108-rasm. Ingichka ichakning
ko'richakka ochilish qismi.
/ - i c h a k lentasi; 2 - y o g ' o'sim -
talari; 3 - ichak burmalari; 4 -
q o p q o q n in g yu q ori labi; 5 -
qopqoqning pastki labi; 6 - yon
bosh ichak; 7 - qorin parda; 8 -
chuvalchangsim on o'sim ta; 9 -
c h u v a lc h a n g s im o n o 's im la g a
kirish teshigi; 10 - ko'richak; 11 -
yonbosh ichakning ko'richakka
qo'shilish joyidagi qopqoq; 12 -
pufak do'mboqchalar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
chanoq bo'shlig'iga osilgan holatda joylashgan. Ba’zan o'sim ta ko'richak-
ning orqa tomonida uchi tepaga qarab joylashgan bo'ladi.
Ko'tariluvchi chambar ichak ko'richakning davomi bo'lib, tikka ko'ta-
riladi va o 'ng qovurg'a osti sohasida jigam ing pastki yuzasiga borganda
burilib, k o'ndalang-cham bar ichakka o 'tad i. K o'tariluvch i cham bar
ichakning oldi va ikki yon qismini qorin parda o'raydi. Uning orqa
yuzasi ochiq qoladi. Bu ichak yonbosh muskuli bilan belning kvadrat
muskuliga va o'n g buyrakka tegib joylashadi.
Ko'ndalang-chambar ichak ko'tariluvchi chambar ichakning burilgan
qismidan keyingi davomidir. Ko'ndalang-chambar ichak ko'ndalangiga
yo'nalib, chap tomonga o'tganda chap burilishini hosil qilib, quyi tushuvchi
chambar ichakka o'tib ketadi. Ko'ndalang-chambar ichak tutqich orqali qorin
devoriga yopishib tursa, uning old tomonidan katta charvi osilib yotadi.
Ko'ndalang-chambar ichakning orqa tomonida o 'n ikki barmoq ichak
bilan m e’da osti bezi joylashgan bo'lib, oldingi yuzasi bilan m e’da-qorin
pardadan tuzilgan boylam bilan o'zaro tutashib turadi.
Tushuvchi chambar ichak chap bukilishidan boshlangan y o 'g 'o n ichak
ning bu qismi qorin orqa devorining chap tomoni bo'ylab yo'naladi va
chap yonbosh chuqurchaga borganda «S» simon ichakka o'tadi. Ichakning
orqa tomoni belning kvadrat va ko'ndalang muskullariga, oldingi tomoni
ingichka ichakka tegib turadi.
«S» simon ichak tushuvchi chambar ichakning chap yonbosh chuqur-
chasidan boshlanib, kichik chanoq bo'shlig'idan to 'g 'ri ichakka o'tib ketadi.
Uzunligi 10— 12 sm bo'lgan «S» simon
ichak hamma tomondan qorin parda bilan
o'ralgan, ichak tutqichi bor. Ichak chap
siydik yo'li, chap yonbosh arteriyasi va
venasi bilan kesishib joylashgan.
To'g'ri ichak (109-rasm ) y o 'g 'o n
ichakning oxirgi qismi bo'lib, «S» si
mon ichakda III d u m g 'aza um urtqa
ro'parasida boshlanib, orqa teshik bilan
tashqariga ochiladi. T o 'g 'ri ichakda len
talar (tasmalar), yog'lar, o'sim talar va
bo'rtib chiqqan pufakchalar bo'lmaydi.
T o'g'ri ichak nomiga yarasha juda to 'g 'ri
emas, u ikkita bukilma hosil qiladi.
109-rasm. To'g'ri ichak (devori kesilgan).
1 - orqa teshikni ko'taruvchi muskul; 2 - orqa
teshik burmalari; 3 - orqa teshik; 4 - orqa teshikni
siquvchi tashqi muskul; 5 - t o 'g 'r i ichakning
k en gaygan (p a p u la ) q ism i; 6 - ich ak n in g
ko'ndalang burmalari; 7 - shilliq qavat; 8 - mus
kul qavat; 9 - qorin parda.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Birinchi bukilm a — dum g 'aza suyagiga, ikkinchisi — dum sim on
suyaklarning shakliga m oslashib paydo b o 'lgan.
T o 'g 'ri ichakning yuqori qismi chanoq bo'lagi bo'lib, birmuncha ken
gaygan, diametri (to'lib turganda)
6— 8
sm gacha boradi. Oxirgi, orqa
teshikka yaqin qismi ancha toraygan. T o 'g 'ri ichakning ichki tomonida
shilliq qavat uchta ko'ndalang burma hosil qiladi. Shilliq qavatda y o 'g 'o n
ichakning bosh qismlariga o'xshash shilliq bezlari, уakka-yakka joylashgan
limfa tugunlari uchraydi. Shilliq osti qavati yaxshi rivojlangan. Shuning
uchun shilliq qavat harakatchan bo'lib, ichakning tashqi teshikka yaqin
qismida uzunasiga y o 'g 'o n burmalar paydo bo'ladi. Bular pastga tushgan
sari bir-biri bilan qo'shilib joylashadi. Bu zonada vena qon tomirlari juda
yaxshi rivojlangan bo'lib, vena chigalini hosil qilib joylashgan. B a’zida
bu venalar kengayib bavosir (gemorroy) kasalligini paydo qiladi.
Muskul qavati to 'g 'ri ichakda tashqi uzunasiga va ichki aylanasiga
joylashgan qavatlardan tuzilgan. Aylanasiga joylashgan muskul tolalari orqa
teshik sohasiga kelgach zichlashib, ichki qisqich hosil qiladi. Bundan tash
qari, tashqi teshik atrofida ixtiyoriy halqa— muskul tolalaridan tuzilgan
tashqi qisqich bo'ladi. Shilliq qavatning muskul halqalari qalinlashuvidan
hosil bo'lgan uchinchi qisqich orqa teshikdan
10
sm yuqorida joylashgan.
T o 'g 'ri ichak erkaklarda oldindan qovuqqa, urug' pufakchalariga,
prostata beziga va urug' tushuvchi tizimchaga tegib turadi. Ayollarda esa
bachadondan pastroqda qindan oraliq b o 'sh lig 'i va unda joylashgan bi
riktiruvchi to'qim a bilan ajralib turadi.
Fiziologiyasi. Y o 'g'on ichak peristaltik qisqarishdan tashqari, teskari
(ingichka ichak tomonga) ham qisqaradi. Ana shu harakatlar tufayli ov
qat qoldiqlari ancha uzoq (16— 18 soat turib) qoladi. Bunday xususiyat
ovqat moddasi qoldig'ining bir qismi, suv va kletchatkaning y o 'g 'o n
ichakda (asosan, ko'tariluvchi chambar ichak qismida) shimilishiga im
koniyat tug'diradi. Ovqat tarkibidagi kletchatka y o 'g 'o n ichakka kelgach,
bakteriyalar ta’sirida parchalanib, 50% ga yaqin qismi shimiladi. Y o 'g 'o n
ichakning bu xususiyati bem orlarga antibiotik dorilar buyurilganda
polivitaminlar qo'shib berishni taqozo etadi. Aks holda antibiotiklar ichak-
dagi bakteriyalarni halok etib, avitam inozga sabab bo'ladi. O dam da
ovqatning
10
% ga yaqin qismi shimilmasdan, y o 'g 'o n ichak shirasidagi
shilimshiq bilan bir-biriga yopishgan bakteriyalar (axlatning taxminan
50% ini tashkil etadi) qoldiq sifatida axlatni hosil qiladi. Axlat to 'g 'ri
ichakka yig'ilganda ta’sirlanib, ixtiyoriy bo'shalish bo'ladi.
M E ’DA O ST I B E Z I
M e’da osti bezi (105-rasmga qarang) m e’daning orqa sohasida — I—
II bel umurtqalari qarshisida ko'ndalang joylashgan. Uning og'irligi 70—
90 g bo'lib, uch qismdan (boshi, tanasi va dum qismidan) iborat. Boshi va
tanasi uch qirrali va uchta yuzali bo'lib, uning orqa tomonidan aorta va
www.ziyouz.com kutubxonasi
pastki kovak venasi o'tadi. Bezning dumi tanasining bevosita davomi
bo'lib, asta-sekin ingichkalashadi va taloq davrozasigacha boradi. M e’da
osti bezi qorin pardadan tashqarida (ekstraperitoneal) yotadi.
M e’da osti bezi hazm sistemasidagi a’zolar kabi murakkab tuzilgan,
k o 'p katakli b o 'lib , ishlab chiqaradigan m ahsuloti jihatidan aralash
bezlarga kiradi. Bezning ekzokrin qismi shirasi — ferm entlar ishqoriy
reaksiyaga ega bo'lgan rangsiz suyuqlikdir. Shira chiqaruv y o 'li orqali
o 'n ikki barmoq ichakning pastga yo'naluvchi qismiga quyiladi va oqsil,
y og' hamda uglevodlami parchalovchi fermentlardan tarkib topgan m e’da
osti bezi shirasi ovqat yeyila boshlagandan so'ng
2
— 4 minut o'tgach
ajralib chiqa boshlaydi. Uning ichki sekretsiya gormonlari — insulin va
glukogen m e’da osti bezining tana va dum bo'laklari tarkibidagi m ax
sus hujayralar (orolchalar)ga ajralib, qonga shimiladi. Insulin qon tarki
bidagi glukozani jigarda glukogenga aylantirib, organizmda qand miqdo-
rini bir m e’yorda saqlaydi. Insulin ishlab chiqarilishining kamayishi qand
(diabet) kasalligiga sabab bo'ladi. Bu kasallik, asosan, insulin gormoni-
ning yetishmasligi natijasida glukozaning glukogenga aylanish jarayoni
buzilganda, organizmning uglevodlarni qabul qilish, sarflash xususiyati
izdan chiqqanda yog' va oqsillardan ko'plab uglevodlar hosil bo'lishi
tufayli ro'y beradi.
Diabetda qonda qand miqdori oshib, giperglikemiya kuzatiladi. Normal
holatda odamning
1
/ qonida o'rtacha 0,18— 1,2 g qand yoki 80— 120
mg (4,5— 6,5 mmol/1 glukoza) bo'ladi. Bunday paytda buyrak qandni
siydikka chiqarmasdan, ushlab qoladi. Diabet kasalligida esa qand miqdori
1 / qonda
8
— 10 (
8
— 10 mmol/1) g gacha ko'payadi. Kasallikda buyrak
glukozani saqlab qola olmay siydik bilan tashqariga chiqarib yuboradi.
D iabet kasalligida qand bilan siydik ham k o 'p ajraladi (poliuriya).
Organizm suvsizlanadi. Shuning uchun qand kasalligida kuchli chanqov
seziladi.
Surunkali va chuqur diabet kasalligida uglevodlar almashinuvidan ta
shqari parchalanish jarayoni ham buziladi. Y og' oxirigacha parchalan-
masligi tufayli asitosirka va P- oksimoy kislotalar ajralib, qonda to'planib,
siydik bilan tashqariga chiqadi. Bunday moddalarning qonda to'planishi
organizmni zaharlay boshlaydi. Natijada odamning nafas olishi buzilib,
nerv sistemasi faoliyati ham sezilarli darajada pasayadi, bemor hushdan
ketadi. Bunga diabet komasi deyilib, ba’zan o'lim bilan tugaydi.
O g 'ir darajali diabet kasalligida qonda yog' va lipoid hamda xoleste-
rin moddalari haddan tashqari ko'payadi (diabetlipemiya). Diabet kasalligiga
duchor bo'lganlarga insulin ijobiy ta’sir qiladi. Qondagi qand va boshqa
moddalar miqdori kamayib, siydik bilan chiqishi to'xtaydi. Ammo insu-
linning organizmga ta’siri qisqa muddatli bo'lganidan tez-tez ukol qilish
tavsiya etiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Jigar (1 10-rasm) qorin bo'shlig'ining yuqori qismida joylashib, tepa
yuzasi diafragmaga tegib turadi. Jigam ing k o 'p qismi o 'n g qovurg'a osti
sohasida, oz qismi esa chap qovurg'a osti sohasida joylashgan. Jigar
oganizmdagi hazm bezlarining eng kattasi bo'lib, og'irligi 1500— 2200 g
gacha boradi. Normal holatdagi jigam ing pastki qirg'o g'i qovurg'a ravog'i-
dan tashqari chiqmaydi. Jigam ing pastki yuzasi bir oz orqaga qaragan
bo'lib, unda parallel yotgan chap va o'ng sagittal chuqur egatlar hamda
u lar o 'r ta s id a k o 'n
dalang joylashgan egat
la r b o r. Bu e g a tla r
jigam ing pastki yuza-
sini o 'ng va chap kvad-
r a ts im o n
h a m d a
dumsimon bo'laklarga
ajratadi. O 'ng sagittal
egatning oldingi qismi
da o 't p u fa g i, orq a
q is m id a e s a p a s tk i
kovak vena joylashgan.
