AYOLLARNING TANOSIL A’ZOLARI
Ayollarning tanosil a’zolari ichki va tashqi tanosil a’zolaridan tashkil
topgan: 1) ichki tanosil a’zolari bir juft tuxumdon, bachadon naylari,
bachadon va qindan iborat; 2) tashqi tanosil a’zolariga esa katta va kichik
jinsiy (uyatli) lablar, klitor va qizlik pardasi kiradi (128-rasm).
Tuxumdon
Tuxumdon (129-rasm) bir juft bo'lib, uzunligi 2—3 sm, qalinligi 1
sm, bachadon naylari tagida joylashgan. Uning ichkari va tashqariga
qaragan ikki yuzasi, oldinga va orqaga qaragan ikki qirg'og'i tafovut
qilinadi. Tuxumdonning pastki uchi tuxumdon boylami orqali bachadon-
ga bog'langan bo'lsa, tashqi yuzasi kichik chanoqning yon devoriga tegib
turadi. Oldingi botiqroq qirg'og'i orqali tuxumdon ichiga qon tomirlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
hamda nervlar kiradi va bacha
donning keng boylami orqali
bachadon bilan tutashadi. Tu
xum don ikki xil — ustki
po‘stloq (parenximatoz) modda
si va ichkarida joylashgan to-
m irli m oddadan tu z ilg an .
Ikkinchi moddada
biriktiruv
chi to‘-qima va nervlami ham
ko'rish mumkin. Tuxumdonning
po'st-loq moddasi asosiy qismi
bo'lib, unda ayollar tuxumi
yetiladi va shu yerda follikulin
gormoni ishlab chiqariladi.
Ayollar tuxumi pufakchalar (fol-
likulalar) bilan o'ralgan bo'lib,
14— 16 yoshdan boshlab 45—
50, ba’zida 55 yoshgacha navbat
bilan har 28 kunda bittadan kat-
talashib (6 mm gacha yetilib)
po'stloq qavati tashqi yuzasiga
chiqadi. Natija
da pufak yorilib,
ichidagi suyuq
lik qorin bo'shli
g'iga oqadi, tu
xum esa tuxum
don ustida qola
di. Bu vaqtda
bachadon nayi
shokilalarining
harakati bilan
tuxum ushlanib,
bachadon nayi
ichiga uzatiladi.
Ayni
v aqtda
tuxum yuzasida
(tuxum pufak-
chasining yoril
gan joyida) sariq
tana
paydo
bo'ladi.
128-rasm. Ayollar chaimg'ining ko'rinishi.
/-qorin parda: 2-to'g'ri ichak;
3 -
bachadon;
4
-to'g'ri ichak bilan bachadon oraliq cho'ntagi;
5 -qovuq;
6
-qin; 7- siydik chiqarish yo'li;
H-
qovuq bilan bachadon oraliq cho'ntagi; 9- ba
chadon nayi:
10 -
tuxumdon; //-tuxumdon
boylami.
129-rasm. Bachadon. tuxumdon va qinning ko'rinishi.
I -
bachadonning tashqi qavati; 2 - bachadon nayining toraygan
qismi;
3 -
bachadon nayi charvisi;
4
-
bachadon nayining ichki
ko'rinishi; 5 - tuxumdon ortig'i; 6 - nayning kengaygan teshigi; 7-
bachadon shokilalari:
ti -
qon lomiri; 9 - tuxumdonning ichki
ko'rinishi;
1 0 -
tuxumdon boylami;
11, 12 -
bachadon boylamlari;
13
-
bachadon arteriyasi:
14
-qin; /5 -bachadon bo'yni;
16
-
ba
chadonning muskul qavati; /7 -bachadon bo'shlig'i.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Klimaks davri, menopauza va qarilik — jinsiy faollik davrining
menopauzaga o'tishdan oldin klimaks davri kuzatiladi. Klimaks, odatda,
bir necha oydan 3 yilgacha davom etadi.
Klimaks davrida ayollar tuxumining rivojlanishi va tuxum pufakcha-
sining yirtilish jarayonlari kechikadi. Natijada sariq tananing paydo bo'lishi
va tuxumdon faoliyati buzilishi kuzatiladi. Ba’zan tuxumdon faoliyatining
to'satdan to'xtashi kuzatiladi. Bunda vegetativ nerv sistemasi funksiyasi
izdan chiqadi, yurak urishi tezlashib, qon tomirlarga ko'plab qon keladi-
da yuz va boshqa joylar terisi (allergiyaga o'xshash) qizg'ish tusga kiradi.
Ba’zida ko'ngil aynib, bosh aylanadi.
Klimaks davrida hayz ko'rish sikli buziladi. Ayrimlarda hayz tezlashadi,
boshqalarda esa kechikadi. Tuxumdonda klimaks tufayli yuzaga kelgan
o'zgarishlar oxiriga yetgach hayz ko'rish ham batamom to'xtab, menopauza
boshlanadi. Bunda barcha jinsiy a’zolar atrofiyalanadi. M oddalar
almashinuvi buzilib, organizmni yog' bosadi-da, ayollar semiradi. Ammo
menopauza davrida ham tuxumdonning vegetativ funksiyasi bir oz saqla
nadi. Keyinchalik (60 yoshdan keyin) menopauza qarilik davri bilan al-
mashinadi.
Bachadon naylari
Bachadon naylari (129-rasm) bachadon tubining ikki boshidan bosh
langan (10— 12 sm uzunlikdagi) nay bo'lib, tuxumdondan ajralgan tuxumni
bachadonga o'tkazib beradi. Naylarda to'rt qism (bachadon devori ichidagi
qism, siqilgan hamda kengaygan qismlar va oxirgi voronkasimon kengay
gan qism) tafovut qilinadi. Naylar mayda shokilalar bilan tugaydi. Shoki-
lalar tuxumdonda ajralgan tuxumni tutib, nay ichiga yo'naltiradi. Naylar
bachadon keng boylami ichida joylashgan. Naylaming ikkita teshigi bo'lib,
biri bachadon bo'shlig'iga, ikkinchisi voronkasimon kengaygan qismi
orqali qorin bo'shlig'iga ochiladi. Shu yo'sinda ayollarning qorin bo'shlig'i
ga, bachadon nayi, bachadon va qin orqali tashqi muhitga ochiladi.
Naylaming devori to'rt qavatdan iborat:
1.
Ichki shilliq qavat — uzunasiga ketgan burmalar hosil qiladi.
Qavatning usti kiprikli epiteliy bilan qoplangan bo'ladi. Epiteliy kipriklari
faqat bachadon tomonga harakat qilib, tuxumni bachadon tomonga yo'naltirib,
itarib beradi. 2. Ichki ko'ndalang, ustki uzunasiga yo'nalgan muskul qavati.
3. Biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan qavat. 4. Seroz parda qavati.
BACHADON
Bachadon (129-rasm) kichik chanoq bo'shlig'ida, qovuq bilan to'g'ri
ichak o'rtasida joylashgan nokka o'xshash a’zo bo'lib, unda
homila
rivojlanadi. Bachadon qiz bolalarda, farzand ko'rmagan ayollarda o'rta
cha 50 g bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bachadonning bo'yni, tanasi va tubi tafovut qilinadi. Bachadonning
tanasi va tubi old yuzasi qovuq ustida bir oz bukilib joylashgan, orqa
yuzasi esa to'g'ri ichakka qaragan. Bachadon bo'ynining bir qismi qin
ichiga kirib turadi. Shu yerda bachadonning teshigi qinga ochiladi.
Bachadon devori qalin bo'lib, uch qavatdan iborat:
1. I c h k i s h i l l i q q a v a t bachadon naychalari shilliq qavatining
davomi bo'lib, bachadon ichida burmalar bo'lmaydi. Shilliq qavatda mayda
bezlar uchraydi. Shilliq qavat bachadon bo'yni qismida yanada qalinlashib,
bir necha burmalar hosil qiladi, bu yerda mayda bezlardan tashqari shilliq
bezlar ham bo'ladi. Bachadon shilliq qavati balog'atga yetgan qizlarda va
homilasi bo'lmagan ayollarda har 28 kunda hayz ko'rish munosabati
bilan o'zgarib turadi. Hayz ko'rish to'rt sikldan iborat: 1) odatda, hayz
ko'rish 3—5 kun davom etib, bu vaqtda bachadon shilliq qavatining bir
qismi (funksional) uzilib, qon oqadi; 2) hayz ko'rishning ikkinchi davrida
(5— 12 kun) sog'lom shilliq qavat hujayralari ko'payib, uzilgan shilliq
qavat o'mini qoplaydi; 3) uchinchi davrda (12— 18 kun) bachadon shilliq
qavatida morfologik o'zgarish deyarli bo'lmaydi va bu davr osoyishtalik
davri deb ataladi; 4) nihoyat, hayz ko'rishdan oldingi davrda (18—28
kun) shilliq qavat to'lishib, shilliq osti qavat qon tomirlari qon bilan
haddan tashqari to'ladi. Agar shu vaqtda ayol tuxumi otalansa, otalangan
tuxum o'zidan maxsus suyuqlik chiqarib, to'lishgan shilliq qavatni eritib,
unga cho'kadi, homiladorlik boshlanadi. Bu vaqtda sariq tana saqlanib,
keyingi tuxumning yetilishini to'xtatib, homilaning rivojlanishiga ta’sir
etadi. Aks holda qon bilan to'lgan qon tomirlar yorilib, shilliq ostiga
quyiladi. Natijada shilliq qavat ostidan ajraladi va shu zaylda hayz ko'rish
boshlanadi. Bunday vaqtda paydo bo'lgan sariq tana keyingi tuxum
yetilguncha saqlanib, so'ngra shimilib ketadi. Hayz ko'rish ayollarda
13— 14 yoshdan boshlanib, 45—50, ba’zida 55 yoshgacha davom etadi.
2. O ' r t a m u s k u l q a v a t i silliq muskul tolalaridan iborat va
uch qavat bo'lib joylashgan. Ichki va tashqi muskul tolalari bo'ylama,
ular orasida esa ko'ndalang muskul tolalari joylashgan. Odatda, muskul
qavati qon tomirlarga boy bo'ladi.
3. T a s h q i q a v a t seroz pardalardan iborat. Bachadonni old va
orqa tomondan yopib, uning keng boylamiga aylanib ketgan seroz pardaning
ikki varag'i orasida (bachadon bo'ynining ikki yonboshida) biriktiruvchi
to'qimadan tuzilgan qatlam uchraydi.
Bachadon tanasining ichidagi bo'shliq uchburchak shaklda bo'lib, uning
tepa tomondagi ikki yon burchagiga bachadon naylari ochiladi, pastki
burchagi esa bo'yin ichidagi kanal orqali qin bo'shlig'iga va tashqariga
ochiladi. Bachadonning tashqi teshigi tug'magan ayollarda yumaloq, tuqqan
ayollarda esa ko'ndalangiga cho'zilgan bo'ladi.
Qorin parda bachadonning oldingi yuzasini qoplaydi, so'ngra orqa
yuzasidan to'g'ri ichakka o'tib ketadi. Natijada bachadon bilan qovuq
www.ziyouz.com kutubxonasi
oralig'ida chuqurlik vujudga keladi. Xuddi shunday chuqurlik bachadon
bilan to'g'ri ichak o'rtasida ham bo'ladi.
Bachadonni o'rab turgan qorin parda uning yon tomonidan chanoq
devoriga yo'naladi. Qorin pardaning ana shu bachadon bilan chanoq devori
oralig'idagi qismi bachadonning keng boylami deyiladi. Bu boylamning
bachadon nayi bilan tuxumdon o'rtasidagi qismi bachadon tutqichi bo'ladi.
Bachadon nayining old tomonidan boshlangan bachadon yumaloq
boylami chov kanali orqali tashqariga chiqib, katta uyatli lablar terisida
tugaydi. Bachadonning homiladorlik davrida uzunligi 29 sm, og'irligi 1
kg bo'ladi.
B a c h a d o n n i n g h o m i l a d o r l i k d a v r i — otalangan tuxum
o'zidan ajratgan suyuqlik bilan bachadon shilliq qavatini eritib cho'kadi
va homiladorlik boshlanadi. Homiladorlik oxirgi hayz ko'rish vaqti bilan
bola tug'ilguncha bo'lgan vaqt oralig'i bo'lib, 9 oy (har oy 28 kundan)
yoki 280 kunga 14 kunni qo'shilgan davr bilan aniqlanadi. Homiladorlik
davrida bachadon hajmi o'rtacha 20 marta kattalashadi, devori hayz ko'rish
oldi devoriga o'xshagan, bo'rtgan va qonga to'lishgan bo'ladi. Bola
tug'ilganidan so'ng bachadon hajmi 10— 12 kunda kichiklashib, asli holiga
keladi, shilliq qavatning yarasi (yo'ldosh o'rni) bitadi.
B a c h a d o n d a n t a s h q a r i h o m i l a d o r l i k . Odatda homila
dorlik bachadon bo'shlig'ida sodir bo'ladi. Ba’zida esa homiladorlik ba
chadondan tashqarida (tuxumdonda, bachadon naylarida, ko'proq, qorin
pardada, charvi va boshqa a’zolarda) kuzatiladi. Bunday homiladorlik
homilador ayolga ham, homilaga ham juda xavflidir. Asosan, otalangan
tuxum bachadon nayidan bachadon bo'shlig'iga borib cho'kadi. Ba’zida
esa otalangan tuxum bachadon nayida turli sabablarga ko'ra o'tirib qoladi.
Bular quyidagilar:
1. Bachadon nayi shilliq qavati yallig'lanib, bo'rtishi tufayli uning
teshigining hajmi torayadi. Natijada otalangan tuxumning (hujayraning
ko'payish davrida) bachadon tomon yo'nalishi qiyinlashadi. Oxiri homila
bachadon nayiga o'tirib qoladi.
2. Ba’zan normal rivojlanmagan bachadon nayining muskul qavati
unchalik takomil etmagan bo'ladi. Nay odatdagidan uzunchoqroq bo'lib,
ilon izi shaklida joylashadi. Otalangan tuxum bunday naylardan bachadon
tomon yo'nala olmaydi.
3. Bachadon nayida paydo bo'lgan turli
o'smalar ham otalangan
tuxum harakatini qiyinlashtiradi.
Homila ko'pincha nayning voronkasimon kengaygan qismiga cho'ka
di. Nay homiladorligida ham bachadonda boiadigan homiladorlikka
o'xshash o'zgarishlar kuzatiladi. Homilani o'ragan parda, xorion kiprik-
chalari nay shilliq qavatidan tashqari, muskul va seroz pardalarni ham
eritib, devorini yupqalashtiradi. Natijada nay bo'shlig'i kengayadi. Nayning
www.ziyouz.com kutubxonasi
kengayishi 2—3 oy (ba’zida 6 oygacha) davom etib, keyin yorilib, kuchli
qon oqadi. Embrion qon bilan qorin bo‘shlig‘iga tushadi. Homilador ko‘p
qon oqishidan hushidan ketib, shok holati kuzatilishi mumkin. Bunday
paytlarda zudlik bilan tegishli chora ko'rish lozim.
QIN
Qin (129-rasm) — bachadon bo'yni bilan tashqi tanosil a’zolari
oralig'ida joylashgan, uzunligi 8 sm gacha bo'lgan a’zo. Qin devorlari-
ning ichki shilliq qavatida juda ko'p ko'ndalang burmalar ko'rinadi.
Devorning ikkinchi muskul qavati tolalari ko'ndalangiga va uzunasiga
yo'nalgan. Muskul qavati tashqi tomondan fibroz parda bilan o'ralgan.
Bachadon bo'yni qinning tepa qismi ichiga ancha kirib joylashganidan
uning atrofida chuqurliklar paydo bo'ladi.
Qin orqa devorining yuqori qismi qorin parda bilan o'ralgan, qolgan
qismi to 'g'ri ichakka yaqin joylashgan. Oldingi devorining ustki qismi
qovuqqa, pastki qismi siydik chiqarish nayiga yaqin turadi. Qizlarda
qinning tashqi teshigi halqa shaklidagi shilliq (qizlik) parda bilan bekilib
turadi. Pardaning o'rtasida kichkina teshik bo'ladi. Ikkala kichik uyatli
lablaming oralig'i qin dahlizini hosil qiladi, uning tepa qismida katta va
kichik uyatli lablaming oralig'ida klitor (shahvoniy do'ng) joylashgan.
Klitor tuzilishi va shakli jihatdan erlik olatini eslatadi. Lekin klitorni
faqat ikkita g'ovak tana tashkil etadi. Klitor qitiqlanishi ayollarning jinsiy
qo'zg'alishiga olib keladi. Klitordan pastroqda siydik chiqarish nayining
tashqi teshigi, undan pastroqda esa qin teshigi joylashgan.
Qin dahlizining ikki yoniga dahliz bezlari yo'li ochiladi. Bu bezlar
erkaklarning Kuper bezlariga o'xshaydi.
AYOLLARNING SIYDIK CHIQARISH NAYI
Ayollarning siydik chiqarish nayi (128-rasm) qisqa, uzunligi 3—3,5
sm bo'lib, devori cho'ziluvchan, diametri ancha katta (7—8 mm), Nayning
ichki teshigi va siydik-tanosil diafragmasini teshib o'tgan bo'lagi qisuvchi
muskul bilan o'ralgan. Siydik chiqarish nayining tashqi teshigi qin dah-
liziga ochiladi. Nayning devori ichkari tomondan shilliq qavat bilan
qoplangan. Bu qavatda mayda bezlar uchraydi. Shilliq osti qavati qon
tomirlarga boy biriktiruvchi to'qimadan iborat. Siydik chiqarish nayini
ust tomonidan silliq muskul o'rab turadi.
ORALIQ
Oraliq (130,131-rasmlar) tashqi tanosil a’zolari bilan orqa teshik
orasidagi soha. Oraliq oldindan simfiz, orqadan dum suyagining cho'qqisi,
ikki yon tomondan quymich do'mboqlari bilan chegaralangan. Oraliq
muskullardan va ularni tepadan, pastdan o'rab olgan fassiyalardan iborat
www.ziyouz.com kutubxonasi
131-rasm. Ayollar oralig'i.
1 -yorg'oq; 2 - oraliqning siydik-
tanosil diafragma bo'lagi; J-siydik
chiqarish nayi;
4
- siydik chiqarish nayi
bezi; 5,
6
-oraliq ko'ndalang musku
li; 7-orqa teshikning tashqi muskuli;
8
- oraliqning chanoq bo'lagi.
130-rasm. Erkaklar oralig'i.
/-klitor; 2 - kichik uyatli lab;
3, 9 -
oraliqning siydik-tanosil bo'lagi;
4, 8 -
oraliqning ko'ndalang muskullari; 5-
oraliqning chanoq-diafragma bo'lagi;
6 -dumbaning katta muskuli; 7 - orqa
teshikni siquvchi tashqi muskul;
1 0 -
qin; //-siydik chiqarish nayining
tashqi teshigi.
bo‘lib, chanoqning pastki teshigini qoplab turadi. Oraliqda tashqi tanosil
a’zolari va tashqi teshik joylashgan. Oraliq ikki qism — oldingi siydik-
tanosil diafragmasi va orqadagi chanoq diafragmasiga bo'linadi.
Siydik-tanosil diafragmasi qismi quymich va qov suyaklarining butoqlari
bilan chegaralangan. Bu qismni oraliqning chuqur ko'ndalang muskuli,
siydik chiqarish nayining chiquvchi muskullari va fassiyalari qoplab turadi.
Bundan tashqari, siydik-tanosil diafragmasi yuzasida piyoz-g'ovak muskuli
joylashgan. Bu muskul siydik va erkaklik urug'i (spermatozoid) suyuqligini
chiqarishga xizmat qiladi. Ayollarda esa qinga kirish qismini siqadi.
Quymich-g'ovak muskuli esa qisqarib, vena qonining oqishini qiyinlash-
tiradi, bu bilan erkaklarda olatni, ayollarda klitomi qo'zg'atadi. Erkaklar-
ning siydik-tanosil diafragmasi orqali siydik chiqarish nayi, ayollarda esa
siydik chiqarish nayi bilan qin o'tadi.
Oraliqning chanoq diafragmasi oldingi siydik-tanosil diafragmasiga
qaraganda kattaroq. Oraliqning bu bo'lagi gumbaz shaklida tuzilgan.
Chanoq gumbazi bilan quymich suyagi oralig'ida hosil bo'lgan to'g'ri
ichak quymich bo'shlig'ini yog' to'qimalari to'ldirib turadi va nerv ham
da qon tomirlari o'tadi.
Chanoq diafragmasidan o'tgan to'g'ri ichak orqa teshik bo'lib tugay
di. Orqa teshikning atrofini teri ostida joylashgan orqa teshikning yuza
siquvchi muskuli o'rab turadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sut bezlari
(132-rasm) bir juft bo'lib, katta ko'krak muskulining
ustida joylashgan. Shuning uchun ular ko'krak bezlari deb ham ataladi.
Sut bezlari ter bezlaridan tuzilgan bo'lib, sut ishlab chiqarishga moslashib
rivojlangan. Sut bezlari yangi tug'ilgan chaqaloqlarda (qiz va o'g'il bolalarda
ham) bir xil bo'lib, qizlar balog'atga
yetishi bilan sut bezlari kattalashib, sut
ishlab chiqaradigan bezlar takomillasha-
di. Sut bezining kattalashishi homilador
lik davrida ayniqsa zo'rayadi.
Sut bezlarining uchida so'rg'ich va
uning atrofida pigmentga
boy doira
bo'ladi. Doira sohasida mayda bezlar
b o 'lg a n lig i tufayli tekis em as. Sut
bezlarining uchi 15—20 ta alohida bez
bo'laklaridan iborat bo'lib, ularning
uchlari s o 'rg 'ic h tomon yo 'n alg an .
Bo'lakchalar biriktiruvchi to'qima devor
lari bilan ajralib turadi. Har bir bo'lak-
cha o'z navbatida sut ishlab chiqaruvchi
bezlardan iborat bo'lib, ular mayda sut
y o 'lla ri orqali b ir-b irig a q o 'sh ilib ,
bo'lakcha sut chiqarish yo'lini (15— 20
ta) hosil qiladi. Bu yo'llar so'rg'ichga
yaqinlashganda bir-biri bilan qo'shilib, 8—
10 ta teshik ochiladi.
qavati; j-ten.
TANOSIL A’ZOLARINING RIVOJLANISHI
Sakkiz haftalik embrion umurtqa pog'onasining ikki yonida indiffe
rent (jinsiy jihatdan tafovut etilmagan) hujayralar paydo bo'ladi. Buning
pastrog'ida Volf tanasi («Buyrakning rivojlanishi»ga qaralsin) deb ataluvchi
naychalar joylashgan. V olf tanasining pastki uchi bilan M yuller
naychasining pastki uchlari siydik-tanosil bo'shlig'iga ochiladi. Agar Volf
tanasi va uning ustida joylashgan hujayralar Myuller naychasiga qaraganda
tezroq o'sadigan bo'lsa, u holda bu hujayradan erkak tanosil bezi —
moyagi rivojlanadi va uning ichida burmalar va to'g'ri naychalar paydo
bo'ladi. Volf naychasining siydik-tanosil bo'shlig'iga ochilgan qismidan
urug' pufakchasi vujudga keladi. Bu vaqtda Myuller naychasining ko'p
qismi yo'qoladi. Ulardan faqat siydik-tanosil bo'shlig'iga ochilgan qismi
saqlanib, «erkaklar bachadoni»ga (prostata bezining ichida siydik chiqarish
yo'lida) aylanadi.
132-rasm. Sul bezi.
/-so'rg'ich; 2 -sut yo'llari;
3 -
bo'lakchalar;
4
- teri osti yog'
www.ziyouz.com kutubxonasi
Aksincha, M yuller naychasi rivojlansa, indifferent hujayralardan
tuxumdon hosil bo‘ladi. Volf naychasining tuxumdon bilan qo‘shilib turgan
qismidan boshqa hammasi yo'qolib ketadi. Myuller naychasining yuqori
qismi rivojlanib, bachadon naylariga aylanadi, qolgan qismlari o'zaro
qo'shiladi, ular o'rtasidagi devorlar yo‘qolib, umumiy bo'shliq hosil bo'ladi.
Ana shu bo'shliqdan bachadon va qin rivojlanadi.
Tashqi tanosil a’zolari quyidagicha rivojlanadi. Embrion rivojlani
shining sakkizinchi haftasida tananing pastki qismida kloakaga ochiladigan
teshik vujudga keladi. Keyinchalik ana shu teshik tepasida tanosil
do'm bog'i va ikki yonboshida teri burmasi paydo bo'ladi. Yuqorida
ko'rsatilgandek, ichki tanosil a’zolari o 'g 'il bola tomonga moyil o'sa-
yotgan bo'lsa, tanosil do'm bog'idan olat va siydik chiqarish yo'li o'sadi.
Aksincha, qiz bola o'sayotgan bo'lsa, tanosil do'm bog'i sekin o'sib
klitor paydo bo'ladi. Teri burmalari esa o 'g 'il bolalardagi singari o'sib,
ularning chetlari o'zaro qo'shilmaydi. Natijada kichik va kalta uyatli
lablar vujudga keladi.
Qorin bo'shlig'ida paydo bo'lgan moyak asta-sekin pastga tusha bosh-
lashi bilan bir vaqtda rivojlanib boradi. Moyak bola tug'ilishiga bir oy
chamasi qolganda yoki tug'ilgandan so'ng chov kanali orqali chiqib,
yorg'oqqa tushadi.
Moyak 13— 14 yoshgacha asta-sekin rivojlanadi, so'ngra o'sish juda
tezlashadi. Jinsiy tafovut (belgilar) bolalarning (5— 8) yoshlik davrida
sekin o'sib, balog'at yoshida tez avj oladi.
SIYDIK-TANOSIL A’ZOLARINING ANOMALIYALARI
Siydik a’zolari rivojlanish davrida g'ayritabiiy tuzilishlar ham uchraydi.
Ayrim odamlarda ikkita buyrakdan tashqari uchinchi buyrak ham rivojlanadi
yoki ikkita buyrak qo'shilib, bitta katta taqasimon buyrakni hosil qilishi,
qovuqning old devori ochiq holda rivojlanishi mumkin.
Siydik chiqarish nayi erlik olatining ustida yoki ostki tomonida
bekilmasdan, ochiq (ariqcha shaklida) qolishi mumkin.
Tanosil a’zolarining noto'g'ri rivojlanishi natijasida turlicha anomaliyalar
paydo bo'ladi.
Ba’zan yorg'oqqa moyaklar tushmay, qorin bo'shlig'ida yoki chov
kanali ichida qolishi kuzatiladi. Ayrim hollarda ikki jin slilik -
germafroditizm holati ham uchraydi. Bunda mavjud a’zolardan biri (erlik
yoki ayollik a ’zosi) ustun turadi. Ayollarda klitor taraqqiy etib, erlik
olatiga o'xshab qoladi. Ba’zida qo'shimcha tuxumdon paydo bo'ladi.
Bachadon va qin rivojlanishida ular o'rtasidagi devor yo'qolmasdan qolishi
mumkin. Bunda bachadon va qin bo'shliqlari ikkiga bo'linadi. Bachadon
tubining ikki shoxga ajralishi yoki ikkita mustaqil bachadon vujudga
kelishi singari hodisalar ham kuzatiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
1. Siydik ajratish va chiqarish a’zolari qaysi a’zolardan tuzilgan, ularning funksiyasi.
2. Buyrak tuzilishi, joylashgan o‘rni, topografiyasi.
3. Buyrak pardalari qanday bo'ladi?
4. Siydik qanday ajraladi, nefronning tuzilishi va uning har qaysi buyrakdagi
miqdori va vazifasi.
5. Siydik yo'lining tuzilishi va joylashgan o'rni, vazifasi.
6. Qovuqning tuzilishi va funksiyasi.
7. Qovuq erkaklarda qaysi a’zolar oralig'ida joylashgan?
8. Qovuq ayollarda qaysi a’zolar oralig'ida joylashgan?
9. Qovuqdan siydik qaysi nay orqali tashqariga chiqadi? Uning tuzilishi.
10. Erkaklarda siydik chiqarish nayining tuzilishi.
11. Ayollarda siydik chiqarish nayining tuzilishi.
12. Erkaklaming ichki tanosil a’zolari.
13. Moyak (urug'donning) tuzilishi.
14. Moyak ortig'ining tuzilishi va vazifasi.
15. Moyak pardalari.
16. Urug' chiqarish yo'llari.
17. Urug' pufakchalari.
18. Urug' tizimchasi.
19. Prostata va Kuper bezlari va vazifalari.
20. Tashqi tanosil a’zolari.
21. Erlik olatining tuzilishi.
22. Yorg'oqning tuzilishi va vazifasi.
23. Urug'ning tuzilishi va vazifasi.
23. Ayollarning tanosil a’zolari.
24. Ichki tanosil a’zolari.
25. Tuxumdonning tuzilishi, joylashgan joyi, vazifasi.
26. Follikulning tuzilishi.
27. Ayollar tuxumining yelilishi.
28. Tuxumdon yuzasida sariq tananing paydo bo'lish sababi.
29. Klimaks nima?
30. Bachadon nayi, joylashgan joyi, qismlari.
31. Nay shilliq qavatining ayol tuxumi harakatidagi roli.
32. Bachadonning tuzilishi. Uning qismlari va joylashgan o'rni.
33. Qorin parda bachadonni qanday o'ragan?
34. Bachadon boylamlari.
35. Bachadonning homiladorlik davridagi tuzilishi.
36. Bachadondan tashqaridagi homiladorlik.
37. Qinning tuzilishi va joylashuvi.
38. Ayollarning tashqi tanosil a’zolari.
39. Qizlik pardasining tuzilishi va joylashgan o'rni.
40. Ayollarda qorin parda bo'shlig'ining tashqi muhit bilan qo'shilishini tushun
tiring.
41. Bachadon flziologiyasini tushuntiring.
42. Sut (ko'krak) bezlarining tuzilishi va patologiyasini tushuntiring.
www.ziyouz.com kutubxonasi
43. Oraliq chegarasi va tuzilishi.
44. Erkaklar oralig'i.
45. Ayollar oralig'ining erkaklar oralig'idan farqi.
Dostları ilə paylaş: |