Nazorat uchun savollar
1. Qonning tuzilishi, tarkibi va fiziologiyasi.
2. Qonning shaklli elementlarini tushuntiring.
3. Eritrositlarning tuzilishi, miqdori va fiziologiyasi.
4. Leykositlarning tuzilishi, miqdori va fiziologiyasi.
5. Leykositlarning turlari, ularning tuzilishi va organizmdagi ahamiyati.
6. Trombositlar nima?
7. Qon plazmasi to'g'risida nima bilasiz?
8. Gemoglobin nima, uning organizmda tutgan rolini aytib bering.
9. Fagositoz nima, uning organizmdagi ahamiyati.
10. Qon gemostazini tushuntiring.
11. Qonning ivish sabablarini bilasizmi?
12. Qon gruppalari to'g'risida nimalami bilasiz? Gruppalaming qon quyishdagi
muhim ahamiyatlari nimada?
13. Rezus-faktorlar (rezus-manfiy va rezus-musbat) to'g'risida nimalami bilasiz?
Ularning qon quyishdagi muhim ahamiyatlari.
14. Qon quyishda nimalarga ahamiyat berish kerak? Donor va resipiyent to'g'risida
sizning tushunchangiz.
15. Gipoksiya nima?
16. Anemiyani tushuntiring.
17. Leykozlar to'g'risida nima bilasiz?
18. Leykositoz va leykopeniya nima?
19. Immunitet haqida nima bilasiz?
20. Antigen va antitelolar nima?
21. Allergiya nima?
TOMIRLAR SISTEMASI (ANGIOLOGIYA)
Angiologiya yunoncha «angion» — tomir so'zidan olingan bo'lib,
XVIII asrdan beri qo'llanadi.
Tomirlar sistemasi organizmda boshqa a’zolar sistemasi singari muhim
vazifani bajaradi. Tomirlar ichidagi suyuqliklar (qon va limfa) hujayra va
to'qim alar uchun zarur bo'lgan kislorod va oziq moddalarni yetkazib
beradi. Ayni vaqtda organizm tarkibidagi karbonat angidrid va boshqa
keraksiz (chiqindi) gaz va moddalarni m a’lum a’zolarga (buyraklarga,
teriga) olib boradi va ular orqali tashqariga chiqaradi. Tom irlar sistemasi
qon tomirlar, limfa sistemasi va qo'shim cha tuzilmalar (limfa tugunlari
va limfoid to'qim alar) dan tashkil topgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qon tomirlar sistemasi yurak, arteriya, vena va kapillarlar singari
murakkab tuzilmalardan tashkil topgan (140-rasm).
Y urak qon tom irlar sistem asining m arkaziy a’zosi b o ‘lib, nerv
regulatsiya ta’sirida doimo bir xilda qisqarib organizmdagi turli kalibrga
ega bo'lgan qon tomirlar orqali hujayra hamda to'qimalarga oziq moddalarni
olib boradi va vena qon tomirlari orqali yurakka qaytib keladi, shuning
uchun barcha qon tomirlar ikki turga ajratiladi:
1. Markaziy a ’zo — yurakdan chi
qib, gavdaga tarqaladigan hamma qon
tomirlar (ichida oqayotgan qonning qan
day ligidan qat’i nazar) a r t e r i у a q o n
t o m i r l a r i deb ataladi.
2. H ujay ralard an , to 'q im a la rd a n
markaziy a’zo — yurakka qarab qon
olib keladigan tom irlarni esa v e n a
q o n t o m i r l a r i (vena qon tomirlar
sistemasiga qaralsin) deyiladi.
Yurakdan chiqadigan arteriya qon
to m irlari (aorta, o 'p k a arte riy a la ri)
markazdan uzoqlashgan sari shoxobcha-
lar chiqarib asta-sekin kichiklashib,
torayib boradi. Nihoyat, a’zolar mikro
skop ostida ko'rinadigan juda ingichka
arteriya tolachalari — arteriola tolalari-
ga, ular esa k apillarlarga ay lanad i.
Arteriola tolalari devorlarining tarkibida
q isq a rish x u su siy atig a ega b o 'lg a n
element tuzilmalar bo'lib, o'sha joydagi
qon bosimini tartibga solib turish uchun
xizmat qiladi va shu bilan kapillarlar-
dan
farq qiladi. Kapillar soch tolasi
so'zidan olingan bo'lib, uning uzunligi
o'rtacha 0,5 mm, kengligi esa 3— 35
mikron, ya’ni odam tukining diametridan ellik marta kichik bo'lib, devori
esa juda yupqa. Shuning uchun ulardan qon sekin oqadi, natijada hujay
ralar, to 'q im a la r va oraliq m oddalar, kerakli kislorod va boshqa
moddalam ing hammasi kapillarlar devori orqali to'qim alarga so'rilib,
diffuziya bo'lib o'tishiga imkoniyat tug'iladi. To'qim alar esa karbonat
angidridni va moddalar almashinuvi natijasida vujudga kelgan chiqindi
moddalarni kapillarlarga o'tkazib beradi. Shunday qilib, kapillar arteriya
qismidan vena kapillarlar
qismiga, undan venulaga o'tadi. Venuladan
140-rasm. Qon tomirlar sistemasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
esa vena qon tomirlari boshlanadi. Vena tomirlari asta-sekin yiriklashib,
oxirida ikkita (pastki va yuqori) kovak vena qon tomirini tashkil etadi va
yurakning o'ng bo'lm asiga quyiladi. Qon o'ng bo'lmadan o 'n g qorinchaga
va undan o'pka arteriyalari orqali o'pkaga boradi. O 'pka arteriyasining
tarmoqlari pirovardida kapillarlarga aylanadi va nafas alveolalari (xalta-
chalari)ni o'rab oladi (nafas a’zolari sistemasiga qaralsin). Nafas olish
jarayonida karbonat angidridni chiqarib, kislorodga boyiydi. Kislorodga
boy bo'lgan toza (arteriya) qon o'pka venalari orqali yurakning chap
bo'lm asiga quyiladi, u yerdan chap qorinchaga o'tib, aorta orqali yuqorida
aytilganidek, organizmga tarqaladi. Natijada organizmda to 'la doira —
qon aylanish sistemasi vujudga keladi. Qon aylanish sistemasi quyidagi
ikki bo'lakka ajratiladi: 1) katta qon aylanish doirasi yurakning chap
qorinchasidan boshlanib, aorta va uning tarmoqlari orqali hamma a’zolar,
to'qim alarga, hujayralar va oraliq mod-
dalarga tarqaladi, keyin vena qon tomir-
lariga aylanib, yurakning o'n g bo'lm asi
ga qaytib quyiladi; 2) kichik yoki o'pka
qon aylanish doirasi yurakning o 'n g
qorinchasidan boshlanib, o'p ka arteriya
lari orqali o'pkaga boradi va u yerda qon
tozalanib (kislorodga boyib) to'rtta o'pka
venalari orqali chap yurak bo'lm asiga
quyiladi (141-rasm). Kichik qon aylanish
sistemasidagi qon tomirlarning nomlari
ulaming ichidagi qon tarkibiga to 'g 'ri kel-
maydi. Odatda, yurakdan chiqib orga
nizmga tarqaladigan qon tomirlar (ichi
da oqayotgan qonning qandayligidan qat’i
nazar) arteriya qon tomirlari, periferiya-
dan markaziy a’zo — yurakka qarab bo-
radigan tomirlar esa vena qon tomirlari
deb ataladi.
Yuqorida ko'rsatilgan katta va kichik
qon aylanish doiralaridan tashqari yana
uchinchi — yurak qon aylanish doirasi
ham bo'lib, u yurak arteriya va vena qon
tomirlaridan tuzilgan. Yurak devorining
venalari to 'g 'ridan-to'g 'ri yurakning o'ng
bo'lm asiga quyiladi.
Odam arteriya sistemasini sxema tar
zida sershox daraxtga o'xshatish mumkin.
Qon tom irlarning a ’zolarga kirguncha
bo'lgan qismiga a’zodan tashqari qismi
11
141-rasm. Qon aylanish doirasi.
I - kapillarlar; 2 - aorta; 3 - ichki
a'zolardagi kapillarlar to'ri; 4 -
oyo q d a g i kap illarlar to'ri; 5 -
qopqoq vena; 6 - j i g a r ichidagi
kapillarlar to'ri; 7 - pastki kovak
vena; 8 - kurak limfa nayi; 9 -o 'p k a
arteriyasi; 10 - yuqori kovak vena;
II - qo'l va boshdagi kapillarlar to'ri.
www.ziyouz.com kutubxonasi
yoki ekstraa’zo arteriyasi, a’zolaming ichkarisidagi tarmoqlangan tomirlar-
ni intraa’zo arteriyasi deyiladi. Qon tomirlarning ulanuvchi anastomozlari
xirurgiyada katta ahamiyatga ega. Ba’zan asosiy arteriya qon tomiri jaro
hatlanganda yoki kasallanish (ulaming ichiga tromb tiqilganda) natijasida
qon a’zolarga bormay qoladi. Shunda kollateral (yonlama) tomirlar, anas-
tomozlar orqali muayyan soha qon bilan ta’minlanadi. Vena qon tomirlar
sistemasida arteriyaga nisbatan anastomozlar ko'proq uchraydi. Vena qon
tomirlari ichki hajmi o'zgaradigan ko'pchilik a’zolar (bachadon, qovuq va
h. k.) devori atrofida chigali bo'ladi. A ’zolar hajmi kattalashgan taqdirda
ham vena qon tomirlari devorlarining siqilishiga qaramasdan, chigallar
orqali qon normal oqib tura oladi (142-rasm).
Ko'pchilik a’zolarda doimo mayda
arteriya bilan vena tolalarining o'rta
sida arteriya-vena anastomozlari bo'la
di. B unda arteriy a ik k ita tolaga
bo'linadi, uning yo'g'onroq tolasi key
inchalik arteriola va kapillarlarga
bo'linsa, kichikroq tolasi vena tolasi
bilan qo'shiladi. Bu holda arteriya to
lasining devori vena tom irlarining
devoriga o'xshab tuzilgan bo'ladi.
Ba’zida arteriya-vena anastomozlari
qo'shilib, koptokchani hosil qiladi.
Agar to'qimalarga qon odatdagidan
ko'proq keladigan bo'lsa, u holda
arteriya-vena anastomozlari orqali (ka
pillarlar bundan mustasno) vena to-
mirlariga o'tib ketadi. Bunday holat
yurak muskulining energiyasi tejali-
shiga katta imkon tug'diradi.
Hamisha arteriya bilan vena to
mirlari yonma-yon joylashgan b o 'la
di, katta arteriya tomirlari ko'pincha
bitta tomir bilan yo'naladi. Arteriya
bilan vena tomirlari nerv tolalari bilan birgalikda joylashib, qon tomirlar
— nerv boylamini hosil qiladi va alohida parda (fassiya) bilan o'ralgan
bo'ladi (143-rasm).
Qon tomirlar devori uchta qavatdan iborat: birinchi — tashqi qavati
elastik biriktiruvchi to'qim adan tuzilgan. Ikkinchi o 'rta qavati boshqa
qavatlarga qaraganda qalinroq bo'lib, silliq muskullardan tashkil topgan.
Uchinchi yoki ichki qavati endoteliydan iborat. Vena qon tomirlarining
devori arteriya qon tomirlarining devoriga o'xshash tuzilgan bo 'lsa ham,
ulardan o'zining yupqaligi va endoteliydan hosil bo'lgan yarim oysimon
142-rasm. Qon tomirlar devorining
gistologik tuzilishi.
a - vena qon tomiri: I - ichki qavat; 2 -
o'rta qavat; J - tashqi qavat. b - arteriya
qon tomiri; 4 - tashqi qavat; 5 -o 'r ta
qavat; 6 - ichki qavat.
www.ziyouz.com kutubxonasi
143-rasm. Vena qon lomiri.
I
- vena qon tomirlarining
devori;
2 - klapanlar;
3 -
klapan b o 'sh lig 'i.
klapanlarining bo'lishi bilan
farq qiladi. Qon
tomir yupqa biriktiruvchi to'qim a bilan o'ralib
turadi va devorlarini qon bilan ta’minlaydigan
o'ziga xos arteriya hamda vena qon tomirlari,
markaziy nerv sistemasini bog'lab turadigan nerv
tolalari va ulaming oxirgi qismlari — retseptorlari
bo'ladi. Ular qon tomirlar ishini tartibga solib
turish vazifasini bajaradi.
Yurak
Yurak
muskuldan tuzilgan a’zo bo'lib, ko'krak
qafasida joylashgan. Yurak odam hayotining
oxirgi daqiqasigacha hamma vaqt (qisqa pauza-
lardan tashqari) muntazam harakatlanib, qisqarib
(sistola), kengayib (diastola) turadi va organizm
ning barcha qismlariga qon yetkazib beradi. O 'rta
yoshdagi
odamning
yuragi
bir
minutda
o'rtacha 70— 75 marta, bir sutkada esa 100000
marta qisqaradi. Bu esa shu vaqt ichida 20 tonna yukni bir metr balandlikka
ko'tarish quvvatiga teng hisoblanadi. O 'rta yoshdagi odamning yuragi
oldindan orqaga qarab bir oz siqilgan konus shaklida bo'lib, hajmi taxminan
har bir odamning o'rtacha yumilgan o 'z mushtiga teng (144-rasm).
Yurakning o'rtacha og'irligi
erkaklarda 300 g. Chaqaloqlar
yuragining og'irligi 23— 37 g
bo'lsa, sakkiz oylikda bu vazn
ikki baravar, 2— 3 yoshlik bola
larda uch baravar va 16 yoshga
borganda o'n bir marta ortadi.
Yurakning uzunligi o'rta yoshda
gi odamlarda 13— 14,5 sm, eng
144-rasm. Yurakning tashqi
ko'rinishi.
/ - c h a p o'mrov arteriyasi; 2 - umu
miy uyqu arteriyasi;
3 - aorta ravog'i;
4 - o'rka o'ng arteriyasi; 5 - o'pka ar
teriyasi poyasi;
6 - yurakning chap
qulog'i; 7 - yurak tanasi; 8 - oldingi
egat; 9 -c h a p qorincha; 1 0 - yurak
uchi; I I - o'n g qorincha;
12 - toj
egati;
13 - yurakning o'ng qulog'i;
14 - yuqoriga ko'tariluvchi aorta; 15 -
yuqori kovak vena;
16 - epikard; 17 -
yelka bosh arteriyasi poyasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
keng qismi (ko‘ndalangiga) 9— 10,5 sm va old sathi bilan orqasining uzunligi
6— 7 sm. Yurakning og'irligi butun gavda og'irligiga nisbatan 1:200 yoki
1:175 bo'ladi. Yurak tashqi yuzasining ikkita o'tkir (o'ng) va o'tmas (chap)
chekkalari uni orqa va oldingi yuzalarga ajratib turadi.
Yurakning oldingi va bir oz yuqoriga qarab turgan to'sh-qovurg'a
yuzasi hamda bir oz pastga qaragan diafragma yuzasi bor. Yurakning
yuqoriga qarab turgan kengroq qismi — asosi va pastga chapga qaragan
yumaloqroq uchi bor. Yurak asosidan boshlanadigan yirik arteriya va
vena qon tomirlariga osilgan holatda ishlab turadi. Yurak to 'rt bo'lim dan
iborat bo'lib, uning asosida joylashgan ikkita yurak bo'lmachalari va ular
ostida joylashgan ikkita yurak qorinchalari tafovut qilinadi.
Yurakning tashqi yuzasida bo'lm achalar bilan qorinchalar o'rtasidagi
chegaralarga to 'g 'ri keladigan va yurakni hamma tomondan o'rab turadigan
ko'ndalang egat, qorinchalarni bir-biridan ajratib turadigan (chegara
devorlariga to 'g 'ri keladigan) — oldingi uzunasiga joylashgan egat va
orqa tomondagi uzunasiga ketgan egatlar bor. Yurak egatlari yurak to
mirlari va yog' moddasi bilan to ‘lib turadi. O 'ng va chap bo'lm achalar
hamda qorinchalar ular oralig'ida joylashgan devor bilan ajralib turadi.
Lekin o'ng bo'lm acha bilan o'ng qorincha va chap bo'lm acha bilan chap
qorinchalar o 'zaro yurak bo'lm achalari bilan qorinchalari o'rtasidagi
teshiklar vositasida qo'shilib ketgan. Shunday qilib, to'rt bo'lakli yurak
o'zaro bir-biriga qo'shilib turgan ikki qismga ajraladi. Jumladan, o'ng
bo'lm acha bilan o 'ng qorincha o'zaro qo'shilsa, ikkinchi tomondan chap
bo'lm acha bilan chap qorincha bir-biriga qo'shiladi.
Yurakning o'ng bo'lmachasi (devorining qalinligi 2— 3 mm) kub shak
lidagi bo'shliq bo'lib, chap bo'lmachadan oraliq to'siqcha bilan
ajralib
turadi. O'ng bo'lmacha bo'shlig'ining hajmi o'ng qulog'i hisobiga ancha
kattalashadi. Bo'lmachaning ichki yuzasi, asosan silliq bo'lib, quloq qismi
da muskul tutamlari bir tekisda joylashmagan (145-rasm).
O 'ng bo'lmachaga yuqorigi va
pastki kovak venalar quyiladi. Bu
bo'lm achaga kovak venalardan
tashqari yurakning o 'z vena qoni
ham quyiladi. Bo'lm achalar o'rta-
2 sidagi to'siqning taxminan o'rta
7
145-rasm. O'ng bo'lmacha bilan
5
qorincha ochilgan.
/-b o'lm ach alar oraliq devori; 2 - o 'n g
^ quloqcha; J - o'ng tepa arteriya; 4 - qorin-
6 chalar oraliq devori; 5 - so'rg'ichsimon
5 muskullar; 6 - pay ipchalar; 7 - uch tava-
qali klapanning medial klapani; 8 - tepa
venasining
klapani;
9 - pastki kovak
klapanlari; 1 0 - ovalsimon chuqurcha.
www.ziyouz.com kutubxonasi
qismida oval shaklidagi chuqurcha bo'lib, embrionda chuqurcha o'rnida
teshik bo'ladi. Bu teshik orqali bola tug'ilguncha bo'lgan davrda o'ng
bo'lmachadan chap bo'lmachaga qon o'tib turadi. Odatda, bola tug'ilgandan
keyin ovalsimon teshik bekilib, o'm ida ovalsimon chuqurcha qoladi. Ba’zan
ovalsimon teshik umrbod saqlanib qolishi ham mumkin. O 'ng bo'lm acha
pastki tomonda o 'n g qorincha bilan uch tavaqali klapanli teshik orqali
qo'shilib turadi.
Chap bo'lmachaning ichki yuzasi o 'n g bo'lmachaning ichki yuzasiga
o'xshash silliq tuzilgan.
Chap bo'lm achaga to'rtta o'pka venasi quyiladi. Qon chap bo'lm a
chadan chap qorinchaga ular oralig'ida joylashgan ikki tavaqali klapani
bor teshik orqali
quyilib turadi. Odatda, o 'ng va chap o'pkaning har
biridagi ikkitadan, jam i to'rtta vena tomirlari o'pkada tozalangan qonni
yonma-yon joylashgan chap bo'lmachaga quyadi.
O 'ng qorincha devorining qalinligi 5— 8 mm bo'lib, qorinchaning
ichki yuzasida muskul tutamlari parallel holatda yotmay, bir-biri bilan
kesishib, murakkab muskul chigali — et o'sim talarini va muayyan joy-
larda qorincha bo'shlig'iga chiqib turadigan uchta konussimon o'siqlar
— so'rg'ichsim on muskullami hosil qiladi. Qorinchalaming bir-biridan
ajratib turadigan oraliq to'sig 'i o'ng qorincha bo'shlig'iga bo'rtib kirib
joylashadi. O 'ng bo'lm acha bilan o'ng qorincha oralig'idagi teshikda uch
tavaqali (medial, oldingi va orqa tomonda joylashgan) klapanlar bo'ladi.
Bu klapanlar yurakning ichki — endokard qavatidan vujudga kelib, tashqi
silliq yuzalari pay pardalariga o'xshaydi. Ulaming pastki erkin chekkalari
qorincha bo'shlig'iga qarab joylashgan, har birining uchiga so'rg'ichsim on
muskullardan boshlangan ingichka pay iplar yopishgan. O 'n g qorincha
ochiladigan o'pka qon tomirining teshigi og'zida uchta yarim oysimon
klapan joylashgan. Ulardan biri oldingi tomonda va qolgan ikkitasi dorzal
tomonda. Yarim oysimon klapanlar qon tomirning b o 'sh lig 'ig a qarab
(tashqaridan tikilgan cho'ntakka o'xshab) joylashgan. Qorincha diastola
(bo'shashgan) paytida qon tomirdagi qon orqaga qaytib klapanlami qon
bilan to'ldiradi, shu bilan ularni bir-biriga yaqinlashtirib, o'pka arteriya
qon tomirini qorincha bo'shlig'idan ajratib turadi. Qon esa diastola paytida
o'pka arteriyasidan qorinchaga qaytib tusha olmaydi. Ayni vaqtda qorin
chalar diastola bo'lgan paytida bo'lm achalar sistola (siqilish) bo'lib, qon
bu teshik orqali qorinchalarga quyiladi. Qorinchalarda sistola bo'lganda
bo'lmachalarda diastola bo'ladi. Bu vaqtda uch tavaqali klapanlar bir-
Ull Igu J
inlashib, teshikni berkitadi. Natijada, qon bo'lm achaga qayt-
masdan o'pka qon tomiriga qarab yo'naladi.
Chap qorincha b o'shlig 'i konus shaklida bo'lib, ikkita teshigi bor.
Teshikning biri chap
bo'lmachani chap qorinchaga qo'shib turadigan
oval shaklidagi ikki tavaqali klapanli bo'lsa, ikkinchisi chap qorinchani
aorta bilan qo'shadigan uchta yarim oy klapanli. Ikki tavaqali klapanlaming
www.ziyouz.com kutubxonasi
biri kichikroq bo'lib, chap tomonda orqaroqda, ikkinchisi— kattarog'i esa
o'ng tomonda oldinda joylashgan. Har ikkala klapanning b o'sh qirralari
pay ipchalar orqali oldingi va orqa tomonda joylashgan so'rg'ichsim on
ikkita muskulga birlashadi.
Aortaning uchta yarim oysimon klapani ham yurakning boshqa kla-
panlariga o'xshash tuzilgan bo'lib, chap qorinchaning aorta teshigiga
qo'shilish chegarasida joylashadi (146-rasm).
Chap qorincha qisqarib aorta orqali organizmning barcha qismlariga
arteriya qonini yetkazib beradi. Shuning uchun bu qorincha devorining
muskul qavati o'ng qorincha devorining muskul qavatiga nisbatan (o'ng
qorincha qisqarib vena qonini faqat
o'pkaga yetkazib beradi) anchagina
qalinroq (10— 15 mm) tuzilgan.
Chap q orin ch a o 'n g qorin-
chadan o'rtada joylashgan qorin
chalar oraliq to 'sig 'i bilan ajralib
turadi.
Y urak devori uch qavatdan
tuzilgan bo'lib, uning ichki qavati
— endokard, o 'rta (muskul) qavati
— miokard va tashqi qavati epi-
kard deyiladi.
1. Y urak d e v o rin in g ichki
qavati (endokard) bir talay elastik
tolalar, silliq muskul hujayralari
va b irik tiru v c h i to 'q im a la rd a n
tuzilgan. Endokard pardasining
ichkari (qorincha va bo 'lm ach a
bo ‘shliqlari)ga qaragan sathi endoteliy bilan qoplangan, shuning uchun
yurakning ichki yuzasi silliq bo'ladi.
Endokard bo'lm acha va qorinchalar oralig'idagi teshiklar va arteriya-
lar (aorta va o'p k a arteriyasi)ning boshlanish joyidagi teshiklarda burma
(dublikatura) ko'rinishida yarim oy qopqoq klapanlari hosil qiladi.
2. O 'rta (muskul) qavati - miokard yurak devorining asosiy qismi
bo'lib, maxsus ko'ndalang-targ'il muskul tolalaridan tuzilgan. Bu tolalar-
ning qisqarishi natijasida yurak ishlab turadi. Yurakning muskul qavati
hamma bo'lagida ham bir xil tuzilmagan. Yurak bo'lmachalarining muskul
qavati yurak qorinchalarining muskul qavati tuzilishidan farq qiladi. Yurak
qorinchalarining muskul tolalari yurak bo'lmachalarining muskul tolalari
bilan tutashm agan b o 'lib , alohida ikki fazada qisqaradi (yurakning
funksiyasiga qaralsin). Lekin yurakning bo'lm acha va qorincha muskul
tolalari ham ikkita fibroz halqasidan boshlangan bo'ladi.
3-
2
-
В
Щ
.
'■
C *
' ‘
Dostları ilə paylaş: |