Chap sagittal egatning
old qismida (kindik ve-
nasining q o ld ig 'i) ji-
g a r n in g
d u m a lo q
boylami, orqa qismida
esa (embrion davridagi
vena tomirlari qoldig'i)
vena boylami joylash
gan. K o'ndalang egat
jigar darvozasi hisob
lanib, undan jigam ing darvoza venasi, jigar arteriyasi, o 't y o 'li, limfa
tomirlari
va nervlar o'tadi. Jigaming pastki yuzasi m e’daga, y o 'g 'o n
ichakning o 'n g burilish qismiga, ko'ndalang chambar ichakka, o 'n g buy
rak, buyrak usti beziga tegib turadi. O 'tkir qirra jigam ing pastki yuzasini
yuqori yuzasidan ajratib turadi. Jigaming orqa yuzasida qizilo'ngach izi
uchraydi. Jigam ing yuqori chegarasi diafragma gumbazining pastki yuza
siga, y a’ni IV qovurg'a ravog'iga to 'g 'ri keladi, so'ng chap tomonda
yuqoriga ko'tarilib, VII— VIII qovurg'alarning tog'aylari birikkan joyga
yetadi. Jigam ing orqa tomonidan boshqa hamma tomoni (uch tomonla
ma) qorin parda bilan o'ralgan. Qorin parda jigam ing qo'shni a ’zolariga
boylamlar hosil qilib o'tadi. Jumladan, qorin pardaning jigardan o'n ikki
barmoq ichakka o'tishida jigar-o'n ikki barmoq ichak boylami, jigar bilan
11 12
13
14
15
3
2 1
19
1 10-rasm. Jigar.
/ - kvadratsimon bilak; 2 - o ‘n ikki barmoq ichak izi; 3 -
jigarning dumaloq boylam i; 4 - o't pufagi yo'li; 5 -
umumiy o't yo'li; 6 -jig a m in g umumiy yo'li; 7 -q o p q a
vena; 8 - jigar venasi; 9 - jigaming chap bo'lagi; 10 - me'da
izi; 1 1 - qizilo'ngach izi; 12 - jigaming dumsimon bo'lagi;
13 - pastki kovak vena; 14 - buyrak usti bezining izi; 15 -
buyrak izi; 16 - jigar boylami; 17 -jig a m in g o'ng bo'lagi;
1 8 - yo'g'on ichak izi; 19 - o ' t pufagi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
me’da o'rtasida jigar-m e’da boylamlari hosil bo'ladi. Jigar bilan diafrag
ma o'rtasida toj boylami va uning ikki uchida chap va o'ng uchburchakli
boylamlar jigam i ko'tarib turadi.
Jigam i o'ragan fibroz parda (qorin parda ostidagi parda) qon tomirlar
bilan birga jigam ing ichkarisiga kiradi va uni juda ko'p bo'lakchalarga
ajratadi. Bu bo'lakchalar 1— 2 mm to 'rt burchakli prizmaga o'xshaydi.
Bo'lakchalar oralig'ida darvoza venasining eng mayda shoxchalari, arteriya
shoxchalari, nerv tolalari va mayda limfa naychalari joylashgan. B o'lak
chalar oralig'idagi arteriya va venalar kapillarga o'tib, boiakchalam ing
ichkarisiga kiradi. Bo'lakchalar ichida moddalar almashinuvi davomida
arteriya qoni venaga aylanib, markaziy venalar, undan yig'uvchi venalarga
o'tadi. Bular ham asta-sekin yiriklashib, jigar venasini hosil qiladi. Bu
vena pastki kovak venaga quyiladi.
Jigar hujayralari jigar bo'laklarida hujayralar to'sinini hosil qilib
joylashgan bo'lib, ular orasida bo'lakchalararo o 't naychalari hosil bo'ladi.
Bular o'zaro qo'shilib, jigaming o'ng va chap bo'Iak o 't naychalarini hosil
qiladi. Bu naychalar jigardan chiqqandan so'ng bir-biri bilan qo'shilib,
jigaming umumiy o 't yo'liga aylanadi. Bu yo'l o 't pufagi naychasi bilan
qo'shilib, o 'n ikki barmoq ichakning pastga yo'naluvchi qismiga quyiladi-
gan umumiy o 't yo'lini hosil qiladi.
Fiziologiyasi. Jigar organizmda quyidagi muhim vazifalarni bajaradi:
1
) u organizmdagi zaharli moddalarni zararsizlantiradi;
2
) o 't ishlab
chiqaradi; 3) embrional davrda qon elementlarini ishlaydi; 4) organizmdagi
ortiqcha glukozani glikogenga aylantirib saqlaydi. So'ngra organizmning
talabiga ko 'ra glikogen glukozaga aylanib qonga shimiladi.
Jigar moddalar almashinuvida muhim rol o'ynaydi. Jigarda albuminlar,
fibrinogen (qonning oqsil fraksiyalari) hosil bo'ladi. Uglevodlar glikogenga
aylanadi. Jigarda oqsil parchalanishidan hosil bo'lmagan mahsulotlar (am-
miak) (to'sish funksiyasi) zararsizlanadi. Ulardan organizmga zararsiz
bo'lgan mochevina (siydikchil) hosil bo'ladi. Jigar ichaklardan kelgan
zaharli moddalarni zararsizlantiradi. U immunitet reaksiyalarida ishtirok
etadi va o 't ishlab, ovqatning parchalanib shimilishida faol qatnashadi.
Jigar faoliyati turli sabablarga k o 'ra buziladi. Jum ladan, zaharli
moddalar, yuqumli kasallik qo'zg'atuvchi mikroblar qon tomirlar orqali
jigarga borib, uning faoliyatini buzadi. Natijada turli kasalliklar kelib
chiqadi.
O 'T PUFAGI
O't pufagi (1 1 1-rasm) jigar o'ng bo'lagining pastki yuzasida o 't pufagi
chuqurchasida joylashgan nok shaklidagi a ’zo bo'lib, uning tubi, tanasi
va bo'yni bor. O 't pufagining tubi eng kengaygan joyidir. O 't pufagi to'la
bo'lganda bir oz oldinga chiqib, qorin devoriga tegib turadi. O 't pufagining
www.ziyouz.com kutubxonasi
111-rasm. O't pufagi va yo'llari (kesilgan).
10
I - o't nayi; 2 - jigaming umumiy o't yo'li;
1
3 - umumiy o't yo'li; 4 - me'da osti bezi
2
shira yo'li; 5 - umumiy o't yo'lining me‘da
^
osti shira yo'li bilan qo'shilgan qismi; 6 -
o'n ikki barmoq ichak; 7, 8, II - o't pufagi;
8
9 - o't yo'li burmalari; 10 - o't pufagi bo'yni.
7-
tanasi tub qismidan keyingi o ‘rta
3
qismi b o ‘lib, pufakning ko'pchilik
qismini tashkil etadi. O 't pufagi ta
nasining oldingi qismi torayib, uning
bo'yniga o'tadi, so'ngra o 't nayiga
qo'shilib ketadi. 3— 4 sm li o 't nayi
jigardan kelayotgan umumiy jigar
o 't y o 'li bilan qo'shilib, umumiy
o 't yo'lini hosil qiladi. Umumiy o 't
y o 'li o 'n ikki barmoq ichakning
tushuvchi qismiga katta so 'rg'ichga me’da osti bezi yo'li bilan birgalikda
ochiladi. O 't pufagining devori seroz parda, nozik tuzilgan muskul qavat
va burmalar hosil qilib joylashgan shilliq qavatdan iborat. Muskul qavati
umumiy o 't yo'lining o 'n ikki barmoq ichakka ochiladigan joyida qisuv-
chi muskulni tashkil etadi. O 't pufagining hajmi 50— 60 sm
1
bo'lib, unda
jigarda ishlanib chiqqan o'tning ortiqcha qismi saqlanadi. O 't shirasi
jigar hujayralarida tinmasdan ajralib turadi va o 't yo'llari sistemasi orqali
o 'n ikki barmoq ichakka quyiladi.
O 't tarkibida o 't kislotalari, pigmentlar, xolesterin moddalari bo'ladi.
Pigmentlar nobud bo'lgan eritrositlaming parchalanishidan vujudga kela
di. Pigmentlarning bir qismi ichak devori orqali qonga so'riladi, ko'proq
qismi axlatga rang beradi va tashqariga chiqariladi. O 't ichakka quyilmay
qolgan hollarda (o 't yo'li yallig'lanib bekilsa, tosh bo'lsa) axlat rangsiz
bo'ladi. Odamda bir kecha-kunduzda o'rtacha 800— 1200 g o 't ishlanadi.
U ovqat moddasi, ayniqsa yog'ining parchalanib shimilishida faol ishtirok
etadi. O 't pufagining devoridan o 't tarkibidagi suv qonga shimilib, o 't 7—
10
marta quyuqlashadi.
Qorin parda (1 12-rasm) qorin devorini va qorin bo'shlig'idagi a’zolami
o'rab turuvchi seroz parda. Qorin parda qorin devorini qoplab turuvchi
(pariyetal) tashqi, ichki a’zolami o'rab turuvchi (visseral) ichki varaqlardan
iborat. Bu ikkala varaq bir-birining uzluksiz davomi bo'lgani uchun er-
kaklarda qorin bo'shlig'ini tashqi muhitdan ajratib turadi. Ayollarda esa
bachadon nayining bir uchi qorin bo'shlig'iga, ikkinchi uchi esa bacha-
donga qo'shiladi. Shuning uchun qorin parda bo'shlig'i bachadon nayi,
QORIN PARDA
www.ziyouz.com kutubxonasi
112-rasm. Qorin parda.
/ - o ' p k a ; 2 - diafragma; J - j i g a r
boylami; 4 - charvi cho'ntagi; 5 - jigar-
me'da boylami; 6 - charvi qopchasi; 7 -
me‘da osti bezi; 8 - charvi ildizi; 9 -
o'n ikki barmoq ichak; 1 0 - yonbosh
ichak; / / - « S» simon ichak; 1 2 -
bachadon; 1 3 - to'g'ri ichak; 1 4 -
bachadon to'g'ri ichak oralig'idagi
qorin parda cho'ntagi; 15 - orqa teshik;
/ 6 - q i n ; 1 7 - siydik chiqarish yo'li;
18 - qovuq; 19 - qovuq bilan bachadon
oralig'idagi qorin parda cho'ntagi; 2 0 -
qorin devorini qoplab turuvchi qorin
parda varag'i; 2 / -kat ta charvi; 2 2 -
k o'n d alan g chambar ichak; 2 3 -
yo'g'on
ichak
qisqichi; 24 - par
da qopchig'i; 25 -m e'd a; 26 -jigar.
bachadon va qin orqali tashqi
m uhit bilan aloqada bo 'lad i.
Seroz parda qorin b o ‘shlig‘ini
ikki b o ‘shliqqa: qorin parda
bo'shlig'i va qorin pardaning ta
shqi b o'shlig'iga ajratadi. Qorin
b o 's h lig 'i tepadan diafragm a,
oldindan serbar muskullar bilan, orqadan umurtqa pog'onasi va uning
ikki yonboshida joylashgan muskullar bilan chegaralanadi. Past tomon
dan chanoq bo'shlig'i bilan qo'shilib ketadi. Qorin parda bo'shlig'ining
orqa devori sohasida qorin parda qoplamagan bo'shliq bor. Bu bo'shliq
orqadan qorin fassiyasi, oldindan qorin pardaning pariyetal varag'i bilan
chegaralanib turadi. Qorin pardaning tashqi bo'shlig'ida yog' to'qim alari,
buyrak, buyrak usti bezi va siydik yo'li joylashgan. Qorin parda bu
a’zolam ing faqat oldingi yuzasini qoplagan. Qorin pardaning visseral
varag'i qorin bo'shlig'ida joylashgan a ’zolami turlicha o'rab turadi. Jum
ladan, a’zolami m e’da, ingichka ichak va h. k. hamma tomondan o'raydi.
Bunday a ’zolar intraperitoneal a ’zolar deyiladi. A ’zolar qorin
(jigar,
ko'tariluvchi, tushuvchi chambar ichaklar va h.k.), parda bilan uch to
mondan o'ralib tursa, bunday a’zolar mezoperitoneal a ’zolar deb ataladi.
Qorin parda tashqarisida joylashgan a ’zolar (buyrak, buyrak usti bezi,
siydik yo'li, me’da osti bezi va h. k.) ekstraperitoneal a’zolar bo'lib, ular
seroz parda bilan faqat bir (old) tomondan o'ralib turadi. Seroz parda
suyuqlik ishlab chiqaradi. Bu suyuqlik qorin parda yuzasini namlab turgani
uchun qorin parda b o 'sh lig 'id ag i a ’zolar ishqalanmay harakat qiladi.
Qorin pardaning pariyetal varag'i a ’zolarga o'tishda yoki aksincha a’zo
lardan qaytib, pariyetal varaqqa o 'tish d a ikki varaq o'zaro qo'shilib
www.ziyouz.com kutubxonasi
dublikat hosil qiladi. Bu dublikat boylam lar nomi bilan ataladi. Seroz
p a rd a jig a rd a n m e ’d ag a o 'tib , jig a r-m e ’da b o y lam in i, m e ’dadan
ko'ndalang chambar ichakka o 'tib m e’da-ko'ndalang chambar ichak boy-
lamlarini vujudga keltiradi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, jigam i ushlab
turuvchi toj boylam jigam i diafragmaga yopishtirib turadi. Bu boylam
jigam ing o 'ng va chap tomonidan uchburchakli boylamlarga o'tadi.
Qorin parda ichaklar uchun tutqichlar hosil qiladi. Q orin parda
bo'shlig'ida joylashgan ingichka ichak seroz parda bilan hamma tomon
dan (interperitoneal) o'ralgan bo'lib, uning orqa tomonidagi ichak tutqich
qorin bo'shlig'ining orqa devoriga borib yopishadi. Qorin parda ingichka
ichakdan tashqari, ko'ndalang chambar, «S» simon chambar va ko'richaklar
uchun ham tutqich hosil qiladi. Tutqichlar oralig'ida yog' to'qim alari,
limfa tugunlari va qon tomirlar joylashgan. Charvilar ham seroz pardaning
dublikatidan vujudga keladi. Katta charvi qorin pardaning to'rtta varag'idan
hosil bo'ladi, ulardan ikkitasi oldingi va ikkitasi orqa varaqdir.
Oldingi varaq me’daning oldingi va orqa yuzasini o'rab, katta egrilikdan
boshlanib, ko'ndalang chambar ichak ham ingichka ichak oldidan pastga
tomon yo'nalib, qaytib yuqoriga ko'tariladi va katta charvining orqa varaqlari
nomi bilan ko'ndalang chambar ichakka borib, uni o'raydi, so'ngra cham
bar ichak tutqichi bo'lib, qorin bo'shlig'ining orqa devoriga yopishadi.
Katta charvining me’da bilan ko'ndalang chambar ichak oralig'idagi qismi
me’da-ko'ndalang chambar ichak boylami deb ham ataladi.
Kichik charvi jigar-m e’da boylami bilan jigar, o 'n ikki barmoq ichak
boylamlari qo'shilishidan vujudga keladi.
Qorin bo'shlig'i ko'ndalang chambar ichak va uning tutqichi yorda
mida yuqori va pastki qavatlarga bo'linadi. Bulardan tashqari, qorin parda
a’zodan a’zoga yoki qorin devoriga o'tishida burmachalar, chuqurchalar,
kanallar va xaltachalarni vujudga keltiradi. Bular qorin b o 's h lig ’ida
bajariladigan jarrohlik operatsiyalarida m a’lum amaliy ahamiyatga ega
bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |