OVQAT HAZM QILISH A’ZOLARI
TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
Organizmda moddalar almashinuvi jarayoni avvalo ovqat hazm qilish
a’zolaridan boshlanib, keyin iste’mol qilingan ovqat moddalari fizik,
kimyoviy va fiziologik xossalari yordamida hujayralar va lo'qim alaining
o'zlashtirishi uchun moslashadi. Jumladan, yirik molekulali va suvda
erimaydigan murakkab birikmalar suvda eriydigan mayda molekulali holat-
ga o 'tgandagina hazm bo'ladi. Binobarin, ovqat hazmi avvalo fizik
o'zgarishdan (ovqat moddasi maydalanib, aralashib eriy boshlaydi) bosh
lanadi. Ovqat moddalariga kimyoviy ta’sir esa hazm yo'lida joylashgan
bez shiralari vositasida sodir bo'ladi. Oqsillar, yog'lar va uglevodlar bez
shiralari tarkibidagi fermentlar ta’sirida oddiy kimyoviy birikm alarga
aylanadi. Oqsillar aminokislotalargacha, uglevodlar monosaxaridlargacha,
yog'lar glitserin bilan yog' kislotalarigacha parchalangandan so'ng ichak
so'rg'ichlari orqali qon va limfalarga shimilib, hujayra to'qim alariga tar
qaladi. Suv, mineral tuzlar va vitaminlar qonga o'zgarm agan holda o 'ta
di. Odamning hazm a’zolari sistemasida ovqat moddalarining parchalanib
shimilishi uchun bir kecha-kunduz o'rtacha
10
/ gacha suyuqlik (taxm i
nan 1,5 I so'lak, 2,5 / m e’da shirasi, 1 / m e’da osti bezi shirasi, 1,2 / jigar
o'ti, 2,5 I ichak shiralari va 1,5— 2 / iste’mol qilingan suyuqlik) kerak
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo'ladi. Shiralar tarkibidagi fermentlar spetsifik xususiyatga ega bo'lib,
ular faqat m a’lum bir moddaning parchalanishini tananing optimal (36—
37°) haroratida bajaradi.
O G 'IZ B O ‘S H L IG ‘I
Og'iz bo'shlig'i — hazm a’zolari sistemasining boshlanish qismi bo'lib,
ovqat dastlab shu bo'shliqqa tushib, tishlar vositasida maydalanadi va so'laklar
yordamida kimyoviy parchalanib, me’daga o'tkazish uchun tayyorlanadi
(96-rasm).
O g'iz bo 'shlig'i og'izning kirish qismi — dahliz va xususiy og'iz
bo'shlig'idan iborat.
Og'iz dahlizi old tomondan yuqori va pastki lablar bilan, yon tomon
dan lunjlar bilan, orqa tomondan yuqori va pastki jag ', ularda joylashgan
tishlar va milklar bilan chegara
lanadi. Lablar tashqi tomondan
teri, ichkari tomondan shilliq par-
dalar bilan qoplansa, uning aso
sini lablaming aylanma joylash
gan mimika muskuli tashkil etadi.
Tepa va pastki lablar o'rtasidagi
yoriq og'izga kirish teshigi deb
ataladi. Lablaming shilliq qava
tida juda k o 'p bezlar joylashgan.
Lablaming shilliq qavati tishlar-
ni o'ragan milklarigacha davom
etib, markaziy qismida yuqori va
pastki burmalami hosil qiladi.
Lunj lablaming bevosita da-
vomi bo'lib, uning chuqur qatla-
m id a y o g ' q a v a tla ri, sh illiq
qavatida esa mayda bezchalar joy
lashgan. O g'iz dahlizi lunj vosi
tasida (oziq tish orqasida) xusu
siy og'iz bo'shlig'iga qo'shiladi.
Xususiy og'iz b o 'sh lig 'i berk
turganda ikki yon va old tomon
d an t is h l a r , m ilk la r b ila n
chegaralanadi. Yuqori devorini
qattiq va yumshoq tanglay hosil
qiladi hamda burun bo'shlig'ini
l '
96-rasm. Og'iz bo'shlig'i.
I - yuqori lab; 2 - yuqori lab yuganchasi; 3 -
yuoqori jag'dagi tishlar; 4 - qattiq tanglay;
5 -
yumshoq tanglay; 6 - til-tanglay yoyi; 7 -
hiqildoq-tanglay yoyi; 8 - tanglay murtagi; 9 -
lunjning kesilgan joyi; 10 - milk; 11 - pastki
lab; 12 - pastki lab yuganchasi; 13 - tilning
o'rta ariqchasi; 14 - til; 15 - o g ' i z bo'shlig'i
dan halqumga o'tadigan chegaradagi bo'shliq;
16 - tanglay burmalari.
www.ziyouz.com kutubxonasi
o g ‘iz bo‘shlig‘idan ajratib turadi. O g'iz bo'shlig'ining pastki tomonini
pastki ja g ', til osti muskuli bilan boshqa muskullar berkitib turadi va uni
og'iz bo'shlig'ining diafragmasi deb ataladi. O g'iz bo'shlig'ining shilliq
qavatida mayda bezlar ko'p.
Qattiq tanglay yuqori jag'ning tanglay o 'sig 'i bilan tanglay suyagining
ko'ndalang o 'sig'id an tuzilgan. Uni o'rab turgan shilliq qavatida bezlar
ko'p.
Yumshoq tanglay muskullardan iborat bo'lib, orqa tomoni halqumga
osilib turadi. Uning o'rtasida tilcha joylashgan. Tanglayning shilliq
qavati qattiq tanglay shilliq qavatining davomi hisoblanadi. Yumshoq
tanglay bilan til ildizi orasida
til-tanglay
ravog'i
va
orqada
tanglay-halqum ravog'i bor. Bu ravoqlar orasida murtak bo'shlig'i
bo'lib, unda tanglay murtagi joylashgan. Murtak tuzilishiga ko 'ra lim-
foid to'qim alarga kiradi.
Shunday qilib, og'iz bo'shlig'idan halqumga o'tish teshigi - b o 'g 'iz
(tomoq)ni yuqoridan yumshoq tanglay chodiri, ikki yon tomondan tang
lay ravoqlari, pastdan tilning orqa yuzasi va til ildizi chegaralab turadi.
Tishlar
Tishlar (97, 98-rasmlar) ovqatni tishlab uzib olish, chaynab mayda-
lash, so'zlarni to 'g 'ri talaffuz etishda faol ishtirok etadi. Tishlar yuqori
va pastki jag 'lard ag i maxsus katakchalarda joylashgan b o 'lib , o g'iz
b o 'sh lig 'in in g dahlizi bilan xususiy o g 'iz
bo'shlig'i o'rtasida chegara bo'lib joylashgan.
Tishlar epiteliy va mezenximadan rivojlanadi
hamda shilliq pardaning suyaklangan so'rg'ich-
lari hisoblanib, jag ' suyaklarining maxsus tish
katakchalariga mix kabi kirib joylashgan.
97-rasm. Tish kesimi.
1 - emal qismi; 2 -d e n t in
q ism i; 3 - m ilk; 4 - tish
ildizi; 5 - tish b o 's h lig 'i-
pulpa; 6 - pastki jag' suyagi.
98-rasm. Doimiy tishlarning joylashish tartibi.
/ , 2 - ikkita kesuvchi tish; 3 - qoziq tish; 4 - ikkita
kichik oziq tish; 5 - uchta katta oziq tish.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Odamda tishlar ikki marta almashinadi. Bolalarda sut tishlari
6
— 7
oyligidan boshlab chiqa boshlaydi va bola 2— 2,5 yoshga to'lganda (ba’zida
bundan ham kechroq) butunlay chiqib bo'ladi. Sut tishi 20 ta bo'lib,
6
—
7 yoshga qadar turadi. Sut tishlar formulasi quyidagicha:
2 0
1 2
2
1 0
2
2 0
1 2
2
1 0
2
Markazdan sanalganda ikkita kurak tishi
6
— 9 oylikda chiqadi. Bitta
qoziq tishi 16— 20 oylikda chiqadi, ikkita katta oziq tishlar 15— 30 oyda
chiqadi. Sut tishlari unchalik mustahkam joylashmagan bo'ladi.
6
— 7
yoshdan boshlab doimiy tishlar chiqa boshlaydi.
Doimiy tishlar formulasi quyidagicha:
3 2 1 2
2 1 2 3
3 2 1 2
2 1 2 3
bo'lib, ikkita kesuvchi kurak tish
8
— 9 yoshda, bitta qoziq tish 11— 13
yoshda, ikkita kichik oziq tish 10— 15 yoshda, uchta katta oziq tish,
birinchisi
6
— 7 yoshda, ikkinchisi 11— 13 yoshda, uchinchisi (aql tishi)
18-25 yoshda chiqadi. Aql tishi ba’zan ko'rsatilgan vaqtdan kechroq
chiqadi yoki butunlay chiqmasligi ham mumkin. O g'iz yumilganda yuqori
va pastki jag'dagi tishlarning chaynov yuzalari bir-biriga yaqinlashadi.
Jumladan, katta va kichik oziq tishlarning chaynov yuzalari bir-biriga
zich tegib tursa, yuqori kurak tishlar (yuqori ja g ' suyagining ravog'i
kengroq bo'lgani uchun) pastki jag'dagi kurak tishlarning oldiga o'tadi.
Bulardan tashqari, yuqori jag'dagi oldingi tishlar lab tomonga, pastki
jag'dagi oldingi tishlar til tomonga qarab yo'nalgan.
Har bir tish uch qismdan iborat: uning o g 'iz bo'shlig'iga o'sib chiq
qan qismi — toj qism, ja g ' suyaklarining tish kataklariga joylashib turgan
qismi — tish ildizi va bu ikki qism o'rtasidagi bir oz toraygan (chegara)
joyi — tish bo'yinchasidir. Tishlar kimyoviy tarkibi jihatidan suyakka
yaqin, lekin juda zich tuzilgan. Tishning toj qismi dentin moddadan
iborat bo'lib, ustini eng mustahkam modda — emal o'rab turadi. Emal-
ning ust tomoni juda yupqa shoxsimon kutikula pardasi bilan o'ralgan.
Bu parda emalni yemirilishdan saqlaydi.
Tishning bo'yinchasi va ildizi sement moddadan tuzilgan. Tish ildizining
uchidagi teshik orqali tish ildizi kanaliga, toj qismida joylashgan bo'shliqqa
o'tiladi. Bo'shliqda tishning biriktiruvchi to'qim adan tuzilgan yumshoq
qismi — pulpa joylashgan. Qon tomirlar hamda nervlar tish teshigi va
kanali orqali pulpaga boradi.
Tishlarning ildiz qismlari milk bilan o'ralib mustahkamlanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
TIL
Til (99-rasm) muskullardan tuzilgan bo'lib, o g'iz b o'sh lig'ida joy
lashgan. Til faqat hazm a’zolariga kirmasdan, so'zlashda, talaffuzda be-
vosita va faol qatnashadi. Tilning old — til uchi, o'rta — til tanasi va
orqa kengaygan qismi — til ildizi bo'ladi. Tilning uchi va yon tomonlari
tishlarga, so'rg'ichlarga boy, ustki yuzasi qattiq va yumshoq tanglaylarga
tegib turadi. Tilning ustki yuzasida to 'rt xil so 'rg 'ich bo'ladi.
1. Ipsimon so'rg'ichlar tilning
ust yuzasida duxobasimon tus be
rib jo y la sh g a n . Bu s o 'r g 'ic h la r
ovqatni qabul qilishda, chaynashda
va halqum ga y o 'n a ltirish d a qat
nashadi.
2. Zamburug 'simon so ‘rg ‘ichlar
tilning uchi va yonlarida joylash
gan bo 'lib, ta’m bilishda xizmat
qiladi.
3. Halqa bilan о ‘ralgan (tamov-
simon) so'rg'ichlar 7— 15 ta bo'lib,
tilning ildizi bilan tanasining chega-
rasida, k o 'r tishning ikki yonboshi
da rimcha «V» raqami shaklida joy
lashgan. U ta’m bilish
vazifasini
bajaradi.
4. Varaqsimon so'rg'ichlar —
kitob varaqlari kabi tilning yonlari
da jo y la s h g a n . T a ’m b ilis h d a
qatnashadi.
T iln in g p a stk i y u z a si faq a t
oldingi qismdagina erkin, qolgan
qismi til ildiziga q o 'sh ilib ketgan.
P astk i y u zasidagi s h illiq q av at
hisobiga ikkita g 'ijim burm a hosil
qilgan.
Til murtagi tilning shilliq qavatida yakkama-yakka yoki to'planib
joylashgan limfoid to'qim adan iborat. M urtaklar ko'proq til ildizi sohasida
bo'ladi.
Til m uskullari xususiy va skelet m uskullaridan iborat. Skelet m us
kullari uch ju ft bo'lib, ular skeletning biror joyidan boshlanib, tilga
tutashadi.
1.
Engak-til osti muskuli pastki ja g ' suyagining engak o'sim tasidan
boshlanib, tilga tutashadi. Muskul qisqarib, tilni pastga va orqaga tortadi.
99-rasm. Tilning ustki yuzasi.
1, 2, 3, 18, 21 - hiqildoq dahlizi chegarasi;
4 - noksim on bo'shliq; 5 -h iq ild o q usti
tog'ayi; 6 - til-hiqildoq usti burmasi; 7 - til
ildizi; 8 - tanglay murtagi; 9 - til murtakla-
ti; 1 0 - chegara ariqcha; / / - tarnovsimon
so'rg'ichlar; 12 - til tanasi; 13 - tilning o'rta
ariqchasi; 14 - ipsim on so'rg'ichlar; 15 -
zamburug‘simon so'rg'ichlar; 16 - varaqsi
mon so'rg'ichlar; 1 7 - ko'z teshigi; /9 - d a h -
liz burmasi; 20 - ovoz burmasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
2. Til osti-til muskuli til osti suyagidan boshlanib, tilning yon tomon-
lariga tutashadi. Tilni pastga va orqaga tortadi.
3. Bigiz-til muskuli chakka suyagining bigizsimon o ‘sig‘idan boshlanib,
tilning yonboshiga tutashadi. Muskul qisqarib, tilni yuqoriga va orqaga tortadi.
Tilning xususiy muskullari, tolalari turli tomonga yo'nalgan. Bu holat
tilda ustki va pastki bo'ylama muskul, tilning ko'ndalang va tikka yo'nalgan
muskullari borligini ko'rsatadi. Bu muskul tolalari o'zaro tutashib va
chirmashib ketgan. Shu tufayli til turli tomonga burilish va o 'z shaklini
o'zgartirish xususiyatiga ega.
So‘lak bezlari
O g'iz bo'shlig'ining shilliq qavatida turli hajmda juda k o'p so'lak
bezlari (100-rasm) joylashgan. Ular naysimon tuzilgan bo'lib, til, lab,
lunj va tanglay bezlari nomi bilan ataladi. Bulardan tashqari, og'iz bo'shlig'i
atrofida uch juft katta hajmdagi bezlar ham bor.
1. Quloq oldi bezi — alveolar tuzilishga ega bo'lib, yuz terisi ostida,
tashqi quloqning pastki va qisman chaynov muskuli ustida joylashgan. Orqa
tomondan pastki jag ' suyagining orqa tomonidagi chuqurcha (to'sh-o'mrov-
so'rg'ichsimon muskul)gacha boradi. Bez alohida-alohida bo'lakchalardan
iborat bo'lib, ulaming naychalari markaziy nayga qo'shiladi. Bezning o g 'ir
ligi 25— 30 g, fibroz
parda bilan o 'ra lg a n .
Uning naychasi chaynov
muskulidan ko'ndalang
o'tib, lunj muskuli orqali
og'iz bo'shlig'ining dah-
liziga yuqori jag'ning ik
kinchi oziq tishlar soha
sida ochiladi. Quloq oldi
bezi oqsilga boy tiniq
seroz suyuqlik ajratadi.
2. J a g ‘ o s ti b ezi
alveolar-naysimon tuzi
lishga ega bo'lib, pastki
jag ' osti chuqurchasida
joylashgan, og'irligi 15 g
cha. Bu b ez y ax sh i
taraqqiy etgan parda bilan
o'ralgan. Uning nayi til os
tidagi so'rg'ichlarga ochi
ladi. Jag' osti bezi oqsil
aralashgan shilliq suyuq
lik ajratadi.
100-rasm. So'lak bezlari.
/ - l u n j bezlari; 2, 3 - yugori lab va uning bezlari; 4,
5 - til va uning bezlari; 6, 7 - pastki lab; 8 - t i l osti
so'lak yo'li; 9 -p a stk i jag' suyagi; 10 - engak-til osti
muskuli; 12 - til osti bezi; 13 - j a g '-t il osti muskuli;
14 - pastki jag'-so'lak yo'li; 15 - pastki jag' osti bezi;
16 - bigizsimon til osti muskuli; 1 7 - ikki qorinchali
muskul; 1 8 - chaynov muskuli; 19, 22 - quloq oldi bezi;
20 - quloq oldi bezi fassiyasi; 21 - quloq oldi bezining
yo'li.
www.ziyouz.com kutubxonasi
3.
Til osti bezi — alveolar-naysimon tuzilgan, og'irligi 5 g. Pastki
ja g ‘ suyagi tanasining ichki yuzasidagi shu nomli chuqurchada, til osti-
ja g ‘ muskuli ustida joylashgan. Bez ustini til osti shilliq qavati burmasi
qoplab turadi. Bu bez boshqa bezlar kabi bo'lakchalardan tuzilgan. Ular
ning naylari alohida yoki pastki ja g ‘ bezining nayi bilan qo'shilib, bitta
nay hosil qiladi. Bu naychalar til ostida shilliq burmasining ikki yoniga
ochiladi. Bez oqsil aralashgan shilliq so'lak ajratadi.
Og‘iz bo'shlig'i fiziologiyasi
Ovqat moddalari dastlab o g 'iz bo 'sh lig 'id a mexanik va kimyoviy
o'zgarishga uchraydi. Ovqatning ta’mi, sifati, ularning organizm uchun
zararsizligini o g 'iz b o 's h lig 'id a joylashgan sezuvchan nerv oxirlari
(retseptorlar) orqali aniqlanadi. Sifatsiz, organizmga zararli ovqat darhol
chiqarib tashlanadi. I. P. Pavlov og'iz bo'shlig'ini ovqat hazm qilish
a’zolari sistemasining sinov bo'lim i deb hisoblagan. Ovqat moddasi og'iz
bo'shlig'ida 15— 20 sek davomida chaynash yo'li bilan maydalanib, so'lak
bilan aralashtirib yutishga tayyorlanadi.
So'lak og'iz b o 'sh lig 'i atrofida joylashgan so'lak bezlarining mahsu-
loti bo'lib, bir kecha-kunduzda o'rtacha 1,5 I ajraladi. So'lak amilaza va
maltaza fermentlari bo'lgan turli tuzlar va oqsil ishqorli suyuqlikdir.
So'lak fermentlari uglevodlarni qisman parchalaydi, kraxmallarni esa di-
saxaridlargacha parchalaydi. Mutsin so'lakni yopishqoq qilib, ovqat
luqmasini yopishtirib yumaloqlaydi va atrofini silliqlab yutishga tayyor-
laydi. So'lak fermentlari ovqat m e’daga tushguncha o 'z ta’sirini saqlaydi.
M e’dada esa so'lak fermentlari kislotali muhitda ta’sirini yo'qotadi.
Odatda, ovqat to 'g 'risid a gap ketganida, u ko'zga ko'ringanda yoki
yeyilganda sezuvchi nerv oxirlari (retseptorlar) ta’sirlanishi natijasida so'lak
ajraladi. T a’sirlangan retseptorlar impulsni markazga intiluvchi nerv orqali
uzunchoq miyada joylashgan so'lak bezlari markaziy yadrolariga yetkazadi.
Yadrolardan markazdan uzoqlashuvchi (sekretor) nervlar orqali impulslar
so'lak bezlariga kelgandan so'ng so'lak ajraladi. Bunga so'lak bezi refleks
yoyi deyilsa, bezlarning nervlar orqali qo'zg'alib, so'lak chiqarish jara
yonini so'lak refleksi deb ataladi. Odamda shartsiz yoki tug'm a refleks-
lardan tashqari, shartli reflekslar ham bo'ladi. Shartli reflekslar hayot
mobaynida bosh miya po'stlog'ining bevosita ishtiroki bilan vujudga
keladi. Bu tashqi ta’sirotlar (ovoz, yorug'lik va b.) ishtirokida vujudga
keladi. Shartli refleks ta’siri shartsiz refleks (ovqat ta’siroti)dan birm un
cha oldinroq paydo bo'ladi. Jumladan, ovqat kelishi to 'g 'risid a xabar
kelishi bilanoq ajrala boshlaydi. Bunga shartli refleks deyiladi.
Odamda so'zlash qobiliyati paydo bo'lishi bilan og'iz bo'shlig'idagi
mayda bezlar doimiy ishlaydigan bo'lgan. Ular o 'z suyuqligi bilan o g'iz
bo'shlig'idagi shilliq pardani namlab turadi. Aks holda so'zlash qiyinlashib,
og'izni qo'shim cha suv bilan namlash kerak bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Yutish. Ovqat moddasi og'iz bo ‘shlig‘ida mexanik va kimyoviy par-
chalanib, so'lak bilan aralashib yutishga tayyor bo'lgan luqma odamning
ixtiyori bilan til ildiziga tomon yo'naltiriladi. Luqma til ildiziga borib
yumshoq tanglayga tegishi bilan ovqatning halqumga o'tishi (yutish) odam
ixtiyorisiz bajariladi. Bu vaqtda yum shoq tanglay k o 'tarilib , burun
bo'shlig'iga kirish yo'li (xoana)ni berkitadi. Hiqildoq esa yuqoriga ko'tarilib,
unga kirish yo'li — hiqildoq usti tanglay yordamida berkitiladi. Natijada
ovqat luqmasi halqumga o'tadi va yuqoridan qizilo'ngachga qarab yo'naladi.
Ovqat luqmasi halqumdan qizilo'ngachga yo'nalib, halqum devori
muskullarining yuqoridan pastga qarab qisqarishi va ovqat moddasining
og'irligi va uning so'lak bilan o'ralib namlanishi tufayli qizilo'ngachga
tushadi. Qizilo'ngach muskullari esa to'lqinsimon (yuqoridan pastga qarab)
qisqarib, ovqatni m e’da tomon suradi. Yutish jarayoni og'iz bo'shlig'idan
m e’daga tomon, agar ovqat suyuq bo'lsa,
2
— 3 sek, qattiq bo'lsa,
6— 8
sek davomida bajariladi.
HALQUM
Halqum yoki yutqin (101-rasm) voronkaga o'xshab, pastga tomon
torayib tuzilgan. U tepadan kalla suyagining tubi (asosi)dan boshlanib,
o g'iz va burun bo'shliqlariga keng ochilib turadi. Halqumning ikki yon
tomonidan yirik qon tomirlar
va nervlar o'tadi. Halqum orqa
tomondan umurtqa pog'onasi
va undagi muskullar bilan che
garalangan, old tomondan esa
hiqildoq bilan tutashib turadi.
H alq um b o 's h li g 'i uch
qism (burun, og'iz va hiqildoq
qismlari)dan iborat.
Halqumning burun qismi
eng tepa qism bo'lib, burun
101-rasm. Burun, og'iz, halqum,
hiqildoq va kekirdak bo'shliqlari.
1 - burun bo'shlig'i; 2, 2 / , 22 -
burun chig'anoqlari; 3 - ponasimon
suyak kovagi; 4 - tanglay burmasi;
5 - eshituv nayi teshigi; 6, 7 , 9 -
halqum murtagi; 8 - tilcha; 10 - til-
ta n g la y burm asi; / / - t a n g l a y -
halqum burmasi; 12 - halqumning
o g 'i z q ism i; 13 - h iq ild o q usti
tog'ayi; 14 - halqumning hiqildoq
q is m i; 15 - q iz ilo 'n g a c h ; 1 6 -
kekirdak; / 7 - t i l osti suyagi; 1 8 -
ja g ‘-til osti muskuli; /9 - e n g a k -til
osti muskuli; 20 - engak-til muskuli.
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo'shlig'iga bir juft xoana (bo'shliq) orqali qo'shilib ketgan. Bu qismning
pastki chegarasi yumshoq tanglay ro'parasida. Halqumning bu qismidan o'rta
quloq bilan tutashuvchi eshituv (Yevstaxiy) nayi boshlanadi. Nay tog'ayi
halqum tomonga sal bo'rtib chiqqan. Uni shilliq parda o'rab, orqa tomonida
bir oz chuqurlikni vujudga keltiradi. Shu chuqurlikda eshituv nayi bilan
yumshoq tanglay o'rtasida limfa to'qimasidan tuzilgan murtak joylashgan.
Halqumning og'iz qismi old tomondan tomoq orqali og'iz b o 'sh lig 'i
ga tutashadi. Halqumning bu qismi ham havo, ham ovqat o'tadigan umumiy
yo'l bo'lganidan, bu ikki jarayonni yumshoq tanglay tartibga solib turadi.
Ovqat luqmasini yutilganda yumshoq tanglay taranglashib, ko'tarilib havo
yo'lini to'sadi va havo o'tm aydi. Halqum orqa devorining yuqori qismi
da limfa to'qim asidan tuzilgan murtak joylashgan. Halqum devoridagi
ikkita nay murtagi, bitta til murtagi va ikkita tanglay murtagi halqa
shaklida joylashgan. Bular oralig'ida juda ko'p mayda limfa to'qim alari-
ni ham uchratish mumkin. Bu murtaklar halqasi organizm da himoya
vazifasini bajaradi. Halqumning hiqildoq qismi bir oz kalta bo 'lib,
hiqildoqning orqa tomonida joylashgan. Bu qism pastda qizilo'ngachga
qo'shilib ketadi. Halqumning hiqildoqqa kirish teshigi bo'lib, uni yon
tomondan burmalar chegaralab turadi. Ovqat luqmasi o'tayotgan paytda
hiqildoqqa o'tish teshigini hiqildoq usti tog'ayi (hiqildoq qopqog'i) yopib
turadi. Suyuqliklar esa hiqildoq teshigining ikki yonboshidagi egatchalar
orqali qizilo'ngach tomonga o'tadi. Halqumning devori uch qavat bo'lib,
ichki — shilliq parda, o'rta — muskul qavati va tashqi — biriktiruvchi
to'qim a pardasidan iborat.
Shilliq parda og'iz, burun bo'shlig'idagi shilliq pardaning davomi
bo'lib, ko'p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Burun qismi esa kiprikli
epiteliydan tuzilgan. Shilliq parda ostida, asosan, shilliq bezlar joylash
gan. Halqumda shilliq osti qavati rivojlanmagan. Shilliq parda muskul
qavati bilan fibroz to'qim a orqali qo'shilib turadi.
M uskul qavati k o 'n d a la n g -ta rg 'il m uskullardan tuzilgan b o 'lib ,
cherepitsaga o 'xshab, ustm a-ust joylashgan. Halqumning uchta (yuqori,
o 'rta va pastki) siquvchi m uskullari tafovut qilinadi. Yuqori siquvchi
muskul kalla suyagining tubi (asosi)dan, o 'rta siquvchi m uskul til osti
suyagidan va pastki siquvchi muskul hiqildoq tog'ay larid an boshla
nib, halqum ni ikki tom onidan o 'rab , o 'rta chiziqda o 'z a ro tutashadi.
Bundan tashqari, halqumni ko 'taruvchi ikki juft muskul ham bor:
1. Bigizsimon o'siq — halqum muskuli chakka suyagining bigizsi
mon o 'sig 'idan boshlanib, halqum devoriga yopishadi.
2. Halqum-tanglay muskuli yumshoq tanlaydan boshlanib, halqum
devoriga va qisman hiqildoqqa yopishadi.
Halqum ning siquvchi va ko'taruvchi muskullari navbatm a-navbat
tepadan pastga qarab qisqarishi tufayli ovqat asta-sekin yuqoridan pastga,
qizilo'ngach tomon yo'naladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Halqumning tashqi biriktiruvchi to ‘qima pardasi muskul qavatini
tashqaridan o 'rab turadi. Bu pardaning tashqi yuzasini kletchatka (yog'
o'ram i) o'rab, halqumni qo'shni a’zolardan ajratib turadi.
Dostları ilə paylaş: |