oldinga tashlanadi va harakat takrorlanadi.
Yurish vaqtida oyoq muskullaridan tashqari qo'l muskullari ham faol
qatnashadi. O 'ng
oyoq oldinga qadam tashlaganda o 'ng q o'l orqaga,
oyoq orqada bo'lganida qo'l oldinga chiqadi. Shunday qilib, odam yur
ganda o 'z muvozanatini saqlab qoladi. Odam yurganda ikkala oyoq fazo
da ko'tarilgan holatda bo'ladi, ya’ni «uchish» bosqichi bilan yurishdan
farqlanadi. Yugurayotgan odam da q o 'l harakatlarining tezlanishidan
tashqari, ensa muskullari ham qattiq qisqaradi.
Sakrash. Sakrash harakatini to 'rt bosqichga bo'lish mumkin.
Birinchi bosqich — sakrashga tayyorlanish bo'lib, bunda gavda bir oz
pastga bukiladi, ya’ni cho'kadi. Boldir-oshiq bo'g'im i yozilsa, tizza va
chanoq-son bo'g'im lari bukiladi. Bu bosqich boldirning oldingi guruh
muskullari, sonning orqa guruh muskullari bilan chanoq-son bo'g'im ini
harakatga keltiruvchi muskullar ishtirokida yuz beradi.
Ikkinchi bosqich — sakrash yoki yerni tepish. Bunda boldir b o 'g 'im i
ni bukuvchi, tizza va son-chanoq bo'g'im ini yozuvchi muskullar keskin
qisqaradi. Sakrash vaqtida oyoq panjasining kaft yuzasidagi muskullar
boldirning orqa tomonidagi va chanoq-son bo'g'im ini yozuvchi muskul
lar qisqaradi.
Uchinchi bosqich — havoda uchish. Bu bosqichda bel va chanoq-son
b o 'g 'im id a bukilgan va qo'llar oldinga chiqarilgan, sakrovchi yerdan
ko'tarilib («uchib») ketayotgan bo'ladi.
To'rtinchi bosqich — yerga «qo'nish». Bunda «uchib» borayotgan
odam orqa oyoq uchi bilan tovon yoki oyoq kafti bilan qo'nishi mumkin.
Nazorat uchun savollar
1. Odam organizmida qanday turdagi muskullar bo'ladi?
2. Silliq va ko'ndalang-targ'il yoki skelet muskullari tuzilishi va ularning organizmda
tutgan roli.
3. Skelet muskullari organizm og'irligiga nisbatan qancha (protsent hisobida) qismni
tashkil qiladi?
4. Skelet muskullarida qanday qismlar mavjud?
www.ziyouz.com kutubxonasi
5. Skelet muskullarining yordamchi apparatlariga nimalar kiradi?
6. Antagonist va sinergist muskullar haqida nimalami bilasiz?
7. Muskullar b o‘g ‘imlarga nisbatan qanday joylashgan?
8. Gavdaning old tomonida joylashgan muskullar qanday harakatni bajaradi?
9. Gavdaning orqa tomonidagi muskullar vazifasi qanday?
10. Muskullar ko‘proq qaysi belgilariga qarab ataladi? Misol keltiring.
11. Muskullar joylashishida, vazifasini bajarishda fassiyalar ahamiyati.
12. Pay qinlari qaysi muskullarda bo'ladi?
13. Muskul aponevrozi qaysi tur muskullarda bo'ladi?
14. Orqaning yuza va chuqur muskullari.
15. Ko'krak muskullari.
16. Diafragmaning tuzilishi va funksiyasi.
17. Qorin muskullari, ular muskul tolalarining yo'nalishi.
18. Qorin to'g'ri muskulining qini. Uning funksiyasi va ahamiyati.
19. Chov kanalining hosil bo'lishi.
20. Bo'yinning yuza muskullari va funksiyasi.
21. Til osti suyagidan yuqorida joylashgan muskullar va ularning funksiyalari.
22. Til osti suyagidan pastda joylashgan muskullar va ulaming funksiyalari.
23. Bo'yinning chuqur muskullari. Bo'yin fassiyalari va ulaming ahamiyati.
24. Bo'yinda joylashgan uchburchaklar qanday hosil bo'lgan va ulaming ahamiyati.
25. Bosh va yuz (mimika) muskullari, ulaming joylashishi va funksiyalari.
26. Chaynov muskullari.
27. Yelka kamari muskullari.
28. Yelkaning oldingi guruh muskullari va funksiyalari.
29. Yelkaning orqa guruh muskullari va funksiyalari.
30. Bilak muskullari.
31. Kaft muskullari.
32. Qo'ltiq chuqurchasi va bilakdagi egatlar hamda kanallar qaysi muskullar
ishtirokida vujudga keladi?
33. Chanoq muskullari va ulaming funksiyalari.
34. Son muskullari va ulaming funksiyalari.
35. Boldir muskullari.
36. Oyoq panja muskullari.
37. Son fassiyasining vazifasi.
38. Noksimon muskul quymich teshikdan o'ta turib qanday teshiklarni vujudga
keltiradi?
39. Son kanali qanday chegaralangan?
40. Son-taqim osti kanali.
41. Taqim osti chuqurchasi.
42. Taqim osti boldir kanallari qaysi muskullar oralig'ida joylashgan?
43. To'qimalarning qo'zg'aluvchanlik xususiyati.
44. To'qimadagi bioelektr hodisalari.
45. Muskullardagi ionlar harakati to'g'risida nimalami bilasiz? Q o'sh elektr quvvati
nima?
46. Muskullaming o'tkazuvchanlik qobiliyati.
47. Reobaza va xronaksiya nima?
48. Absolut qo'zg'aluvchanlikni tushuntiring.
49. Izotonik va izometrik qisqarishlar.
50. Muskullaming absolut kuchi qanday aniqlanadi?
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ichki a’zolarga ko'krak, qorin va chanoq bo'shliqlarida joylashgan
a’zolar kiradi. Ichki a’zolar bajaradigan ishiga qarab alohida sistemalarga
ajratiladi. Hazm va nafas a’zolarining boshlanish qismlari bo'yin hamda
kalla sohasida joylashgan. Siydik ajratish a’zolarining boshlanish qismi
qorin pardasining orqa sohasida, davomi esa chanoq bo'shlig'ida joylashgan.
Jinsiy a ’zolar ham chanoq bo'shlig'ida joylashgan. Hazm, nafas va siydik
ajratish a’zolari organizmda moddalar almashinuvida qatnashadi. Jinsiy
a’zolar, odatda, ichki — shilliq va shilliq osti qavatlari, o'rta — muskul
qavati va tashqi — seroz parda qavatidan tuzilgan (95-rasm).
Shilliq parda — hazm a’zolarining hamma qismi (og'iz bo 'sh lig 'i,
halqum, qizilo'ngach, m e’da va ichaklar)ni ichki tomondan qoplab tura
di. Shilliq qavatning ustki yuzasini esa
epiteliy parda o'rab oladi. Epiteliy parda
hazm a ’zolarining hamm a qism larida
(me’dadan tashqari) bir xil k o 'p qavatli
yassi epiteliy bilan, me’da esa bir qavatli
prizmatik epiteliy bilan qoplangan.
Shilliq qavat rangi undagi qon tomirlari
va qonning ko'p yoki oz bo'lishiga qarab
pushti rangdan tortib to'q qizil ranggacha
bo'ladi.
Shilliq o sti qavati shakllanm agan
biriktiruvchi to'qim adan tuzilgan bo'lib,
shilliq qavati bilan qo'shilib turadi. Shilliq
osti qavati hazm a’zolarida, og'iz bo'shlig'i
va halqumdan tashqari, shilliq pardaning
burmalarini hosil qiladi.
Muskul qavat hazm a’zolari devorida-
gi shilliq va shilliq osti qavatidan keyingi
uchinchi qavat bo'lib, silliq muskullardan
tuzilgan. Ammo og'iz bo'shlig'i, halqum,
qizilo'ngachning yuqori qismi va orqa
chiqaruv teshigi devori ko'ndalang-targ'il
muskul tolalaridan iborat. Silliq muskul
tolalari, odatda, aylanma va uzunasiga ikki
qavat joylashadi. Silliq muskul o'zining
tuzilishi va fiziologik xususiyatlari bilan
ko'ndalang-targ'il muskullardan farq qiladi.
Qo'zg'alishni ular juda sekin o'tkazadi.
Jumladan, qo'zg'alish odam-ning ingichka
ichagida
1
sm/s tezlikda tarqaladi.
95-rasm. Hazm a’zolari sxemasi.
I - halqum; 2 - qizilo'ngach; 3 -
m e’da; 4 - m e’daning o'n ikki
barmoq ichakka o'tish qismi; 5 -
o'n ikki barmoq ichakning ingichka
ichakka o'tish qismi; 6 -in gich k a
ichak: 7 - tushuvchi chambar ichak;
S - « S » sim on ichak; 9 - to'g'ri
ichak; 10 - c h u v a lc h a n g s im o n
o'simta; / / - y o n b o s h ichak; 1 2 -
ko'richak; 13 - ko'tariluvchi chambar
ichak;
14 - ko'ndalang-chambar
ichak.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Silliq muskullaming taranglashish davri 20 s ni, bo‘shashish davri 60
s (jami 60— 80 s) ni tashkil qiladi. Silliq muskullar avtomatik ravishda
qisqaradi. Simpatik va parasimpatik nervlar orqali keladigan impulslar
esa regulator (tartibga solish) vazifasini bajaradi. Jumladan, nerv impul-
slari a’zolarining (qon tomirlarining ham) tonusini kuchaytirarkan, uning
hajmi o'zgaradi. Silliq muskullar cho'ziluvchan bo'lganidan kovak a ’zolar
(m e’da, bachadon, qovuq va boshqalar) kerakligicha kengayish imkoniyati-
ga ega bo'ladi. Ammo silliq muskullar cho'zilgani bilan tarangligi ortmaydi.
Seroz parda — silliq bir qavatli yassi epiteliy (mezoteliy) hujayralari-
dan tuzilgan bo'lib, hazm a ’zolarini eng ustidan o'raydi va biriktiruvchi
nozik to'qim a vositasida muskul qavatga tutashadi. Seroz parda qorin
pardasining ichki varag'i bo'lib, qorin bo'shlig'idagi a’zolarni ustidan
o 'rab turadi. Hazm kanalining seroz parda o'ram agan qismlari (og'iz
bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngachning bo'yin va ko'krak qismlari), to 'g 'ri
ichakning pastki qismi biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan parda bilan o'ralgan.
Bezlar to‘g‘risida tushuncha
Ichki a ’zolar sistemasining shilliq qavatida bezlar va limfoid to'qim alar
joylashgan. Bezlar epiteliysi hujayralardan tuzilgan va turlicha bo'ladi.
Jumladan, organizmdagi barcha bezlar ajratadigan suyuqligiga qarab uch
turkumga bo'linadi:
1
) tashqi sekretsiya bezlari — og'iz b o 'sh lig'i m e’da-ichak devoridagi
bezlar, ter va yog' bezlari. Ular o 'z suyuqliklarini maxsus naychalar
orqali tananing m a’lum bir sohasiga quyadi;
2
) ichki sekretsiya bezlari (gipofiz, buyrak usti bezi, qalqonsimon bez
va b.q.) suyuqlik (gormon)lari bevosita qonga shimiladi;
3) aralash bezlar (me’da osti bezi va jinsiy bezlar) ikki xil suyuqlik
(sekret) ishlab chiqaradi. Sekretning bir xili qonga shimilsa, ikkinchisi
maxsus naychalar orqali organizmning m a’lum bir qismiga quyiladi.
Tashqi sekretsiya bezlari sodda va murakkab tuzilgan. Sodda tuzilgan
bezlar naysimon tuzilishga ega bo'lib, sekret to'plangan paytda tubi
kengayib, qadoqsimon shaklni oladi. Murakkab tuzilgan bezlar alohida
alveolalardan tuzilgan bo'lib, bu bo'laklar o 'z alveolalari va maxsus
naychalari orqali bir-biriga qo'shiladi. Murakkab tuzilgan bezlarga so'lak
bezlari va m e’da osti bezi misol bo'ladi. Bulardan tashqari, hazm a’zola
rining shilliq qavatida retikular to'qim alar (yulduzsimon limfa tugunlari)
uchraydi. Bular yakka-yakka yoki guruh bo'lib joylashgan.
IC H K I A ’Z O L A R N IN G R IV O J L A N IS H I H A Q ID A
Q IS Q A C H A M A ’L U M O T
Ichki a’zolar embrional taraqqiyotning 4-haftalarida endodermadan
paydo bo'lgan birlamchi ichak naychasidan shakllanadi. Ichakning mus
kul qavati mezodermadan rivojlanadi. Ichak naychasi embrion umurtqa
www.ziyouz.com kutubxonasi
pog'onasining old tomonida unga boshidan-oxirigacha parallel joylash
gan. Keyingi rivojlanish davrida ichak naychasi embrionga nisbatan tez
o'sib, qorin b o 'sh lig 'id a ikkita burilish (tizza) ni hosil qiladi. Natijada
ichak naychasi bosh, o 'rta va orqa ichak naycha qismlariga ajraladi. Bu
vaqtda embrion bosh qismining yuz tomonidagi ektodermadan o g'iz
b o 'sh lig 'i va tilning oldingi qism lari rivojlanadi. Bunga qaram a-qarshi
birlamchi ichak naychasining bosh qism idan esa o g 'iz b o 'sh lig 'i va
tilning orqa b o 'lag i, hiqildoq, qizilo'ngach va m e’da rivojlanadi. O g'iz
bo'shlig'ining oldingi bo'lagi bilan orqa qismi embrion rivojlanishida
o'zaro qo'shilib, butun o g 'iz b o 'sh lig 'i va tilni vujudga keltiradi. B ir
lamchi ichak naychasining bosh qism idan o g 'iz b o 'sh lig 'i va tildan
tashqari tishlar, so 'lak bezlari, limfoid to'qim alar va qalqonsimon bez,
qalqonsim on bez orqa tanachalari va ayrisim on bezlar rivojlanadi.
Birlamchi ichak naychasining o 'rta qismidan o 'n ikki barmoq ichak,
och ichak, yonbosh ichak va ularga aloqador bezlar (jigar, m e’da osti
bezi) rivojlanadi.
Birlamchi ichak naychasining oxirgi qismidan esa ko'richak, ko'ta-
riluvchi, ko'ndalang va pastga tushuvchi chambar ichaklar, «S» simon
va to 'g 'ri ichak taraqqiy etadi. T o 'g 'ri ichakka qarab b o 'lg 'u si orqa
teshik vujudga keladi. Keyinchalik rivojlanish jarayonida o'rtadagi parda
shimilib ketadi va to 'g 'ri ichak tashqariga orqa teshik orqali ochiladi.
Dostları ilə paylaş: |