J IN S IY B E Z L A R N IN G E N D O K R IN Q IS M L A R I
Erkaklar urug'i bezi (moyak) dagi urug' ishlab chiqaradigan kanal
chalar oralig'ida joylashgan alohida hujayralarda testosteron va androste-
ron gormoni (androgenlar) ishlab chiqaradigan hujayralar bo'ladi.
Testosteron gormoni erkaklarda ikkilamchi jinsiy belgilaming paydo bo'lishi
(soqol-mo'ylov o'sishi, muskullaming rivojlanishi)ni ta’minlaydi va ular
ning erkaklarga xos qiyofaga kirishiga yordam beradi. Agar urug'donlar
olib tashlansa (bichilsa), yuqorida keltirilgan erkaklik belgilari o'zgarib,
soqol-mo'ylov o'smaydi. O'sgan bo'lsa tushib ketadi. Ovoz zaiflashib,
ayol organizmiga o'xshab qoladi. Gormonlar jinsiy a’zolaming, ikkilamchi
jinsiy belgilaming rivojlanishini ta’minlaydi. Gormon yetishmasa, yuqorida
ko'rsatilgan xususiyatlar yaxshi rivojlanmaydi. Bu vaqtda androgenlar
berilsa, jinsiy a’zolar va ikkilamchi jinsiy belgilar takomil etadi.
Androgenlar spermatozoidlarning normal yetilishini ta’minlaydi. Aks
holda yetilgan va harakatchan spermatozoidlar rivojlanmaydi.
Androgenlar to'qimalarda, ayniqsa muskullarda oqsil hosil bo'lishini
ta’minlaydi, organizmda yog'ni kamaytiradi, markaziy nerv sistemasiga
www.ziyouz.com kutubxonasi
ta’sir etadi, tormozlanish jarayonini normal holda saqlaydi. Bezdan ajralgan
ikkinchi gormon prostata bezining rivojlanishini tartibga soladi.
Ayollarda esa tuxumdondagi follikulalarda turli gormonlar ishlanadi
va follikulin deb ataladi. Follikulin jinsiy a’zolarning normal rivojlanishini,
ikkilamchi jinsiy belgilar hosil bo'lishini va nerv sistemasi qo'zg'alishini
ta’minlaydi.
M a’lumki, tuxumdonda yetilgan tuxum tuxumdon pardasini yorib
tashqariga chiqadi va bachadon naychasining kipriklari yordamida naycha-
ning ichiga o'tadi (tuxumdon anatomiyasiga qaralsin). Tuxumdon pardasining
yirtilgan joyida chandiq—sariq tana paydo bo'ladi. U ikki xil: biri chin
(haqiqiy) sariq tana deyilsa, ikkinchisi soxta tana bo'ladi. Chin sariq tana
tuxum otalanib, homiladorlik boshlangan paytda tuxumdon pardasining
yirtilgan joyida paydo bo'lib, otalangan tuxumning bachadon shilliq pardasiga
cho'kib, ushlanishiga imkoniyat tug'diradi, bachadon muskul qavatining
qisqarishiga qarshilik qiladi, sut bezlarining o'sishini ta’minlaydi. Aksincha,
yetilib chiqqan tuxum otalanmasa, paydo bo'lgan soxta sariq tana shimilib,
progesteron gormonini ajratadi. Bu gormon navbatdagi follikulaning
rivojlanishiga ta’sir etadi. Bulardan tashqari, bo'rtgan bachadon shilliq
qavati ko'chib, qon tomirlar shikastlanadi (ayollar hayz ko'radi).
Chin sariq tana butun homiladorlik davrida (9 oygacha) saqlanadi va
undan chiqqan gormon homilaning normal rivojlanishini ta’minlab, yangi
tuxum hujayra yetilishini to'xtatadi va sut bezlarini rivojlantiradi.
Homiladorlik vaqtida chin sariq tana olib tashlansa, homila takomili to'xtay-
di. Soxta sariq tanada ishlangan gormon esa yangi tuxum hujayraning
yetilishiga ta’sir etadi.
Nazorat uchun savollar
1. Ichki sekretsiya bezlariga qaysi bezlar kiradi?
2. Ichki sekretsiya bezlarining tashqi sekretsiya bezlaridan farqi nima?
3. Q alqonsim on bezning tuzilishi va vazifasi.
4. Q alqonsim on bez orqa tanachalarining tuzilishi va joylash gan o'rni.
5. A yrisim on bezning tuzilishi va vazifasi.
6. M iyaning pastki ortiq bezi tuzilishi va funksiyasi.
7. Ortiqsimon tananing tuzilishi va funksiyasi.
8. Buyrak usti bezi, p o'stloq m iya qism larining tuzilishi va funksiyasi.
9. A yollar jin siy a'zolarin ing gorm oni va funksiyasi.
10. Erkaklar jinsiy a'zolarining gormonlari.
11. M e'da osti bezin in g inkretor qism i va uning funksiyasi.
ORGANIZMNING ICHKI MUHITI TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA
Organizmning ichki muhiti qon va limfa to'qimalaridan tashkil topgan
bo'lib, organizmni himoya qilish va trofik (oziqlantirish) vazifasini bajaradi.
Trofik to'qimalar organizmga kirib qolgan mikroblar va yot oqsillar
bilan kurashishda muhim rol o'ynaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qon organizmning ichki muhiti suyuqlik va qon tanachalaridan tuzilgan
bo'lib, ichki muhit hujayralarini yuvadi va ularga moddalar almashinuvi
uchun zarur bo'lgan oziqlami yetkazib beradi.
Organizmning ichki muhiti tashqi muhitdan maxsus tuzilma — baryer
(teri, shilimshiq qobiqlar, hazm sistemasining epiteliy)lari orqali ajralib
turadi. Organizmning tashqi muhiti tinmay o'zgaruvchan bo'lsa, ichki
muhiti o'zining tarkibi va fizik-kimyoviy xossalari (osmatik bosimi,
reaksiyasi va harorati) jihatdan o'zgarmaydi. Ichki muhitning bunday
doimiyligi organizmning yashashi uchun zaruriy omildir. Jumladan atrof-
muhit haroratining har qanday o'zgarishidan qat’i nazar, organizm ichki
muhiti haroratining doimiyligi organizmdagi a’zolar va sistemalar hayot
faoliyatining doimiy bo'lishini ta’minlaydi.
Qon a’zolaming hujayralari bilan (ko'mik va taloqdan tashqari) bevosita
qo'shilm aydi, a’zolar qon plazmasidan ajralgan to'qim a suyuqligi
(interstitsial suyuqlik) bilan oziqlanadi. Interstitsial suyuqlik tarkibida har
bir a’zoning o'ziga xos suyuqligi bo'ladi.
Qon tarkibi bir xilda saqlanib turishi uchun u doimiy aylanib yurishi
shart. Yurakning to 'xtab qolishi qonning aylanmay qolishiga va
organizmning darhol halok bo'lishiga olib keladi.
Qon kichik qon aylanish sistemasi orqali o'pkaga borib to'qimalardan
olib kelgan karbonat angidrid gazini ajratadi va nafas olish jarayonida
o'pkaga yetkazilgan kislorodni (katta qon aylanish doirasi) arteriya qon
tomirlar orqali to'qimalarga, a’zolarga tarqatadi. Oziq moddalar esa hazm
sistemasi orqali qonga shimiladi. Oziq moddalar yetishmovchiligi jigar va
yog' kletchatkasidagi zaxiralar hisobiga to'ldiriladi. Qondagi ortiqcha va
hayot uchun keraksiz hamda zararli moddalar esa organizmdan ajratish a’zolari
orqali chiqarib tashlanadi. Shunday qilib, qon transport vazifasini bajaradi.
Qonning tarkibiy qismi organizmning normal va kasallik sharoitlariga
qarab o'zgarib turadi, binobarin qon organizmning oynasi hisoblanib,
kasallikni uning tarkibiy qismini tahlil qilish orqali aniqlanadi.
Qon moddalar almashinuvi jarayonida (muskullar, jigarda) isib, issiqlikni
boshqa a’zolarga tarqatadi va issiqlik teri orqali tashqariga chiqib ketadi.
Natijada organizmdagi (sog'liq paytida) gavda haroratining doim bir xilda
bo'lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, qon organizmga kirib qolgan
kasallik tug'diruvchi mikroblarni yo'qotishda, organizmning kasalliklarga
qarshi birdamligi (immunitet)ni hosil qilishda muhim himoya vazifasini
bajaradi. Uchdan bir qism qonni yo'qotish organizmning nobud bo'lishiga
olib keladi.
Odatda, eritrositlar gemoglobini kislorodni o'pkadan to'qimalarga,
ulardan esa karbonat angidridni o'pkaga yetkazib berish vazifasini bajaradi.
Bunga qonning nafas funksiyasi deyiladi. To'qimalarga kerakli bo'lgan
www.ziyouz.com kutubxonasi
oziq moddalar hazm a’zolari sistemasidan qonga shimilib hujayralarga
tarqaladi. Bunga qonning oziqlantirish funksiyasi deyiladi. Hazm qilingan
moddalar energiyasi organizm talabini qondirmasa, qo'shimcha oziq
moddalar, ya’ni yog* to'qimalari va jigardagi glikogenlar sarflanadi.
Qonda oqsil va natriy tuzlari miqdorining ortishi to'qimalarda suv
to'planishiga olib keladi. Jumladan, qon tarkibida oqsilning kamayishi
to'qim alarda suv miqdorining ko'payishi — odamning ko'pchishi
(shishishi)ga olib keladi.
Qon hayotiy moddalar almashinuvida vujudga kelgan zararli chiqindi
(siydik kislotasi, ter va h.k.) moddalarni ajratish a’zolari (buyrak, ter
bezlari va h.k.) orqali organizmdan chiqarib yuborishda vositachilik rolini
o'ynaydi.
Ichki sekretsiya bezlarining mahsulotlari (gormonlar) qon orqali
organizmga tarqaladi (qonning gumoral vazifasi). Odam organizmida (vazni
70 kg odamda) o'rtacha 4,5—5 I qon bo'ladi. Qon suyuq qism (plazma),
qizil qon tanachalari (eritrositlar), oq qon tanachalari (leykositlar) va
trombositlar (qon plastinkalari)dan iborat. Qon plazmasi 55%, shaklli
elementlar esa 45% ni tashkil etadi. Qonning doimiy qizil rangda bo'lishini
(plazmaning sarg'ish rangda bo'lishidan qat’i nazar) qizil rangli eritrositlar
ta’minlaydi. Katta yoshdagi odamlarda qonning solishtirma og'irligi 1,050—
1,060, plazmaniki 1,025— 1,034, eritrositlamiki esa 1,090 bo'ladi.
Agar suvning qovushqoqligini 1 deb hisoblansa, qonning yopishqoq-
ligi suvga nisbatan o'rtacha 5, plazmaniki 1,7— 2,2 ga teng.
Qonning osmatik bosimi moddalar (oqsillar, turli tuzlar)ning qondan
to'qimalarga, to'qimadan qaytib qonga o'tishi bilan paydo bo'ladi. Osmatik
bosim doimiydir. Shaklli elementlami plazmadan ajratish uchun qonga
geparin qo'shib (geparin qonni ivishdan saqlaydi) shisha idishga quyilsa,
bu elementlar plazmadan og'irroq bo'lgani uchun idish tubiga cho'kadi.
To'q qizil (eitrosit) cho'kma ustida esa och sariq mikositlar cho'kmasi
yupqa parda shaklida ko'rinadi. Qon shaklli elementlarini plazmadan
sentrifugalash yo'li bilan ham ajratish mumkin.
Qon plazmasi — murakkab tuzilma; organizmdagi to'qima suyuqlik-
lari bilan aloqada bo'ladi. Plazma suv (90— 92%), oqsil (7— 8%), tuz
(0,9%) va glukozadan (0,1%) iborat doimiy tuzilma bo'lib, kuchsiz ishqoriy
reaksiyaga ega (pN 7,36).
Plazma oqsillari tarkibida albuminlar (4— 5%), fibrinogen (0,2—0,4%)
va globulinlar (2,— 3,5%) bo'ladi. Oqsillar qon yopishqoqligini suvga
nisbatan 3 baravar oshirib, tomirlardagi qon bosimining doimiy bo'lishida
qatnashadi. Qon oqsillari kapillar devoridan o'tmaydi. Shuning uchun
to'qima bilan qon o'rtasida suv taqsimlanishida qatnashadi. Qon oqsillari
qon reaksiyasini bir xilda saqlab, organizmning himoyalanishini, kasallikka
qarshilik ko'rsatish kuchini oshirib, immunitet hosil bo'lishini ta’minlay-
www.ziyouz.com kutubxonasi
di. Qon plazmasida oqsillardan tashqari, azot qoldig'i (30— 40 mg%),
glukoza (80— 120 mg%), ferment (protrombin, profibrinolizin) va anor
ganik moddalar ham bo'ladi. Buyraklar funksiyasi buzilsa, qonda azot
miqdori ortadi. Me’da osti bezi insulin gormonini kam ishlab chiqarganda
qonda glukoza miqdori keskin ko'payadi (diabet, qon kasalligi kelib
chiqadi). Aksincha, glukoza miqdori plazmada 80— 120 mg% dan 40
mg % ga qadar kamayganda nerv sistemasi hujayralari qo'zg'alib, odam
talvasaga tushadi. Glukoza yanada kamaysa, odam hushdan ketadi (qon
aylanishi va nafas olish buziladi), hatto odam o'lib qolishi ham mumkin.
Plazma tarkibidagi fermentlar qon ivishida ishtirok etadi.
Anorganik moddalar (1%) tarkibiga kationlar — Na+, Ca++, K+, M g^
va anionlar — Cl' (xlorid), H P04 (fosforit), H C 03 (bikarbonat) kiradi.
Shuningdek, plazmada glikogen, yog'lar, oqsillarni parchalaydigan
fermentlar ham bo'ladi. Organizmning hayot faoliyatida to'qimalardan
serotonin, gistamin (biologik faol moddalar), gormonlar, ovqat moddalari
va vitaminga o'xshab so'rilsa-da, plazma tarkibi doimiy bir xil bo'ladi.
Qonning shaklli elementlari. Qizil qon tanachalari (eritrositlar), oq
qon tanachalari (leykositlar) va qon plastinkalari (trombositlar)dan iborat
(139-rasm).
Qizil qon tanachalari (eritrositlar) odamda diametri 7— 8 mkm, qalinligi
1—2 mkm, ikki tomoni botiq, yumshoq, yadrosiz, 1mm3 qonda o'rtacha
4500000 — 5000000 dona bo'ladi.
Eritrositlar ayollarda (4500000),
k e k s a la rd a (4 0 0 0 0 0 0 ) b ir oz
kamroq, chaqaloqlarda aksincha
ko'proq (6000000 gacha) bo'ladi.
Eritrositlar soni odam tashqi va ichki
muhi-tining o'zgarishi vaqtida (ish
jarayonida ko'p terlamaganda va
h.k.) o'zgarib turadi. Eritrositlaming
o'rtacha umri 120 kun bo'lib, so'ng
ra jigar va taloqda parchalanadi,
ulaming o'rniga ko'mikda har se-
kundda 10000000 gacha yangi
eritrositlar paydo bo'ladi. Ba’zi ka
sallik vaqtida eritrositlar soni ka
mayib, anemiya yoki eritropeniya
yuz beradi. Natijada umumiy gemog
lobin miqdori (hatto eritrositlar tarki
bidagi gemoglobinlar ham) kamaya
di. Aksincha ba’zi vaqtda eritrositlar
soni ko'payadi (eritrositoz).
V v
1
10
Я
г
•
fr
Фф
ю
11
4
139-rasm . Qon elementlari.
I
- eritrosit; 2 - leyk osit;
3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 -
turli xildagi lim fositlar;
1 0 -
m onosit;
1 1 -
trombositlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Eritrositlar organizmni nafas, hayotiy oziq moddalar bilan ta’minlashdan
tashqari, himoya vazifasini ham bajaradi.
Eritrositlar tarkibidagi gemoglobin o'ziga kislorod va karbonat angidridni
biriktiruvchi xususiyati bilan nafas funksiyasini bajaradi, oziq moddalarni
barcha to'qimalarga yetkazadi va eritrositlar yuzasidagi maxsus modda
(antitelo)lar yordamida organizmga zararli bo'lgan moddalarni bog'lab,
himoya vazifasini bajaradi.
Gemoglobin eritrositlar tarkibida bo'lib, globin oqsili va tarkibida
temir
saqlangan
gemdan iborat. Odatda 100 mg qonda 13— 14 g
(erkaklarda ayollarga nisbatan bir oz ko'proq) gemoglobin bo'ladi.
Gemoglobin ko'm ik hujayralarida sintezlanadi. Gemoglobinning
kim yoviy tarkibi b a ’zi kasalliklarda o'zgaradi. Agar gem oglobin
eritrositlardan ajralib plazmaga qo'shilsa (gemoglobinuriya), chiqarib yubo-
riladi. Agar gemoglobin plazmada haddan tashqari ko'payib ketsa, qon
ning qovushqoqligi oshadi. To'qima suyuqligining ajralishi esa buziladi.
Gemoglobinning bufer xossalari qon kislota-ishqor muvozanatini
boshqarib turadi. Gemoglobin kislorodga boyib oksigemoglobinni
to'qimalarga beradi-da, ulardan karbonat angidrid gazini qabul qilib
(karbogemoglobin) o'pkaga uzatadi. Gemoglobin is gazi (CO) bilan ham
birikish qobiliyatiga ega bo'lib, bunga karboksigemoglobin deb ataladi.
Karboksigemoglobin o'zidan is gazini juda sekinlik bilan ajratadi. Natijada
is gazi organizmni zaharlaydi. Zaharlangan organizmda gemoglobindagi
kislorod molekulasi gemoglobinni temirga biriktirib, uni oksidlaydi. Shu
sababli qonning kislorodni to'qimaga tashish xususiyati yo'qolib, odam o'ladi.
Leykositlar — oq qon tanachalari, yadro va proplazmaga ega bo'lgan
8—20 mkm kattalikdagi rangsiz hujayralar; 1 mm3 qonda 6000— 8000
bo'ladi. Leykositlar qonda amyobaga o'xshash harakat qiladi. Ularning
qonda oshishi — leykositoz, kamayishi esa leykopeniya deyiladi.
Qondagi leykositlar sharoitga qarab o'zgarib boradi. Nahorda kam
bo'lsa, ovqatlangandan, jismoniy mehnatdan keyin va kasallik vaqtida
ko'payadi. Aksincha, nur kasalligida keskin kamayadi. Leykositlar haddan
tashqari kamayib ketsa (1mm3 da 500 dan kam bo'lsa), odam o'ladi.
Leykositlar taxminan 8— 12 kecha-kunduz umr ko'radi. Qonda donali
(granulositlar) va donasiz leykositlar (agranulositlar) tafovut etiladi.
Granulositlar protoplazmasida turli bo'yoqlar bilan bo'yaladigan donali
kiritmalar bo'lishi bilan agranulositlardan ajralib turadi.
Qonda har xil shakldagi yadroga ega bo'lgan katta-kichik leykositlar
bo'ladi. Eng katta hujayralar (13— 25 mkm) monositlar bo'lsa, eng kichik
hujayralar (6— 14 mkm) limfositlardir. Monositlar protoplazmasi och ko'k
rangga bo'yaladi. Yadrosi esa loviya yoki oval shaklli bo'ladi.
Leykositlar bo'yoqlar bilan bo'yalishiga qarab neytrofil, eozinofil va
bazofil turlarga ajratiladi. Neytrofillar neytral bo'yoqlar bilan bo'yalib,
ulaming yadrolari segment (51—67%) va tayoqcha (3—6%) shaklda bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Eozinofillar kislotali bo'yoqlar bilan, bazofillar asosiy bo'yoqlar bilan
bo'yaladi va bir-biridan ajralib ko'rinadi.
Protoplazm asida granulalar (donachalar) b o 'lgan leykositlarga
granulositlar deyiladi. Yadrosi yaltirab turadigan leykositlar yosh leykositlar
bo'ladi.
Leykositar formula (o‘rta yoshli odamda)
Bazofillar
Eozinofil
lar, %
Neytrofillar, %
Lim fosit
lar
M onosit
lar
L eykosit
lar 1m m 1
qondagi
soni
Y oshlar-
da
Tayoqcha
yadro Шаг
Segm ent
lar
0— 1
2— *
0 — 1,0
3— 6
55— 68
25— 30
4— 8
6— 8
ming
Leykositlarning funksiyalari: organizmda himoya vazifasini bajaradi.
Ular organizmga kirgan mikroblarni (neytrofillar, monositlar) hazm qilish
(fagositoz) xususiyatiga ega.
Leykositlar organizmga tushgan mikroblarni, to'qimalarning parcha
lanish mahsulotlarini maxsus ferment (leysin va antitoksin)lar ishlab
chiqarib, ular vositasida yutib hazm qiladi. Neytrofillar taxminan 5— 25
bakteriyani, monositlar esa 100 ga yaqin bakteriyani yutib, oxiri o'zi
halok bo'ladi. Natijada o'lik to'qima hujayralari, bakteriyalar, tirik va
o'lik leykositlar yig'indisi yiring hosil qiladi.
Leykositlar soni organizm yuqumli yoki yallig'lanish kasalligiga duchor
bo'lganda keskin ko'payadi. Ular 1mm3 qonda 20000 gacha va undan
ham ko'proq bo'ladi. Ko'paygan leykositlar, hazm a’zolari devoridagi,
ko'miklar va taloqdagi limfa tugunlari hamda limfoid to'qimalar ishlab
chiqargan antitelolar yordamida organizmni himoya qiladi. Organizmda
leykositlarning haddan tashqari ko'payishi kasallikning o g 'irligin i
ko'rsatuvchi belgilardan biridir.
Olimlarning aniqlashicha, leykositlar kasalliklarning turiga qarab
o'zgaradi. Jumladan, bezgak kasalligida monositlar, o'pka kasalliklarida
neytrofillar ko'paysa, ich terlama (tif) va ko 'k y o 'tal kasalliklarida
limfositlar, gijja, qizilcha (skarlatina) va nafas siqishi (astma) kasallikla
rida esa eozinofillar soni oshadi.
Trombositlar (qon plastinkalari) oval yoki doira shaklidagi yadrosiz
tanachalar bo'lib, ular 1 mm3 qonda o'rtacha 180000— 320000 bo'ladi.
Trombositlarning ko'pchilik qismi jigar, o'pka va taloqda saqlanib, ular
eritrositlarga nisbatan 3 baravar (diametri 2— 4 mkm) kichikdir.
Trombositlar miqdori jismoniy mehnat, ovqatlanish vaqtida ortib boradi.
Ularning umri o'rtacha 4 kun. Qon tomirlar jarohatlanganda trombositlar,
fibrin iplari va eritrositlardan tromb (qon laxtasi) hosil qilib qon tomir-
www.ziyouz.com kutubxonasi
ning jarohatlangan joyini berkitib, qon oqishini to'xtatadi. Trombositlardan
ajralgan retraktozim moddasi trombinni qisqartirib, zichlashtiradi va jaro
hatlangan qon tomirining devor chetlarini bir-biriga tortib yaqinlashtira
di. Trombositlardan ajralgan serotinin moddasi esa qon tomirlar devori
ning torayishiga va shu bilan qon bosimining oshishiga olib keladi.
Qonning ivish xususiyati. Qonning ivishi murakkab xususiyat bo'lib,
tomirlarda oqqan qon 3—4 minutda ivib qoladi. Bunday qon jarohatlan
gan tomirni berkitib, qon oqishini to'xtatib, organizmni himoya qiladi.
Qon quyidagicha iviydi:
1. Qon oqish paytida plazmadagi eruvchi oqsil (fibrinogen) erimaydi-
gan mayda-mayda fibrin iplariga aylanadi. Ana shu iplar oralarida qonning
shaklli elementlari va suyuq qismi ushlanib, qon laxtasini hosil qiladi.
Bulardan tashqari, qon ivishida jarohatlangan to'qimalarning yemirilgan
hujayralaridan tushgan moddalar, trombositlar qon plazmasi bilan o'zaro
ta’sirlanib, faol tromboplastinga aylanadi. Bunda plazmadagi akselerator,
ya’ni globulin va antigemofiliya ta’sirida tromboplastinning vujudga kelishi
tezlashadi. Aks holda tomirdan oqayotgan qonning ivishi sekinlashadi,
buni gemofiliya kasalligi deyiladi. Bu kasallikda arzimas jarohatlanish
to'xtovsiz qon oqishiga sabab bo'ladi.
2. Qon ivishining ikkinchi bosqichida jigarda hosil bo'lgan protrombin
plazma oqsili bilan, uni sintez qilish uchun zarur bo'lgan vitamin К (ichakdan
o't ishtirokida shimiladi) muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, Sa^
ionlari protrombinning trombinga aylanishiga sababchi bo'lishi lozim. Ammo
tomirlardan chiqqan qonga Ca4-" ionlarini bog'lab oladigan natriy sitrat
eritmasi quyilganda ham protrombindan trombin hosil bo'lmaydi va qon
ivimaydi. Shuning uchun odamga quyiladigan qonga natriy sitrat qo'shib
(stabillashtirilgan, ivimaydigan qon holatiga keltirib), so'ngra quyiladi.
3. Qon ivishining uchinchi bosqichida qon plazmasidagi eruvchi
fibrinogen oqsili trombin ta’sirida erimaydigan fibringa aylanadi. Fibrin
iplari esa qon laxtasining shakllanishida muhim rol o'ynaydi. Shunday
qilib, qonning ivishi fibrin hosil bo'lishi va qon laxtasining shakllanishi
bilan to'xtaydi.
Jarohatlangan tomirdan qon oqishining to'xtashi bilan hosil bo'lgan
trombinning o'zi ham plazmadagi trombin ta’sirida erib ketadi. Aks holda
jarohatning bitishiga hosil bo'lgan tromb to'sqinlik qiladi. Qon tarkibidagi
ingibitor (antitrombin, antitromboplastin, lipoproteid va lipaza)lar tomirlar
ichida tromb hosil bo'lishiga qarshilik qiladi va sekinlashtiradi. Lekin
qonni ivituvchi va ivishiga qarshi mexanizmlar o'rtasida bir xilda muvozanat
bo'lganidagina tomirlardagi qon suyuq holatda bo'ladi. Ba’zan muvoza
nat buzilib, tomirlar ichida qon ivishi tromboflebit, infarkt kasalligini
keltirib chiqaradi yoki ajralgan geparin moddasi trombin faoliyatini
susaytirib, qonning ivishiga qarshilik ko'rsatadi. Ba’zi kasalliklarda
www.ziyouz.com kutubxonasi
fibrinogenning haddan tashqari kamayishi ham qonning barcha funksional
holati nerv sistemasining nazoratida bajarilishini unutmaslik lozim.
Eritrositlarning cho'kish tezligi qonning organizmda doimo tinmay
aylanib yurishi natijasida (normal hoi) eritrositlar bir me’yorda bo‘ladi.
Qon tomirdan olingan qon tarkibidagi eritrositlar vaqt о ‘tishi bilan cho'kadi.
Chunki tarkibida temir bo'lgan eritrositlar solishtirma og'irligi 1,090 bo'lsa,
plazmaning solishtirma og'irligi 1,020 ga teng. Eritrositlarning ana shunday
cho'kish tezligi SOE (skorost osedaniya eritrositov) nomi bilan yuritiladi.
Eritrositlarning cho'kish tezligi, asosan, plazma tarkibiga bog'liq bo'lib,
amaliy tibbiyotda katta ahamiyatga ega.
SOE erkaklarda soatiga 5—7 mm, ayollarda 12 mm. SOE ayollarning
homiladorlik davrida va yuqumli kasalliklarda birmuncha tezlashadi.
Gemoliz — eritrositlar pardasining yemirilishi oqibatida gemoglobin
ning plazmaga chiqib qo'shilishi. Odatda, plazma tarkibidagi turli
elementlarda yorug'lik akslanishi natijasida qon tiniq ko'rinm aydi.
Gemolizning biologik, osmatik va mexanik turlari mavjud. Kimyoviy
gemoliz eritrosit pardalarining benzin, efir, xloroform va ammiak kabi
kimyoviy moddalar ta’sirida parchalanib yemirilishi tufayli vujudga keladi.
Biologik gemoliz ilon, chayon, asalari chaqqanida ro'y beradi. Osmatik
gemoliz osmatik bosim eritrositlardagi bosimdan kam bo'lgandagina
(gipotonik eritmada) yuzaga keladi. Bunday sharoitda suv eritrositlarga
o'tib, ulami bo'rttiradi. Natijada eritrositlardagi bosimning oshishi tufayli
pardalar tortilib gemoliz bo'ladi. Gipertonik eritmada eritrositlar tarkibidagi
suv yo'qolib, eritrositlar bujmayadi. Bundan tashqari, gemoliz gemolitik
bakteriyalar, gijjalar zahari ta’sirida, shuningdek, gruppasi to 'g 'ri
kelmaydigan qon quyilganda ham vujudga keladi. Bu holda eritrositlar
aw al bir-biriga yopishib (agglutinatsiya), keyin parchalanadi. Natijada
bemoming ahvoli og'irlashib, gemotransfuzion shok ro'y beradi. Mexanik
gemoliz qonning turli sabablarga ko'ra chayqalishida kuzatiladi. Gemoliz-
langan qonni odamga quyish mumkin emas.
Qon gruppalari. Bir odam qonini ikkinchi odamga quyilganligi
qadimdan ma’lum. Lekin qon quyilgandan so'ng ko'pincha o'lim sodir
bo'lgan. Olimlaming olib borgan tekshirishlariga ko'ra bir odam qonining
eritrositlari ikkinchi odamning qoniga aralashganda, ular bir-biri bilan
yopishib, erimaydigan zarrachalar paydo qiladi. Eritrositlarning o'zaro
yopishishiga ular tarkibidagi yopishadigan modda (agglutinogen) va qon
plazmasidagi eritrositlami yopishtiradigan modda (agglutinin)lar sababchi
bo'ladi. Natijada qon gemolizi (parchalanishi) sodir bo'lib, shok (odamning
hushdan ketishi) yuz beradi, hatto qon quyilgan odamning ahvoli og'irlashib,
o'lib qolishi ham mumkin. Keyingi tekshirishlardan odam qonida A va В
agglutinogen hamda alfa va betta harflari bilan ifodalanadigan agglutinin
borligi
aniqlandi. Qon quyilganda agglutinogen A bilan agglutinin a
www.ziyouz.com kutubxonasi
yoki agglutinogen В bilan agglutinin P uchrashganda eritrositlar o'zaro
yopishib, agglutinatsiya bo'lib, keyin ular parchalanadi. Natijada odam shok
holatiga tushadi va o'lim ro'y berishi ham mumkin. Odam qonida hech
qachon bir turli agglutinogen A agglutinin a yoki agglutinogen В agglutinin
(3 bilan uchrashmaydi, uchrashsa agglutinatsiya sodir bo'ladi. Fiziologlar-
ning tekshirishlari natijasida odamlar qonida agglutinogenlar bilan aggluti-
ninlaming uchrashish tartibiga qarab qon to'rt gruppaga ajratiladi.
Birinchi yoki «0» gruppa qondagi eritrositlar tarkibida agglutinogen
lar bo'lmaydi. Plazmada esa a va P agglutinin bo'ladi.
Ikkinchi yoki A gruppa qondagi eritrositlar tarkibida agglutinogen A
va plazmada agglutinin (3 bo'ladi.
Uchinchi yoki В gruppa qondagi eritrositlar tarkibida agglutinogen
B, plazmasida agglutinin a bo'ladi.
To'rtinchi yoki AB gruppa qondagi eritrositlar tarkibida agglutino
gen A va В bo'ladi, plazmasida esa hech qanaqa agglutininlar bo'lmaydi.
Qon gruppalari qon quyishda muhim ahamiyatga ega, chunki gruppa
aniqlangandan keyingina qon quyish mumkin. Qon gruppasini aniqlamas-
dan qon quyilsa, quyiladigan qon eritrositlarining agglutinogenlari qabul
qiluvchi (resipiyent) odam qonidagi eritrositlar agglutininlari bilan qo'shi
lib, bir-biriga yopishib, qon gemolizi vujudga keladi. Quyiladigan (donor)
qon agglutininlariga unchalik ahamiyat berilmaydi, chunki ular resipiyent
(qon quyilgan odam) qonida ancha suyuladi va o'zining resipiyent
eritrositlarini agglutinatsiyalash xususiyatini yo'qotishga sababchi bo'ladi.
Qonning ana shu xususiyatlariga qarab, birinchi gruppa (universal donorlar)
qonini hamma (I, II, III, va IV) gruppaga quysa bo'ladi. II gruppa qonini
faqat II va IV gruppali qonlarga quyiladi: III gruppa qonini esa III va IV
gruppalarga quyish mumkin. Nihoyat IV gruppa qonli odamlarga har
qanday gruppa qonini quyish mumkin. Shuning uchun IV gruppali odam-
lami universal resipiyentlar deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |